Reja: harakatli o’yinlar


§4. Mayda qo’l matorikasini rivojlantirishga qaratilgan o’yinlar



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə15/17
tarix27.04.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#115551
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
8-MAVZU

§4. Mayda qo’l matorikasini rivojlantirishga qaratilgan o’yinlar

Nutq nuqsoniga ega bolalarni o’rganish jarayoni shu narsani ko’rsatadiki, nutq va tafakkur qanchalik bir – biriga bog’liq bo’lsa nutq va xarakat o’rtasida xam chambarchas bog’liqlik mavjud. Bolaning nutqni o’zlashtirishi uning xatti xarakatlarini anglash, rejalashtirish va tartibga solishga imkon beradi. Nutq nuqsonlari qanchalik og’ir darajada namoyon bo’lsa, bolaning xarakat soxasida shunchalik qo’pol buzilishlar kuzatiladi. Qo’l va barmoqlar ishtiroklaridagi o’yinlar va mashqlar tana va ongning o’zaro bog’liqligini ta’minlaydi, miya tizimini zarur xolatda tutib turadi. Qo’lning oddiy xarakatlari bilan nafaqat qo’lning, balki yuz, lab zo’riqishlarini susaytirish, aqliy kamchiliklarning oldini olishga, tovush talaffuzini yaxshilashga yordam beradi. Barmoqlarning mayda xarakatlari bo’g’inlar artikulyatsiyasiga o’ziga xos ta’sir etadi. Barmoqlar rivojlanishi evaziga miyada nutqning ravon bo’lishi kuzatiladi.

Bolalar nutqning rivojlanishi mayda qo’l motorikasi xolati bilan uzviy bog’liq. Bolalarda qo’l barmoqlarini mashq qildirish, ularning aqliy rivojlanishini tezlashtiradi va asosiy elementlar malakalarini ishlab chiqishiga imkon tug’diradi. Masalan, kiyinish va yechinish, tugma qadash va yechish. Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etishda barmoq mashqlaridan foydalanish bolaga kompleks yondoshishga imkon beradi. Barmoq mashqlarining nutq ishtirokida bajarilishi esa ko’nikmalarning shakllanishiga va mustaxkamlanishiga yordam beradi.

Barmoqlar xarakatini o’yinlar asosida rivojlantirish katta axamiyatga ega. Bolalarda barmoqlar mashqi qanchalik rivojlangan bo’lsa, nutq ham shunchalik rivojlangan bo’ladi. M.M. Kolьtsova “Nutq - barmoqlarininig shakllanishi qo’ldan, yana xam aniqrog’i barmoqlardan keladigan impulьslar ta’sirida yuzaga keladi” degan xulosaga kelgan. Nutqning xarakat bilan bog’liq jixatlarida ortda qolishi sodir bo’lgan joylarda bu omildan foydalanish zarur. Bolalarning nutqi rivojlanishi qo’l barmoqlarini mashq qildirish yo’li bilan olib borish tavsiya etiladi. Umumiy va mayda motorikani rivojlantirish uchun bolalarning extiyojlarini va yoshini xisobga olib mashqlar bajarish tavsiya qilinishi kerak Maktabgacha yoshdagi nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalarning barchasida harakat soxasida ma’lum miqdorda orqada qolish mavjud. Harakatlarning u yoki bu darajada rivojlanmaganligi yoki chegaralanganligi nutq nuqsonining og’ir yoki yengil darajasiga bog’liq. Nutq nuqsonlari qanchalik og’ir darajada namoyon bo’lsa bolaning harakat sohasida shunchalik qo’pol buzilishlar kuzatiladi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha qo’l va barmoqlar ishtirokidagi o’yinlar tana va ongning o’zaro bog’liqligini ta’minlaydi. Barmoqlarning mayda xarakatlari bo’g’inlar artikulyatsiyasiga o’ziga xos ta’sir etadi. Quyida biz nutqida kamchiligi bo’lgan bolalar bilan olib boriladigan barmoqlar mashqini keltirdik.










G’oz.

Bo’yin cho’zib «g’o-g’o» lar,

Seni cho’qishni xohlar.
Tirsakni tik tutib, kaft barmoqlari to’g’ri burchak shaklida bukiladi. Ko’rsatkich barmoq bosh barmoqqa tegib turadi. Barmoqlar jipslashgan.







Xo’roz.

Gerdayib turar xo’roz,

Der ovozim muncha soz!

Kaftni ko’tarib ko’rsatkich barmoqni bosh barmoqqa tirkaymiz. Boshqa barmoqlarni yuqoriga ko’tarib, oralarini ochiq qoldiramiz.







Tovuq.

Tovuq kelar lapanglab,

Tuxum qo’ydim qaranglar!

Kaft gorizantal holatda bo’ladi. Bosh va ko’rsatkich barmoq uchlari jipslashib, ko’z shaklini hosil qiladi. Qolgan barmoqlar ustma-ust turadi.
Ari.

SHirinlikka o’ch bo’ladi arilar,

CHaqmasin deb yurdim undan narilab!

O’rta barmoqni to’liq buklab, undan yuqoriroq bukmlgan ko’rsatkich va nomsiz barmoq orasida qisib turib, aylantiramiz.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin