JISMONIY TARBIYANING TURLI TIZIMLAR FAOLIYATIGA TA
YURAK QON TOMIR KASALLIKLARIDA JISMONIY TARBIYANI QO‘LLASH. Yurak ishemik kasalliklarida JTni qo‘llash. Yurak ishemik kasalliklarning klinik kechishi ko‘krakda to‘satdan boshlanadigan og‘riq huruji bilan xarakterlanadi, u yurak mushaklarining qon bilan ta’minlanishining o‘tkir etishmasligi bilan kechadi. Stenokardiyaning qutsyidagi kechishlari farqlanadi :
-kuchlangan stenokardiya – jismoniy yuklama (yurish, yuqoriga ko‘tarilish, og‘irlik ko‘tarish) vaqtida og‘riq paydo bo‘ladi;
-tinch stenokardiya – og‘riqlar jismoniy yuklamasiz paydo bo‘ladi.
Stenokardiyaning 4 ta funksional sinfi farqlanadi :
1-funksional sinf – unga qon aylanishi yaxshi kompensatsiyalangan, jismoniy yuklamalarga tolerantligi 600 kgm/min yoki 100 vatt bo‘lgan, stenokardiya xuruji keskin paydo bo‘ladigan bemorlar kiradi.
2-funksional sinf – unga kuchlangan vaqtda stenokardiya xuruji kam, yurganda havo etishmasligi va jismoniy yuklamalarga tolerantligi 300-600 kgm/min yoki 50-100 vatt bo‘lgan bemorlar kiradi.
3-funksional sinf – unga oddiy jismoniy yuklama bajarish vaqtida, qon aylanishi etishmasligining I – II A darajasida, yurak ritmining buzilishida yuzaga keladigan kuchlangan stenokardiya xurujli tez-tez bo‘ladigan va jismoniy yuklamalarga tolerantligi 300 kgm/min kam yoki 50 vattdan kam bo‘lgan bemorlar kiradi.
4-funksional sinf – unga qon aylanishi etishmasligining II B darajasi bilan tinch va kuchlangan stenokardiya xurujlari tez-tez qaytariladigan bemorlar kiradi.
JT qo‘llanilishiga qarshi ko‘rsatmalar :
-nostabil stenokardiya;
-rivojlanib boruvchi stenokardiya;
-spontan stenokardiya;
-birinchi marta bo‘lgan stenokardiya;
-anevrizm holati;
-yurak-o‘pka etishmasligining II B darajasi;
-mersal (xilpilovchi) aritmiya;
-paraksizmal taxikardiya;
-tez-tez bo‘ladigan ekstrasistola va h.z.
JTning vazifalari:
1.Jismoniy yuklamalarga tolerantlikni oshirish.
2.Xurujlarning qaytarilish soni va davomiyligini kamaytirish.
3.Mushak qisqarishida tomirlarning normal reaksiyasini tiklash uchun neyrogumoral-rugulyator mexanizmini stimullash.
4.Yurak-qon tomir sistemasining faoliyatini yaxshilash.
5.Aterosklerotik jarayonlar bilan kurashish maqsadida modda lamashinuvini faollashtirish.
6.Qon aylanishning ekstrakardial omillarini yaxshilash.
7.Bemorning ruhiy-emotsional holatini yaxshilash.
8.Organizmni sog‘lomlashtirish va mustaxkamlash.
Bemorning holati va kasallikning kechishiga qarab Davolovchi jismoniy tarbiya to‘shak, yarim to‘shak va erkin harakat tartibotlarida o‘tkaziladi. Bemorlarni ko‘krak sohasidagi og‘riqlar tinch holatda yoki engil jismoniy yuklama (yurish) bajarish vaqtida bezovta qilsa, JT to‘shak harakat tartibotida o‘tkazilishi ko‘rsatilgan. Bu tartibotda Davolovchi gimnastika muolajasi tavsiya etilib, statik va dinamik nafas mashqlari, qo‘l-oyoqlarning distal qismi uchun mashqlar, yoqa sohasi, ko‘krak qafasi va orqaning massaji tavsiya etiladi. Bemorning ahvoli yaxshilanib borishi bilan u yarim to‘shak harakat tartibotiga o‘tkaziladi. Bu bemorlar jismoniy mashqlarni orqada yotgan, stulda o‘tirgan yoki tayanib turgan va turgan dastlabki holatlarda bajaradi. Yotgan dastlabki holatda mayda, o‘rta va yirik mushak guruhlariga va qo‘l-oyoq bo‘g‘imlariga faol mashqlar beriladi. Oyoq mushaklari uchun statik (izometrik) mashqlar, mushaklarni bo‘shashtiruvchi mashq, nafas mashqlari (diafragmal, tovushli, fiziologik) beriladi, bemorlarning orqasi va oyoqlari massaj qilinadi. Mashqlar sekin sur’atda bajariladi. Stulda o‘tirgan dastlabki holatda – tana va qo‘l-oyoq mushaklari uchun, vestibulyar apparat va e’tiborga, bo‘shashtiruvchi, diafragmal va tovushli nafas mashqlari bajariladi. Tayanib turgan yoki turgan dastlabki holatda – statik va dinamik nafas mashqlari bilan birgalikda tananing hamma mushaklari uchun mashqlar tavsiya etiladi. Mashq bajarishda engil gimnastik snaryadlardan (gimnastik tayoqcha, to‘p) foydalanish mumkin. Erkin harakat tartibotida hamma mushak guruhlari uchun faol mashqlar gimnastik snaryadlarni (gimnastik tayoqcha, to‘p, engil vazndagi gantella) qo‘llash bilan tavsiya etiladi. SHu bilan bir qatorda koordinatsiyaga, muvozanatga, statik va dinamik nafas mashqlari, mushaklarni bo‘shashtiruvchi mashqlar qo‘llaniladi. Turgan dastlabki holatda bajariluvchi mashqlar soni oshirib boriladi. Davolovchi gimnastika muolajasidan tashqari ertalabki badan tarbiya, me’yorli yurish, zinopoyadan ko‘tarilish (1 tadan prolet qo‘shib boriladi), ochiq,toza havoda sayr qilish tavsiya etiladi. Stenokardiya bilan kasallangan bemorlar uchun jismoniy yuklamalarga tolerantlikni (chidamlilik) oshirish katta ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun bu bemorlarga chidamlilikka chiniqtirish tavsiya etiladi. CHiniqtirish tadbirini boshlashdan oldin bemorlarning ish bajarish qobiliyati veloergometrda aniqlab olinadi, ularning yurak qisqarish soni aniqlanadi.Og‘riq, yurakning tez urishi, havoning etishmasligi, EKGdagi o‘zgarishlar va ko‘tara olmaslikning boshqa belgilarining paydo bo‘lishi kritik daraja bo‘lib hisoblanadi. Bemorlarning funksional imkoniyatlarini oshirishda 2 ta chiniqtirish usulidan foylanish mumkin. Birinchisi – yuklama bo‘linib-bo‘linib beriladi; Ikkinchisi – yuklama uzoq vaqt beriladi. Ikkila usulda ham boshida 15-20 minut davomida tayyorlash mashqlari beriladi, ya’ni 10-12 ta umumrivojlantiruvchi mashqlar. Ikkala usulda siklik yuklamalarning birini bajarish tavsiya etiladi, ya’ni veloergometr pedalini aylantirish, maxsus moslamadagi eshkakni eshish, turgan joyida yoki yuguruvchi yo‘lkani qo‘llash bilan yugurish, zinopoyadan chiqib-tushish yoki oddiy yurish. Bo‘linib-bo‘linib beriladigan yuklama bilan chiniqtirishdagi ish intensivligi pulsning kritik darajaga etguncha bo‘lgan holatida bo‘lishi kerak. Olingan ish tezligi 3 minut davomida ushlab tkriladi, so‘ngra 3 minut dam oladi. Mashg‘ulot davomida bunday ishlash sikli 5-8 marta qaytarilishi mumkin. 7-10 kundan keyin uzoq davom etuvchi yuklamalarga o‘tiladi – 5 minut ish, 5 minut dam. Uzoq vaqt davom etuvchi yuklama dam olmasdan 10-30 minut davomida bajariladi. Puls kritik darajadan minutiga 10-15 marta kam urish bilan xarakterlanadi. Bo‘linib-bo‘linib beriladigan yuklama bilan chiniqtirish ancha samarali hisoblanadi, lekin shu bilan birga ancha havfli ham, chunki yuklama pulsning kritik darajasida bajariladi. SHuning uchun jismoniy ish bajarish qobiliyatini shifoxonada bo‘linib-bo‘linib beriladigan yuklama bilan, shifoxonadan chiqqanidan so‘ng uzoq vaqt beriluvchi yuklama bilan vrach nazorati ostida poliklinika yoki dispanserda oshirib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi. SHifoxonada davolanganidan keyin bemorlar reabioitatsiyani poliklinika, dispanser yoki sanator-kurortlarda o‘tadi. U erda ularga Davolovchi gimnastika muolajasi, ertalabki badan tarbiya, individual topshiriqlar, me’yorli yurish, sog‘lomlashtiruvchi yugurish, mexananoterapevtik apparatlarda, trenajer-larda mashqlar, harakatli o‘yinlar, sportga oid o‘yinlar, yaqin turizm, sayr etish tavsiya etilishi mumkin.
XULOSA Hozirgi kunda yurak-qon tomir kasalliklarining ko‘payishi va yosharib borishi, bu kasallikni kompleks davolashga va kasallikning oldini olitshga katta e’tiborni qaratishga oilb kelmoqda.
Xozirgi kunda turli terapevtik kasalliklarni, davolash va oldini olish jarayonlarida o‘z vaqtida reabilitatsion dasturlarni tanlash va tavsiya etish vrachning asosiy vazifasi bo‘lib hisoblanadi. SHifoxona va ambulator sharoitida bemorlarni kompleks reabilitatsiyasida, organizm sistemalari va ichki organlarining turli kasalliklarida va patologik oldi holatlarida organizimga ta’siriga asoslangan holda davolovchi jismoniy tarbiya usullarini qo‘llash muhim ahamiyatga ega.
Massaj organizmga trofik, mexanik, neyroendokrin, reflektor va neyrogumoral ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sir mexanizmlari natijfsida fiziologik ta’sirlar yuzaga keladi, ya’ni terining funksiyasini yaxshilaydi, qon va limfa aylanishini, modda almashinuvini, asab sistemasining qo‘zg‘atuv-chanligining pasayishini oshiradi, tashqi nafas funksiyasini yaxshilaydi, mushak va bo‘g‘imlarni mustahkamlaydi.