Reja: Kirish Daromadning asosiy manbalari nimalardan iborat? Oilada qanday xarajatlar bo‘lishi mumkin?


Byudjetni qanday tuzish (ishlab chiqish) kerak?



Yüklə 20,23 Kb.
səhifə4/5
tarix24.11.2023
ölçüsü20,23 Kb.
#134036
1   2   3   4   5
5.Byudjetni qanday tuzish (ishlab chiqish) kerak?
Qadim-qadimdan “Ko‘p pulga ega bo‘lgan emas, balki undan oqilona foydalanish yo‘lini bilgan inson boydir”, - degan dono naql bor. Afsuski, bizning mamlakatimizda ham hali maosh olishga bir necha kun bo‘lishiga qaramasdan puli tugab qoladigan odamlarimiz ko‘p. Bundan vaziyatda, yo belni yanada mahkamroq “bog‘lash”ga to‘g‘ri keladi, yoki qarz olmoq lozim bo‘ladi. Bunday “qiyin, noqulay” vaziyatga tushib qolmaslik yoki undan chiqib ketish uchun nima qilish kerak? Bu savolning hayotiy va haqqoniy javobi, ayrimlar o‘ylaganidek, unchalik murakkab emas. Buning uchun, eng avvalo, har birimiz o‘zimizning bo‘lg‘usi (kelgusi) xarajatlarimiz va daromadlarimizni to‘g‘ri rejalashtirishni uddalamog‘imiz lozim. Bu, bozor iqtisodi tilida, byudjet tuzish (ishlab chiqish) deyiladi. Shaxsiy moliyada bunday reja, odatda, bir oy oldinga ishlab chiqiladi (tuziladi). Biroq, bunda kelgusi oyda qancha xarajat qilishimni men qanday qilib bilaman? Aslo hayron bo‘lmang. Buni bilsa bo‘ladi. Buning uchun oldin o‘tgan oyda qancha ishlab topdingiz-u va qancha xarajat qilganingizni hisoblab chiqish kerak. Xotirangiz juda mustahkam bo‘lishiga qaramasdan bu o‘rinda unga ishona ko‘rmang. U Sizga pand berishi mumkin. Zero, bu summalarni esda saqlab qolishning iloji, deyarli – yo‘q. Shuning uchun oy davomida barcha daromadlar va xarajatlaringizni qayd etib (yozib) borishingiz kerak. Shunday qilsangiz, bir oydan so‘ng Sizning ixtiyoringizda daromadlar va xarajatlaringiz ro‘yxati paydo bo‘ladi. Ana shu ro‘yxatni inobatga olgan holda Siz o‘zingizning kelgusi oyingiz uchun zarur bo‘lgan byudjetingizni tuzishingiz (ishlab chiqishingiz) mumkin. Muammoni hal etishning bunday yo‘lini ko‘rsatib, oldingizga o‘ta og‘ir bo‘lgan “vazifa”ni qo‘ymadikmi? Uning qo‘yilishi “obro‘”ingizga putur yetkazmayaptimi? U boshni og‘ritadigan, peshonani tirishtiradigan, aqlni shoshirtiradigan “masala” emasmi?! O‘z-o‘zingiz ozgina hurmat qiladigan bo‘lsangiz (men esa, albatta, shunday qilasiz, degan
umiddaman), bu savollarga nima deb javob berishni bilasiza?! Daromadlarni hisoblash – unchalik murakkab ish emas. Zero, uning manbalari ko‘p bo‘lmaydi. Ko‘plab insonlar doimiy ravish o‘z daromadlarini ish (mehnat) haqi, stipendiya yoki pensiya ko‘rinishida olishadi. Ularning summalari ham har oyda deyarli bir xil (faqat ayrim hollargina bundan mustasno) bo‘ladi. Ularni byudjetga doimiy daromadlar sifatida kiritmoq lozim. Ayrim hollarda esa bu daromadlarga dam olish (ta'til)ga chiqish va mukofot pullari hamda bonuslar qo‘shilishi mumkin. Bular o‘zgaruvchan daromadlar deyiladi. Ularni byudjetda alohida qatorda aks ettirish kerak. Har oy uchun byudjet tuzayotganda (ishlab chiqayotganda) ulardan umidvor bo‘lish maqsadga muvofiq emas. Buning negaligini bilasiz-a?!... Xarajatlarni “hisob-kitob qilish” esa, to‘g‘risi, biroz – murakkabroq, qiyinroq, og‘irroq. Yoqmaydi ham. Buning ustiga, ularning turlari ham juda ko‘p. Uydan “Bismilloh!”, - deb ko‘chaga chiqdikmi, birdaniga pulni sarf (xarajat) qilishning ko‘plab imkoniyatlari paydo bo‘ladi: gazeta olish kerak; bir qultumgina kofe yoki muzdekkina suv ichgimiz keladi; piyoda emas, hech bo‘lmaganda, jamoatchilik transportida yurishni istaymiz va h.k. Kun oxiriga kelib, xoxlaymizmi buni yoki yo‘qmi, hamyonimizning “oriqlab” qolgani, baribir seziladi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, barcha xarajatlarimizning aniq summasini bilish biz uchun – amri-maholligicha qolaveradi. Xarajatlarni hisobga olib borish uchun barcha cheklarni saqlash va kun oxirida sarflarning barchasini yozib qo‘yish tavsiya etiladi. Bunda, juda ko‘p hollarda, saqlangan chek sotib olingan fursatdan boshlab ikki hafta davomida sotib olingan mahsulotni egasida qaytarib berish huquqini beradi. Sarflangan summalarni esa quyidagi bir necha asosiy toifalar bo‘yicha guruhlab, yoyib chiqish o‘z ma'nosiga ega: ovqatlanish; transport; va b. Bunday hisob-kitobni, eng avvalo, kompьyuter va telefonda o‘rnatilgan zamonaviy dasturiy ta'minot yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri Internet yordamida oson yurgizish mumkin. Bu dasturlarning juda ko‘plari tekin.
Ular toifalar va hatto xarajatlar valyutasini mustaqil aniqlashga imkon beradi. Shuningdek, katta o‘zgaruvchanlik (erkinlik)ni ham ta'minlaydi. Oyning oxiriga kelib esa, daromadlar va xarajatlar balansini keltirib chiqarish kerak. Bunday “eksperiment”ning natijasi ko‘plarni hayron qoldirishi turgan gap. Zero, hamma ham har xil mayda-chuydalarga shunchalik ko‘p pul sarflab yuborganligini tan olavermaydi. Har qanday holda Siz jiddiy mulohaza yuritish uchun ko‘pgina quyidagi ma'lumotlarga ega bo‘lasiz: qanday xarajatlarni qisqartirish zarur? Va aksincha, ularning qaysilarini oshirish (ko‘paytirish) maqsadga muvofiq?... Bu savollar javoblariniing qanday bo‘lishiga qarab, ularni kelgusi oyning byudjetida hisobga olish mumkin.

Yüklə 20,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin