Reja: Kirish Asosiy qism


AD-AS modelida narxlar va milliy ishlab chiqarish real hajmining muvozanatli darajalari



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə6/7
tarix15.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#125345
1   2   3   4   5   6   7
1. Kurs ishi.Yalpi talab yalpi taklif modeli

3.AD-AS modelida narxlar va milliy ishlab chiqarish real hajmining muvozanatli darajalari
Narxlarning muvozanatli darajasi deganda shunday narx darajasi tushuniladiki, unda yalpi talab va taklif hajmi bir-biriga mos kelishi yoki teng bo'lishi kerak. Avvalo yalpi talab egri chizig'i va yalpi taklif egri chizigining oraliq kesmada mos kelishini ko'rib chiqamiz. Narxlarning muvozanatli darajasi va milliy ishlab chiqarish hajmining muvozanatli darajalari mos ravishda AD0 va Y0 lar bilan belgilangan. Nima uchun AD0 narxlarning muvozanatli darajasi va Y0 milliy ishlab chiqarishning muvozanatli darajasini bildirishini ko'rsatishimiz uchun narxlarning muvozanatli darajasi AD0 emas, balki AD1 deb hisoblaymiz. Narxlar darajasi AD1 bo'lgan vaziyatda korxonalar milliy ishlab chiqarish hajmini Y­1­ miqdoridan oshirmaydi.

6-chizma. Yalpi taklif egri chizig`ining oraliq kesmadagi muvozanati

Iste'molchilar narxlar darajasi ADi bo'lganda mahsulotlarni Y2 darajada sotib olishga tayyor turadi. AD>AS bo'lganligi tufayli iste'molchilar o'rtasidagi raqobat narxlar darajasini Re gacha suradi. Narxlar darajasining AD1 dan AD0 gacha. ko'tarilishi ishlab chiqarish hajmini Y1 dan Y0 gacha oshirishga va iste'molchilarning talabini Y2 dan Ye gacha kamaytirishga olib kelali. Va bu AD, AS to'g'ri chiziqlari e nuqtada kesishadi. Demak, AD0 narx narxlarning muvozanatli darajasi va e muvozanat nuqtasidir.


6-chizmada yalpi talab egri chizig'i yalpi taklif egri chizig'ini Keyns kesmasida kesib o'tadi. Bunday vaziyatda narxlar darajasi hech qanday ahamiyatga ega emas. Buni tushunish uchun avvalo milliy ishlab chiqarishning muvozanatli hajmini Y0 va muvozanatli narxlar darajasini AD0 bilan belgilaymiz.
Muvozanatli ishlab chiqarish hajmi aynan Y0 ekanligini isbotlash uchun bu hajmni Y, deb hisoblaymiz. U xolda ADYuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, yalpi taklif egri chizig'ining keyns kesmasida yalpi talabning o'zgarishi ishlab chiqarish hajmining oshishi yoki kamayishiga olib keladi, narxlar darajasi esa o'zgarmaydi.
Yalpi talab egri chizig'ini AS egri chizig'ining vertikal kesmasida o'zgarsa bu ishlab chiqarish hajmiga ta'sir ko'rsatmaydi va faqat narxlar darajasi o'zgaradi, xolos. Ya'ni, bu kesmada talabning oshishi talab inflyatsiyasini keltirib chiqaradi. Yalpi taklifning bu kesmasida talabning har qanday o'zgarishi faqat narxlar darajasi o'zgarishga olib keladi. Ishlab chiqarish hajmi esa to'liq bandlik sharoitida o'zgarmay qoladi.
Oraliq va vertikal kesmalarda narxlar o'sib borishi bilan kuzatilgan yalpi talabning ko'payishi talab inflyatsiyasi mavjudligini ko'rsatadi.
Yalpi taklifning o'zgarishi muvozanat narxlar darajasiga va milliy ishlab chiqarish xajmining muvozanat darajasiga qanday ta'sir ko'rsatishini ko'rib chiqamiz.

7-chizma. Yalpi taklif muvozanatining keyns kesmasidagi muvozanati

Yalpi taklif o'zgarishining narxlarning va ishlab chiqarishning muvozanatli darajasiga taʼsirini 7-chizma misolida ko'rib chiqamiz. Narxdan boshqa omillar ta'sirida yalpi taklifning AS, dan AS2 ga siljishi natijasida ishlab chiqarish xajmi Y, dan Y₂ gacha kamayadi, narxlar darajasi esa R1 dan R2 gacha ko'tariladi, ya'ni stagflyatsiya ro'y beradi.

