Reja: I. Kirish II. Asosiy qism 1Tuproq profilining tuzilishi


Qora tuproqlarning kelib chiqishi



Yüklə 157,5 Kb.
səhifə7/11
tarix13.12.2023
ölçüsü157,5 Kb.
#139739
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3 seminar

Qora tuproqlarning kelib chiqishi. +ora tuproqlar zonasi Rossiyaning asosiy g’allachilik o’lkasi bo’lganligi sababli, aksariyat olimlarning tadqiqotlari ham ana shu tuproqlarda olib borilgan. V.V.Dokuchayev +ora tuproqlarni har tomonlama va batafsil o’rganib «Rus qora tuproqlari» (1883) asarini yaratdi va unda qora tuproqlarning paydo bo’lishi haqidagi qator yangi ilmiy g’oyalarni bayon qildi.
Qora tuproqlarning kelib chiqishi haqidagi dastlabki nazariya M.V.Lomonosovning «Yer qatlamlari haqida» (1763) asarida aks etgan bo’lib, unda olim qora tuproqlar birinchi materiya bo’lmay, balki o’simlik va hayvonot organizmlari qoldiqlarining vaqt o’tishi bilan chirishidan hosil bo’lgan tabiiy jism deb ta’riflayda. Ammo M.V.Lomonosovning bu original ilmiy xulosalari uzoq davrlarga qadarli unutilib kelindi.
Qora tuproqlarning kelib chiqishi to’g’risida keyinchalik yaratilgan ko’plab faraziya va nazariyalarni quyidagi, ya’ni qora tuproqlarning dengizlardan kelib chiqish faraziyasi, qora tuproqlarning botqoqliklardan hosil bo’lish nazariyasi; uning quruqlikdagi o’simliklardan kelib chiqishi haqidagi nazariya kabi uch gruppaga ajratish mumkin.
Akademik P.S. Pallas (1799) va agronom A.Petsgold (1851) ning qora tuproqlarning dengizlardan hosil bo’lish haqidagi faraziyasi, o’z vaqtida ancha keng tarqalgan edi. Bu faraziyaga ko’ra qora tuproqlar bir vaqtlar suv bosib turadigan tekis dengiz sohillarida to’plangan cho’kindilar va ayniqsa +ora dengiz va Kaspiy dengizi chekingach, undan cho’kib qolgan turli loyqalardan paydo bo’lgan.
Angliyalik geolog R.Murchison (1841) fikricha, qora tuproqlar muzlik dengizlarining Yura davrida qoldirgan qoramtir gili slanes cho’kindilarining loyqalaridan kelib chiqqan. Qora tuproqlarning paydo bo’lishini geologik nuqtui nazardan tushuntiradigan bu gipoteza, hozirgi vaqtda faqat tarixiy ahamiyatga ega.
Qora tuproqlarning botqoqliklardan kelib chiqishi haqidagi nazariya paleontolog E.I.Eyxvald
tomonidan uning «Rossiya paleontologiyasi» (1852) asarida bayon etilgan bo’lib, mashhur geolog I.D.Borisyak bu fikrlarni qo’llab quvvatlaydi. Ancha keyin V.R.Vilyams bu nazariya asosida, o’zining qora tuproqlar torfli botqoqliklarning qurishidan hosil bo’lgan degan fikrini aytadi.
Qora tuproqlarning quruqlikdagi o’simliklardan kelib chiqishi haqidagi nazariya M.V.Lomonosov (1763), R.German (1836), F.I.Ruprext (1866) tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, keyinchalik V.V.Dokuchayevning «Rus qora tuproqlari» (1883) asarida yanada rivojlantirildi va boyitildi.
P.A.Kostichev o’zining «Rossiyaning qora tuproqli viloyatlarining tuproqlari» (1886) asarida qora tuproqlardagi chirindining to’planishida o’t o’simliklar ildiz sistemasining muhim ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatdi.
Qora tuproqli dashtlarda o’simliklar ostida qoladigan moddalarning biolgik aylanishiga doir to’plangan hozirgi zamon materiallari qora tuproqlarning hosil bo’lish mohiyatini to’liqroq tushunish imkonini beradi.
Qora tuproqli dashtlardagi tabiiy o’simliklar har yili yerda ko’plab organik massa qoldiradi, Uning umumiy miqdori 100-200 s/ga, yoki barcha biomassaning 40-60 foizini tashkil etadi. Yerga tushadigan va to’planadigan organik qoldiqlarning 40-60 foizi o’simliklarning ildizlaridan iborat. Yer yuzasida va ildizlar hisobida to’planadigan organik massa tarkibidagi kul moddalari o’tloq-dasht o’simliklarida ko’p bo’lib, 7-8, igna bargli o’rmonlarda esa 0,7-1,7 va yaproqlik o’rmonlarda 1,6-7,5 foizni tashkil etadi (Bazilevich, 1962). Shuningdek, o’tloq-dasht o’simliklarining qoldiqlarida azot miqdori ham eng ko’p (1-1,4 foiz) bo’ladi.
Qora tuproqli dashtlarning o’simlik qoldiqlari kul elementlari va azotga boy hamda uning umumiy mssasining ko’p bo’lishi tuproqda ham bu elementlarning maksimal miqdorda to’planish imkonini beradi. Jumladan, azot va kul elementlari ignabargli o’rmonlar ostida har yili 30-40 kg/ga to’planadigan bo’lsa, quruq dashtlarda (kashtan tuproqlarda) 2,0-250 kg/ga, qora tuproqli dasht o’simliklari sharoitida esa bu ko’rsatkich 600-1400 kg/ga ni tashkil etadi.
Demak, qora tuproqlar hosil bo’lishidagi moddalarning biologik aylanishining muhim xususiyati – o’simlik qoldiqlari bilan birga har yili tuproqqa tushadigan azot va kul moddalarining ko’p to’planishidir.
O’simlik qoldiqlarining chirib, parchalanishi va gumusga aylanishi kam ishqoriy reaksiyada, havo yaxshi kirib turadigan, namlik mo’tadil bo’lganda va o’simlik qoldiqlari oqsilli azot moddalar va asoslar bilan boyigan sharoitda, yaxshi kechadi. Tuproqda to’planadigan gumus miqdori, gumus qatlamining qalinligi, karbonatlarning to’planishi, tuproqdagi namlik, suv va issiqlik rejimlarining shakllanishida shu maydondagi tabiiy-iqlim sharoitlari muhim rol o’ynaydi. Zonaning Janubiy Yevropa qismi (Dunay bo’yi va Kavkaz oldi viloyatlari) da qora tuproqlar asosan sernam va yumshoq iqlim sharoitida paydo bo’ladi. Bu yerda tuproq deyarli muzlamaydi, qor tez erib tuproqning ancha chuqurligiga qadarli nam to’planadi. Shu sababli o’simliklar yaxshi o’sib, moddalarning biologik aylanishi ham jadallashadi va tuproq hosil bo’lish jarayoni tuproqning ancha qalin qatlamini o’z ichiga oladi. Natijada bu yerlarda gumus gorizonti ancha qalin, ammo gumus miqdori uncha ko’p (3-6 foiz) bo’lmagan qora tuproqlar hosil bo’ladi. Shu viloyatga kiruvchi qora tuproqlar profilidagi moddalarning yaxshi yuvilib ketishi natijasidagi gips va misellyar shakldagi karbonatlar ancha pastda joylashgan bo’ladi. Shuning uchun ham bu tuproqlar m i s ye l l ya r – k a r b o n a t l i q o r a t u p r o q l a r nomini ham olgan.

Yüklə 157,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin