Isteʼmolchilik sarflaridagi oʻzgarishlar. Narx darajasining oʻzgarishiga bogʻliq boʻlmagan holda, narxdan tashqari bir yoki bir nechta omillar taʼsirida isteʼmolchilar xaridi hajmida oʻzgarish roʻy berishi mumkin. Bu isteʼmolchi farovonligi, isteʼmolchining kutishi, isteʼmolchining qarzlari va soliklarning oʻzgarishi natijasi hisoblanadi.
Isteʼmolchining farovonligi isteʼmolchi ega boʻlgan barcha moliyaviy aktivlarga (aksiya va obligatsiya) hamda uy va yer kabi koʻchmas mulklarga egaligiga bogʻliq boʻladi. Ularning real qiymatining keskin kamayishi tovar xarid qilishningqisqarishiga olib keladi.Iste`molchilik sarflarining qiskarishi natijasida yalpi talab kamayadi. Aksincha moddiy va moliyaviy kimmatliklar real qiymatining oshishi natijasida, narxlarning mavjud darajasida isteʼmolchilik sarflari oʻsadi. Bunga, aksiya kursining keskin oshishi, xatto narxlar darajasi oʻzgarmay qolganda isteʼmolchi farovonligining oʻsishiga olib kelishini misol kilib keltirish mumkin. Uy va yer real qiymatining keskin kamayishi, narx umumiy darajasining oʻzgarishiga bogʻliq boʻlmagan holda isteʼmolchi farovonligining pasayishiga olib keladi.
Isteʼmolchining kutishi. Isteʼmolchilik sarflari hajmidagi oʻzgarish, isteʼmolchining narxlar va daromadlar darajasidagi kelajakdagi oʻzgarishlarni oldindan bilishiga bogʻliq. Masalan, agar odamlar kelajakda oʻzlarining real daromadi koʻpayadi, deb hisoblasa, ular joriy daromadlarining koʻproq qismini sarflashga tayyor boʻladi. Natijada bu davrda isteʼmolchilik sarflari koʻpayadi, jamgʻarish esa kamayadi va yalpi talab ortadi. Aksincha, agar odamlar kelajakda oʻzlarining real daromadlari kamayadi deb hisoblasa, ularning isteʼmolchilik sarflari va demak, yalpi talabi qisqaradi. Xuddi shunday inflyatsiyaning kutilishi bugungi yalpi talabni oshiradi. Chunki isteʼmolchilar narxlar oshguncha tovarlarni xarid qilib qolishga harakat qiladi. Aksincha, yaqin kelajakda narxlar pasayishining kutilishi, bugungi isteʼmol mikdorining kamayishiga olibkeladi.
Isteʼmolchi qarzlari. Isteʼmolchi qarzlari koʻp boʻlganda, u joriy daromadini qarzlarga toʻlab, oʻzlarining bugungi sarflarini qisqartirish mumkin. Aksincha, isteʼmolchi qarzdor boʻlmasa, ular bugungi sarflarini koʻpaytirishga tayyor boʻladi.
Soliq. Daromad soligʻi stavkasining kamayishi, narxlarning mavjud darajasida isteʼmolchilik sarflarini koʻpaytiradi, soliklarning oshishi isteʼmolchilik sarflarini kamaytiradi.