8-chizma. Yalpi taklif o'zgarishining ta'siri



Boshqa bir vaziyatda, masalan, narxlarga bog'liq bo'lmagan omillardan birortasi o'zgarib, yalpi taklifning o'zgarishiga olib kelsin. Ya'ni, erning narxi pasaysa, korxonalardan olinadigan soliqlar kamaysa va bular natijasida mahsulot birligiga ketgan sarf-xarajatlar qisqarsa, unda Jami taklif egri chizig'i AS, dan AS₁holatga siljiydi. Bunda narxlar muvozanat darajasi R1 dan R3ga qadar pasayadi va ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi Y1 dan Y3 qadar oshadi, ya'ni, iqtisodiy o'sish holati ro'y beradi.
Yalpi talab (inglizcha: Aggregate-demand) iqtisodda yakunlangan mahsulotlar va xizmatlar uchun maʼlum bir paytda va narxda boʻlgan umumiy talab. Yalpi talab barcha mumkin boʻlgan narx darajalarida sotib olinadigan mahsulotlar va xizmatlar qiytmatini belgilaydi. Yalpi talab biror bir mamlakatning Yalpi ichki maxsulotga boʻlgan talabdir.
Yalpi taklif – iqtisodiyotda har qanday mumkin boʻlgan narxlar darajasida ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarishga tayyor bolgan milliy ishlab chiqarishning real hajmi.
Yuqoridagi nazariy ma’lumotlarni mustahkamlash uchun real hayotdagi ko’rsatkichlar orqali masalaga yondashishga harakat qilib ko’ramiz.
Biz ushbu bog`lanishga misol qilib olib O`zbekiston Respublikasi statistik ma’lumotari orasidagi bog’lanishni o‘rganishni maqsad qildik. Zero, bunda biz quyidagi ma’lumotlarni tahlil qilish orqali mamlakatning talab va taklif holatlariga baho berishimiz mumkin:
Y-aholining iqtisodiy faollik darajasi;
X1-mehnatga layoqatli yoshdagi doimiy aholi sonining jami aholi soniga nisbatan ulushi;
X2-bandlik darajasi;
X3-ishsizlik darajasi;
1-jadval





Hududlar

Y

X1

X2

X3

1

Qoraqolpog`iston Respubliksasi

67,70

59,60

60,90

10,10

2

Andijon

75,70

57,50

68,20

9,90

3

Buxoro

74,60

58,90

67,30

9,80

4

Jizzax

75,10

57,20

67,50

10,10

5

Qashqadaryo

69,30

57,30

62,20

10,20

6

Navoiy

74,90

58,70

68,30

8,80

7

Namangan

72,60

58,20

65,50

9,70

8

Samarqand

70,70

56,70

63,70

9,90

9

Surxondaryo

71,80

57,30

64,50

10,20

10

Sirdaryo

71,90

59,50

64,60

10,20

11

Toshkent

77,60

59,60

70,30

9,40

12

Farg`ona

73,60

58,10

66,20

10,00

13

Xorazm

71,10

59,40

64,00

9,90

14

Toshkent shahar

89,50

56,10

83,30

7,00



Manba: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va Makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ma’lumotlari asosida tuzilgan.
Biz ushbu ma`lumotlar asosida 2021-yil aholining iqtisodiy faollik darajasi va unga mehnatga layoqatli yoshdagi doimiy aholi sonining jami aholi soniga nisbatan ulushi, bandlik darajasi va ishsizlik darajasining bog’liqligini o‘rganib chiqdik. Bunda 2021-yil ma’lumotlari orqali mamlakatning talab va taklif holatlariga yaxshi baho bera olamiz. Bunga asos esa barcha viloyatlarda iqtisodiy faollik darajasi 70% dan yuqoriligidir bu orqali aholining xarid qobiliyati shaklladi bunda taklif va talab hosil bo’lishi muofiqlashadi.

Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, AD-AS modeli umumiy makroiqtisodiy muvozanat modeli bo‘lib milliy bozorni qisqa va uzoq muddatga tahlil qilish imkonini beradi. AD-AS modeli iqtisodiy tebranishlarni tahlil qilish va baholash uchun asos yaratadi. Yalpi talab – uy xo‘jaliklari, korxonalar, hukumat va chet ellik xaridorlarning baholarning ma’lum darajasida iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmiga bo‘lgan talabidir.
Baholar darajasi va talab qilingan milliy mahsulot hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifoda etuvchi chiziq yalpi talab egri chizig‘i deb ataladi AD egri chizig‘i
trayektoriyasini pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi bilan hamda baho omillari
bo‘lgan foiz stavkasi samarasi, boylik samarasi va import xaridlari samarasi bilan izohlash mumkin. Bahodan boshqa omillar ta’sirida AD egri chizig‘i o‘ngga yoki chapga siljiydi. AS egri chizig‘i keyns, oraliq va klassik kesmalarni o‘z ichiga oladi.
Uzoq muddatli davrlarda AS egri chizig‘i vertikal, qisqa muddatga esa gorizantal bo‘ladi. Shuning uchun AD dagi o‘zgarishlar ishlab chiqarish hajmi, bandlik hamda baholar darajasiga bu kesmalarda turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Yalpi talab va yalpi taklif hajmlari o‘zaro mos kelgan, ya’ni AD va AS egri chiziqlari kesishgan nuqta makroiqtisodiy muvozanat nuqtasi, unga mos keluvchi baholar darajasi baholarning muvozanatli darajasi deb aytiladi.
AS egri chizig‘i ishlab chiqarishga jalb qilingan resurslar hajmi ko‘payishi hamda chngi texnologiyalarning kiritilishi hisobiga o‘ngga siljiydi. Bu holat iqtisodiy o‘sish deb ataladi. AS egri chizig‘ining chapga siljishi stagflyatsiyadan dalolat beradi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining yuzaga kelish sababini yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanat buzilishi bilan izohlash mumkin.
Buning oldini olish maqsadida esa aholi talabini, bozor taklifini va davlat nazorat ishlarini olib boorish jarayonlarini to’g’ri yo’lga qo’yish va bularni raqamlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutgan holda iqtisodiy islohotlar olib boorish maqsadga muofiq bo’ladi.


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin