Axborot texnologiyalari bir necha turlarga bo'linadi: 1. Ma'lumotlarga ishlov beruvchi axborot texnologiyalari. Ular ma'lum algoritmlar bo'yicha boshlang'ich ma'lumotlarga ishlov beruvchi masalalarni echishga mo'ljallangan. Masalan, har bir firmada o'zining xodimlari haqidagi axborotga ishlov beruvchi axborot texnologiyasi albatta bo'lishi kerak.
2. Boshqarishning axborot texnologiyalari. Ularning maqsadi ish faoliyati qaror qabul qilish bilan bog'liq bo'lgan insonlarning axborotga bo'lgan talabini qondirishdan iborat. Boshqarishning axborot tizimlari tashkilotning o'tmishi, hozirgi holati va kelajagi haqidagi axborotni ham o'z ichiga oladi.
3. Ofis(idora)ning axborot texnologiyasi.
Avtomatlashtirilgan ofisning zamonaviy axborot texnologiyalari bu - tashkilot ichidagi va tashqi muhit bilan kommunikatsion jarayonlarni kompyuter tarmoqlari va axborotlar bilan ishlovchi boshqa zamonaviy vositalar asosida tashkil etish va qo'llab-quvvatlashdan iborat. Buning uchun maxsus dasturiy vositalar ham ishlab chiqilgan. Ulardan biri Microsoft Offise dasturlar paketidir. Uning tarkibiga Word matn muharriri, Excel elektron jadvali, Power point taqdimot uchun grafikani tayyorlash dasturi, Microsoft Access ma'lumotlar omborini boshqarish tizimlari kiradi.
Xulosa: Ishlab chiqarishning deyarli barcha sohalarida kompyuterlar qo'llanilib kelmoqda. Kompyuterlar ko'pgina texnologik jarayonlarni boshqarmoqda. Ular yordamida yangi mahsulotning chizmasini yaratishdan toki tayyor mahsulot bo'lib chiqqunga qadar bo'lgan barcha jarayonlarni avtomatlashtirish mumkin.
Mahsulot shaklini konstruktor kompyuter ekranida chizib, tegishli o'zgartirishlar yasab, qog'ozga chop etishi mumkin.
Mahsulotni ishlab chiqarish uchun kerakli barcha qurilmaning imkoniyatlari, unga ketadigan sarf-xarajatlarni hisob-kitob kilishda va boshka ishlarni bajarishda ham kompyuter beg'araz yordamchidir. Mahsulotni ishlab chiqarishda axborot asosiy kompyuterdan ishlab chiqarish liniyalariga etkaziladi. U erda axborotni qabul qilishga tayyor turgan robotlar kompyuter uzatgan dastur asosida mahsulotni yig'a boshlaydi. Tayyor mahsulotlar esa robotlar yordamida tekshirilib, omborlarga jo'natiladi.
Zamonaviy axborot texnologiyalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida quyidagi shakllarda foydalanish mumkin:
- muayyan predmetlarni o’qitishda kompyuter dasturlari;
- kompyuter darslari – ko’rgazmali material sifatida;
- ta’lim oluvchilarning guruhli va frontal ishlarini tashkillashtirishda;
- ta’lim oluvchilarning ilmiy izlanishlarini tashkillashtirishda;
- ta’lim oluvchilarning o’qishdan bo’sh vaqtlarini to’g’ri tashkil qilish masalalarini hal etishda va boshqalar.
Umuman hozirgi kunda har bir tashkilot, o’quv muassasasi, firma va ishlab chiqarishning barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalari unumli qo’llanilib kelinmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T., 2003.
Karimov I.A. O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.1. –T., 1996.
Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T. 2. – T., 1996.
Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3. – T., 1996.
Karimov I.A. Bunyodkorlik yo`lidan. T.4. –T., 1996.
Karimov I.A. Yangicha ishlash va fikrlash – davr talabi. T. 5. – T., 1997.
Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo`lida. T. 6. – T., 1998.