4-Mavzu: Psixologik testlarga standart talablar.
REJA:
4.1 Psixologik test tushunchasi.
4.2 Psixologik testlarga qo’yiladigan standart talablar.
Psixodiagnostik metodlar singari testlarga ham qat'iy talablar qo'yiladi:
1.
Testning ijtimoiy-madaniy adaptatsiyasi.
Bu so'zlar tuzilmasi, test topshiriqlari va test baholari hamda sinaluvchiga
berilayotgan test topshiriqlari ushbu jamiyat madaniyati milliy qadriyatlariga mos
bo'lishi zarur degan ma'noni anglatadi. Masalan, Yevropada tuzilgan test boshqa
bir mamlakatda birinchi marta qo'llanilayotgan bo'lsa va bu mamlakatda intellekt
strukturasi so'z-mantiqiy bo'lmasa, balki obrazli amaliy tafakkurli bo'lsa, test
albatta
ijtimoiy-madaniy
moslashtirilgan
bo'lishi
shart.
Agar
test
moslashtirilmagan holda, ya'ni qanday bo'lsa shundayligicha qo'llanilsa, u holda
biz juda past natijalar olamiz va natijalar ushbu mamlakatda yashovchi
kishilarning tafakkuri taraqqiyotining ko'rsatkichiga mos kelmaydi. Ba'zan buning
aksi, ya'ni ushbu mamlakatda so'z-mantiq tafakkuri asosiy rolga ega bo'lsa-yu, test
topshiriqlari amaliy tafakkurga oid bo'lsa, u holda biz aqliy taraqqiyotning
noadekvat ko'rsatkichiga ega bo'lamiz.
2.
Test topshiriqlarining sodda tuzilganligi va bir ma'noliligi.
Ushbu talabga binoan, testning so'z va boshqa topshiriqlarida ya'ni, so'z,
rasmlar kishilar tomonidan har xil idrok qilinishi va tushunilishi momentlari
bo'lmasligi kerak.
3.
Test topshiriqlarini bajarishda vaqtning chegaralanganligi.
Bunda psixologik test topshiriqlarini bajarishda vaqt 1,5-2
soatdan oshmasligi lozim, chunki kishi o'zining ish qobiliyatini yuqori saviyada
uzoq muddat ushlab turishi juda mushkuldir.
4.
Ushbu test uchun me'yorlarning mavjudligi.
Test me'yorlari deb. ushbu test reprezentativligining o'rtacha ko'rsatkichi
tushuniladi. ya'ni ko'p odamlardan to'plab olingan ko'rsatkichlarning o'rtacha
ko'rsatkichi bilan individning ko'rsatkichi taqqoslanib, uning psixologik
taraqqiyoti baholanadi. Test me'yorlari asosan, sinaluvchilarning yoshi, jinsini
aniq bilgan holda. katta tanlama guruhidan olingan test natijalarining o'rtacha
bahosi va keyinchalik ularning yoshi. jinsi va bir qancha relevant ko'rsatkichlarini
differentsiyalash bilan aniqlanadi.
Test me'yorlari - bu kishilar taraqqiyotining o'rtacha ko'rsatkichi. Har qanday
me'yor o'lchov ham vaqti bilan o'zgarib turadi. Chunki ishlar davomida
kishilarning ham psixologik taraqqiyotida o'zgarishlar bo'Iadi, masalan, XX
asrning birinchi choragida kishilarning intellektual taraqqiyotiga qo'yilgan
me'yorlar. shu asrning oxirgi choragida qo'yilgan me'yorlarga to'g'ri kelmaydi
chunki ushbu yillar mobaynida kishilarning aqliy taraqqiyot ko'rsatkichlari ancha
yuqorilagan.
Bundan tashqari, empirik qoidalar mavjud bo'lib, unga ko'ra kamida har besh
yilda test me'yorlari qayta ko'rib chiqilishi shart. asosan bu intellektual testlarga
talluqlidir.
Test me'yorlariga qo'yilgan talablardan tashqari, test o'tkazishni, natijalarni
qayta ishlash va tahlil qilishning qat'iy qoidalari mavjud. Bular quyidagilardir:
-U yoki bu testni qo'llash uchun psixolog test bilan tanishib chiqib, o'zida
boshqa bir kishida sinab ko'rishi kerak. Bu testni o'tkazish bilan bog'liq bo'lgan
xatoliklarning oldini olish imkonini beradi.
-Sinaluvchi test topshiriqlarini bajarishidan oldin va ko'rsatmalarni yaxshi
tushunib olishi uchun oldindan tayyorgarlik ko'rib qo'yish.
-Test o'tkazish vaqtida, sinaluvchilar mustaqil ishlashi, bir- biriga xalaqit
bermasligini va ta'sir o'tkazmasligini nazorat qilib turish. chunki bu test natijalarini
o'zgartirib yuborishi mumkin.
-Har bir test natijalarini qayta ishlash va tahlil qilish uchun asoslangan va aniq
ishlangan matematik-statistik usullarni oldindan tayyorlab qo'yish.
Psixodiagnostik metodikalarga qoyiladigan talablar.
Bolalar psixodiagnostikasi amaliyotida faqat validli aniq va ishonchli
metodlar qollanilishi shart, aks holda natijalarning ishonchsizligi va noaniqligi
hamda xulosa chiqarishda xatoliklar kelib chiqishi xavfi yuzaga chiqishi mumkin.
Qo'llanilayotgan metodlar sifatiga, uning yordamida olingan natijalarga, ya'ni
unga ishonish mumkinligiga psixodiagnostik metoddan foydalangan shaxs
mas'uldir. Ta'lim tizimidagi muassasalarda pedagog-psixologlar mas'ul shaxsdir.
Bundan tashqari bolalar bilan psixodiagnostik tashxislar o'tkazishda bir qator
kasbiy- ahloqiy tavsifga ega talablar qo'yilgan. Bu asosiy kasbiy-axloqiy talablar
quyidagilardir:
Har qanday sharoitda ham psixologik tashxis natijalari bola shaxsiga ziyon
yetkazish maqsadida qo'llanmasligi shart.
Psixologik tashxisni faqat bolalarning va ota-onalarning roziligi bilan
o'tkazish mumkin (faqat ayrim holatlar bundan istisno, ya'ni tibbiyot va huquqiy
sohalarda). Go'daklik yoki balog'at yoshigacha bunday qarorlarni ota-onalar
bolalar ishtirokida qabul qilishi mumkin.
Ota-onalar, (ota-onalik huquqidan mahrum qilinganlar bundan mustasno)
mutaxassis psixolog psixodiagnostik tadqiqot natijalari asosida tayyorlagan
xulosalarni bilishga haqlidir. Psixolog o'z navbatida ota-onalarning farzandlari
ruhiyati haqidagi savollariga to'liq, ishonchli va haqqoniy javob berishi shartdir.
Psixologik tashxis natijalari, shaxs taraqqiyotiga ta'sir qiluvchi har xil
omillarni hamda ota-onalarning, pedagoglarning fikrlarini inobatga olmasdan,
bolaning ta'lim va tarbiyasiga taalluqli takliflarni hal qilishga asos bo'la olmaydi.
Ta'lim tizimida ishlayotgan psixolog, psixologik tashxis ishlarini o'qituvchi va
tarbiyachi bilan hamkorlikda olib borgan holda, ularni bola ruhiyati haqida zarur
ma'lumotlar bilan ta'minlab borishi shart. Psixodiagnostikada qo'llanilayotgan
ko'pgina metodikalar yosh me'yorlari atamasi bilan bog'liq. Bu, birinchidan, ruhan
va jismonan sog'lom hamda tasodifan tanlab olingan bolalar guruhida
o'rganilayotgan xususiyatlarning o'rtacha taraqqiyot darajasi bilan bog'liq holda
tavsiflanadi. Bolada yosh me'yorlari o'rganilayotgan xususiyatlar taraqqiyot
darajasining og'ishi, o'tkazilgan tadqiqotdan olingan natijalar bilan aniqlanadi.
Agar uning individual ko'rsatkichlari me'yordan yuqori bo'lsa, u holda bola o'z
tengqurlaridan ilgarilab ketgan, buning aksi bo'lsa tengqurlaridan orqada qolgan
degan xulosa chiqariladi.
Ikkinchidan - bu o'z-o'zidan me'yorlarni o'rganib turishdir. Ma'lumki,
jamiyatning rivojlanib borishi bilan bolalardagi intellektual, shaxsiy va xulqiy
taraqqiyotning o'rtacha ko'rsatkichi o'zgarib boradi. Bu, albatta, bundan o'n yil
oldingi me'yorlardan hozirgi paytda foydalanish mumkin emasligini ko'rsatib
beradi. Shuning uchun ham har bir metodikani har 3 - 5 yilda albatta qayta
tekshirib ko'rish talab qilinadi.
Uchinchidan, boladagi u yoki bu psixologik xususiyatlarning taraqqiyot
darajasini baholash bilan uning kelajakdagi taraqqiyoti haqida xulosa chiqarib
bo'lmaydi. Chunki bu nafaqat uning taraqqiyot darajasi bilan, balki bolaning
uquvchanlik qobiliyati, yangi hayotiy tajribalarni o'zlashtira olishi. ta'lim sifati
hamda ko'pgina boshqa omillar va sharoitlar bilan bog'liqdir.
Bundan tashqari, har qanday psixodiagnostik metodikalarni qo'llash va xulosa
chiqarish uchun, avvalo uni sinab ko'rish kerak.
Psixodiagnostika. so'zi psixologiyada ikkita asosiy ahamiyat kasb etadi.
Birinchisi ilmiy psixologik bilimlar va tadqiqotlar sohasi hisoblansa, ikkinchisi
psixologik bilimlarni amaliyotda qo'llay olish sohasidir. Ilmiy soha sifatida
psixodiagnostika: printsiplar, har xil psixodiagnostik metodlaming ilmiyligini
tekshirish muolajalarini va usullarini qamrab oladi. Amaliy soha sifatida
psixodiagnostik metodlarni amaliyotda qo'llay olish ko'nikma va malakalarini
psixolog-diagnostda shakllantirishga qaratilgan.
Ilmiy va amaliy sohada ham odamning psixologik jarayonlari, xususiyat va
holatlarini baholash haqida fikr yuritiladi.
Hozirgi zamon psixologiyasida juda ko'p psixodiagnostik metodlardan
foydalaniladi, ammo ularning hammasi ham ilmiy asoslangan deb aytolmaymiz.
Bundan tashqari, metodlar ichida tadqiqot va xususiy psixodiagnostik metodlar
mavjud. Xususiy psixodiagnostik metodlar shunday metodlar sirasiga kiradiki,
ular o'rganilayotgan psixologik xususiyatning aniq miqdoriy va sifatiy tavsiflarini
ko'rsatib bera oladi, ya'ni muayyan bir xususiyatni baholash maqsadida
qo'llaniladi.
Yuqorida aytib o'tilgan maqsad uchun qollanilmaydigan metodlar, faqat
psixologik jarayonlarni, insonning xususiyat va holatini o'rganadigan metodlar
tadqiqot metodlari deb yuritiladi. Ular asosan empirik va eksperimental ilmiy
tadqiqotlarda qo'llaniladi. Ularning asosiy maqsadi - ishonchli bilimlar, faktlarni
olishdir. Psixodiagnostik va tadqiqot metodlari farqlarini ko'rsatib beruvchi ikkita
misol ko'rib o'tsak:
1- misol.
Shaxsni psixodiagnostik tekshiruv metodi.
Bu 16 faktorli R.Kettell testi. Mazkur standartlashtirilgan savolnoma o'ziga
187ta mulohazani qamrab olgan bo'lib, I6ta guruhga bo'lingan shkalalar mavjud.
Har bir shkala yordamida shaxsning alohida bir belgisini baholash mumkin, bunda
baholash standart ballarda beriladi. Ushbu testdagi mulohaza, ko'rsatma,
qo'llashdagi muolajalar, natijalarni sharhlash va xulosalar - hamma voqea-
hodisalarda bir xil qollaniladi va o'zgartirilmaydi.
2- Misol.
Shaxsni tadqiqot qilish metodlari.
Masalan, odamni maxsus sharoitda kuzatish orqali, aniq bir xulqini o'rganish
uchun mo'ljallangan eksperiment ishlab chiqilmoqda. Eksperimentni shunday
tuzish mumkinki, tadqiqotchini qiziqtirayotgan shaxs xulqidagi ko'rinish,
belgilarning har birini alohida o'rganish imkonini bersin. Sinovchi, stnaluvchilar
xulqini kuzatish orqali shaxs belgilarining alohida xususiyatlari va unga mos xulq-
atvor shakllari haqida xulosa chiqarish uchun ishlab chiqilgan eksperiment
o'tkazadi. Bundan tashqari, bolalar bilan o'tkaziladigan psixologik-pedagogik
eksperiment, ularni maxsus eksperimental sharoitda kuzatish imkonini beruvchi
izlanishlar ham tadqiqot metodi deb yuritiladi.
Bu psixodiagnostik metodlar psixologiyaning turli sohalarida va har xil
insonlar faoliyatida qo'llaniladi. Ilmiy psixologiyada bu metodlar asosan
eksperimental izlanish va bu jarayonni tashkil qilishda, amaliy psixologiyada esa -
psixologik maslahat, psixokorrektsiyada hamda psixologning kasbiy faoliyatidagi
boshqa jabhalarda, masalan, kasbga yo'naltiruvchi malakali mutaxassislar
tayyorlashda qo'llaniladi.
Eksperimentator shaxsiga qo'yiladigan talablar. Psixodiagnostika - bu
psixologning kasbiy faoliyatidagi murakkab va juda ma'suliyatli sohadir. Shuning
uchun ham psixodiagnostikaga bir qator ijtimoiy-axloqiy talablar qo'yilgan bo'lib.
ular quyidagilardir;
Psixodiagnostika sirlarini saqlash.
Psixodiagnostik metodikalarning ilmiy asoslanganligi.
Sinaluvchiga ziyon etkazmaslik.
Xulosalarning ob'ektivligi.
Taklif qilingan tavsiyalarning samaradorligi.
Yuqorida qayd qilib o'tilgan talablarning, har birini psixodiagnostikaning
tamoyillari sifatida alohida ko'rib chiqamiz.
Psixodiagnostikaning sir saqlash tamoyili - sinaluvchining ruxsatisiz olingan
natijalarni e'lon qilmaslik, bu birinchi navbatda balog'at yoshiga yetgan odamlarga
taalluqlidir. Agar sinaluvchilar balog'at yoshiga yetmagan bo'lsa hamda
psixodiagnostik natijalarni e'lon qilish uchun ota-onalarning bolalar uchun
ma'naviy va huquqiy mas'ul bo'lgan shaxslarning ruxsati bo'lishi shart. Faqat ba'zi
hollarda ilmiy maqsadda, ya'ni eksperimental tadqiqotning bir qismi sifatida e'lon
qilish bundan mustasno, ammo sinaluvchilarning aniq ismi-shariflarini bayon etish
tavsiya qilinmaydi.
Psixodiagnostik metodikalarning ilmiy asoslanganlik tamoyilida metodikaga
validlik, ishonchlilik talabi qo'yiladi, ya'ni olingan natijalarga to'liq ishonch
imkonini bersin.
Ziyon yetkazmaslik tamoyilida psixologik tashxis natijalaridan hech qachon
tadqiqotda qatnashgan
odamlarga nisbatan
zarar
yetkazish
maqsadida
foydalanmaslik nazarda tutiladi.
Xulosalarning ob'ektivlik tamoyili test o'tkazayotgan odamning sub'ektiv
ustanovkalarga tobe bo'lmasligi, test olingan natijalardan kelib chiqqan holda
ilmiy asoslangan bo'lib, validli va ishonchli metodika yordamida o'tkazilgan
bo'lishi shart.
Taklif qilinayotgan tavsiyalarning samaradorlik tamoyilida tavsiyalar albatta
taklif qilinayotgan odamga yordam berishi shart. Test natijalari asosida taklif
qilinayotgan tavsiyalar befoyda tasodifiy holatlarni keltirib chiqarmasligi kerak.
Psixodiagnostika bilan shug'ullanuvchi odamlarga maxsus malakaviy talablar
qo'yiladi. Asosiylari quyidagilardir;
-nazariy tayyorgarlik;
-psixodiagnostik metodikalarni va ularni o'tkazish shart- sharoitlarini
mukammal bilishi;
-biron-bir metodikani amaliyotda qo'llay olishda zaruriy tajribaga ega bo'lishi.
Har qanday psixodiagnostik metodika yo'q joydan paydo bolmaydi, balki
(tashxislash) o'rganilayotgan ob'yektning psixologik nazariyasi asosida vujudga
keladi va rivojlanadi. Masalan. intellekt testlari, intellektning hayotiy voqeliklarda
namoyon bo'lishi, ahamiyati, tuzilishi va uning tabiati haqidagi ilmiy tasavvurlarga
asoslanadi. Shaxs testlari, shaxsning tuzilishi, shaxs xususiyatlarining taraqqiyoti
va tabiati, ilmiy ma'nosi haqidagi nazariyalarga asoslanadi.
Psixodiagnostik metodikalardan to'g'ri foydalana olish uchun albatta uning
nazariy asoslarini bilish shart, aks holda psixodiagnost ladqiqot natijalarining
analizi, sharhlash va xulosalarda xatoliklarga yo’l qo'yishi mumkin.
Eksperimentator biron-bir psixologik testni mukammal o'zlashtirib olmagan
bo'lsa va hech bo'lmaganda o'zida boshqa bir odamda sinab ko'rmagan bo'lsa, uni
qo'llashga haqli emas. Bundan tashqari, psixodiagnostik metodikalarni qo'llashning
shart- sharoitlariga qat'iy amal qilish shart. Ammo har qanday voqelikda ham
psixologik tashxis bilan kim shug'ullanishidan qat’iy nazar - mutaxassismi yoki
qiziquvchimi, quyidagi ma'naviy-ahloqiy me'yorlarga rioya qilishi shart:
-Shaxsni o'z xohishisiz psixologik tadqiqotga jalb qilish man qilinadi, faqat
ba'zi bir hodisalar bundan mustasno, ya'ni sud tibbiyot amaliyotlari agar qonun
bilan chegaralanmagan bo'lsa.
-Psixologik testlar o'tkazishdan oldin sinaluvchi, tadqiqot jarayonida o'zi
anglamagan holda, o'z fikri va hissiyotlari haqida ma'lumotlar berib turishi
to'g'risida ogohlantirib qo'yilishi kerak.
-Har bir odam agar qonun bilan chegaralanmagan bo'lsa, test natijalarining
qachon, kim tomonidan va qanday maqsadda qo'llanilishi haqida bilishga
haqlidirlar.
-Psixologik test natijalari tadqiqot o'tkazgan shaxs tomonidan sinaluvchiga
tushunarli bo'lgan shaklda tayyorlab taqdim qilinadi.
-Voyaga yetmagan bolalar bilan o'tkazilgan test natijalarini ularning ota-
onalari yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar bilishga haqlidir.
-Agar test shaxsning psixologik taraqqiyot darajasini aniqlash maqsadida
o'tkazilsa, u holda sinaluvchi nafaqat testning maqsadini, balki kim tomonidan
nima asosida test natijalarining xulosasi chiqarilishini bilishga haqlidir.
Amaliyotda psixologik testlarni qo'llashda asosiy javobgariik ulardan
foydalanayotgan shaxslar, tashkilotlar va psixologlar zimmasidadir.
Dostları ilə paylaş: |