Mavzu: O’zbekistonda ishlab chiqarish korxonalarining davlat tomonidan qo’llab quvvatlanishi
REJA: I BOB O’zbekistonda eksportchi korxonalarning davlat tomonida qo’llab quvvatlanishi Eksport qiluvchi korxonalarga 2021 va 2022 yilda davlat tomonidan ajratilgan investetsiyalar.
II BOB O’zbekistonda ishlab chiqarish korxonalarida mulkchilik sinfining shakllanishi. 2.1 O zbekistonda mulkdorlar sinfining shakllanishi.
2.2 Ishlab chiqarish korxonalarining xususiylashtirish bosqichlari.
III BOB XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA INTERNET SAYTLARI
Kirish Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi,
azmi qat`iy tadbirkor va xushyor bir
kishi- ming-minglab tadbirsiz, loqayd
kishilardan yaxshidir.
Amir Temur
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini mustahkamlash, har tomonlama rivojlantirib borish, tadbirkorlikni mukammal egallash, uning sir-asrorlarini puxta o‘rganishni talab etmoqda. Xususan, bozor munosabatlariga o‘tishni tezlashtiruvchi eng asosiy yo‘llardan biri bu kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish hisoblanadi. Shuning uchun ham tadbirkorlikni rivojlantirishga, uni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko‘rsatish, uni rag‘batlantirishga bag‘ishlangan ko’plab qonun, farmon va qarorlar qabul qilingan. Bularning hammasi O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori hisoblangan barkamol avlodni yetishtirishni taqozo etadi. «Ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg‘onish g‘oyasini ro‘yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib qoladi» - degan edi birinchi Prezidentimiz I.Karimov1. Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy ijtimoiy islohotlarning tub negizini tadbirkorlik, omilkorlik va ishbilarmonlik hislatlarisiz tasavvur etish qiyin. Erkin bozor munosabatlarining keng ravnaq topishi kishilar hayotida, ularning turmush tarzida, ma’naviy va hayotiy ko‘nikmalarida namoyon bo‘lmoqda. Hozirgi vaqtda respublikamiz fuqarolari rivojlangan Yevropa davlatlari, AQSH, Yaponiya kabi davlatlarning boy amaliy tajribasi xususida yetarli axborotga ega bo‘lib bormoqdalar. Respublikada iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning jarayonlarini tobora avj oldirish, shuningdek tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab quvatlashni ta’minlash maqsadida: O‘zbekiston Respublikasining Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish Qo‘mitasi bilan O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi xuzuridagi davlat mulki jamg‘armasi negizida O‘zbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat Qo‘mitasi tashkil etilgan. O‘zbekistonda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlanishi, raqobatchilikni rivojlanishiga, iste’mol bozorini tovarlar va xizmat ishlari bilan to‘ldirishga, yangi ish joylarini yaratish, katta miqdordagi mulk egalari va tadbirkorlarni shakllanishiga xizmat qiluvchi Respublikada o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlanishi nafaqat iqtisodiyotni muttasil rivojlanishi, xo‘jalik aloqalarini tuzatish, raqobatni rivojlantirish va iste’mol bozorini to‘ldirish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy maqsadlarni ta’minlashi zarur. Bulardan tashqari bunday davlat yordami iqtisodiy siyosiy vazifalarni hal etishi respublikaning barcha hududlarida siyosiy mo`tadillikni mustahkamlashi, tadbirkorlik faoliyatiga tegishli bo‘lgan ijobiy ijtimoiy munosabatlarni shakllantirishi, unga aholining aktiv qismini jalb etishi ishsizlikni, infilyatsiya va boshqa negativ salbiy ijtimoiy holatlarni oldini olishi lozim2.
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh negizini asoslab beruvchi huquqiy hujjat hisoblanadi. Jumladan, uning 53-moddasi bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilib, O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil qilishini, davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.
Kichik biznes xususiy mulk asosida tashkil qilinib boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat muhofazasidadir. Mulkdor mulkidan faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin3.
Bozor munosabatlarini rivojlantirish va uni mustahkamlash avvalo, har bir shaxsning qonun hujjatlarda belgilangan huquq va qonuniy manfaatlarining himoyasini kafolatlashdan iboratdir. Ushbu kafolatlar avvalo, mamalakatimiz Konstitusiyasida va Konstitusiya asosida qabul qilingan qonun va qonun osti hujjatlarida o’z ifodasini topgan. Bozor iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi bu tadbirkorlik faoliyati hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyati esa mustahkam huquqiy bazaning yaratilishi va uning ijrosi bilan chambarchas bog’liq holda rivojlanadi. Respublikamizda o’z faoliyatini yuritayotgan har bir xo’jalik yurituvchi subyektning iqtisodiy faoliyati qonun hujjatlar asosida kafolatlangan bo’lib, ushbu subyektning yanada erkin harakat qilishini ta’minlaydi. Iqtisodiyotimizda yuz berayotgan jiddiy tarkibiy va sifat o’zgarishlarini birgina misolda, ya’ni 2000 yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotini shakllantirishda sanoat ishlab chiqarishining ulushi bor-yo’g’i 14,2 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2018 yilda bu ko’rsatkich 30,6 foizga yetganida yaqqol ko’rish mumkin. 1-chizma. 2017-2018-yillarda YaIMning tarmoqlar bo’yicha tarkibi4 Bozor iqtisodiyoti subyektlarining xo’jalik faoliyatida «tadbirkorlik» va «biznes» tushunchalari o’zaro yakin bo’lib, amaliyotda ular bir-birini almashtirishlari mumkin. «Tadbirkor» va «biznes» kabi tushunchalari, ularning iqtisodiy faoliyat sohalarini ko’rilayotganda ma’nodosh deb hisoblanmaydi. «Biznes» tushunchasi «tadbirkor»dan ancha keng ma’noga ega, deb qaraladi. G’arb davlatlarining bozor iqtisodiyoti haqidagi adabiyotlarida, biznes - jamiyatning talab va xohishlarini ko’ndirishga karatilgan ishlab chiqarish tizimi deb tushuntiriladi. Biznes bozor iqtisodiyotining barcha ishtirokchilari orasidagi munosabatlarni qamrab oladi va faqat ishbilarmonlarning emas, balki iste’molchilarning, yollangan ishchilarning, davlat tizimi xizmatchilarining ham xatti xarakatlarini o’z ichiga oladi. Bu holatda, biznes so’zining sinonimlari bo’lib, ma’lum ma’noda tijorat, savdo-sotiq kabi tushunchalar hisoblanadi. Umumiy ko’rinishda biznes - bu kishining bozor munosabatlari tizimdagi ishchanlik faolligidir. Bozor munosabatlari tizimida kichik biznes quydagi alohida xususiyatlari:
ishlab chikarish xajmi, ishlovchilarning soni va kaysi sanoat tarmog’iga tegishliligi bilan tavsiflanadigan tadbirkorlik shakli sifatida namoyon bo’ladi. Kichik biznesga o’zining mustakil mulki va xo’jalik mustakilligiga ega bo’lgan va o’zining faoliyati soxasida yukori (dominant) xisoblanmagan firmalar kiradi. Xorijiy mamalakatlarda - kichik biznesning o’zida 500 kishi band bo’lgan va savdo-sotik xajmi 20 mln. dollardan oshmagan firmalari mavjud. Ammo, bu ko’rsatkichlar, ma’lum darajada shartlidir, maxsus ko’rsatkichlar sifatida, yana, qo’shimcha qiymat solig’i va korxonadagi asosiy vositalar kiymati qo’llanadi. O’zining «kichik biznes» degan nomiga qaramasdan, ushbu ishlab chikarish va tijorat faoliyati turi barcha taraqqiy topayotgan davlat iqtisodida muxim ahamiyatga ega. Uning quydagi afzalliklari mavjud:
maxalliy resurslarda ishlab turgan yoki maxalliy bozorni ta’minlab turuvchi kichik korxonalar hech bo’lmaganda transport xarajatlarining iqtisod qilinishi evaziga kam xarajatlidirlar. Ularning iqtisodiy ustunligi maxalliy sharoitlarini yaxshi bilganlari sababli, ishlab chikarishni uncha ko’p bo’lmagan kapital va mexnat xarajatlari bilan amalga oshirishidadir;
kichik korxonalardagi mexnat, odatda, moddiy tavsifga ega, va u amaliyotda kanselyariya mexnatiga nisbatan foydalidir;
ishlovchilarning kamsonligi, ularning xar biri kobiliyatining yengilrok yuzaga chikishiga yordam beradi;
moslashuvchanlik, ya’ni ishlab chikilayotgan maxsulot assortimenti va turini o’zgartirishi kichik korxonalarda unchalik katta qiyinchiliklar tug’dirmaydi. Shuning uchun bozor iqtisodiga asoslangan davlatlarda kichik biznes o’z mavkeini tinimsiz kuchaytirib va mustahkamlab bormoqda. Bozor munosabatlari sharoitida majburiyat munosabatlari fuqarolar bilan fuqarolar o’rtasida yuridik shaxs bilan jismoniy shaxslar o’rtasida fuqarolik huquqiy munosabatlar yoki iqtisodiy faoliyat natijasida taraflar o’rtasida tuzilgan bitimlar va shartnomalar asosida vujudga kelishi mumkin.
Tadbirkorlik munosabatlari O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, 2012 yil 2 mayda qabul qilingan ―Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’grisidagi‖ va boshqa qonun hujjatlar asosida tartibga solinadi. FKning 24-moddasida fuqaroning tadbirkorlik faoliyati keltirilgan bo’lib, unda tadbirkorlik yuridik shaxs tashkil etmasdan yoki uni tashkil etish tartib qoidalari belgilab qo’yilgan. Tadbirkorlik ham – fuqarolik huquqiy munosabat bo’lib, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayan harakatlarni amalga oshirishga, jumladan, mol-mulkni topshirish, ish barjarish, xizmatlar ko’rsatish, pul to’lash va boshqalar yoki muayan harakatdan o’zini saqlashga majbur bo’ladi, kreditor esa – qarzdordan o’zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo’ladi. Yuqoridagi qonunning 3- moddasida tadbirkorga qonuniy ta’rif berilgan bo’lib unda tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) - tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga єaratilgan tashabbuskor faoliyatni tushunilishi ko’rsatib o’tilgan. Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarini huquqiy himoya qilishda avvalo ularga etkazilgan mulkiy zararni undirish muhim hisoblanadi. Tadbirkor tomonidan to‘langan ortiqcha soliq o‘z muddatida qaytarilmasa, unga Markaziy bankning asosiy stavkasi bo‘yicha byudjetdan foiz to‘lanadi.5