14.4. jadvali. Kiritish/chiqarish qurilma manzillarini taqsimlash.
Jadvaldan kо‗rinib turibtiki, bо‗lishi mumkun bо‗lgan manzillarning kо‗p qismini tizim qurilmalari tomonidan band qilingan, bо‗sh manzillar uncha kо‗p emas. Zaxira manzillari – bu tizimning keyingi kengaytirilishiga mо‗ljallab band qilib zaxiralangan manzillardir.
8.5. jadvalda apparat uzulishlar nomerini standart taqsimlash va ularga uzulishlar vektorlar jadvalidagi (INT) mos nomerlar keltirilgan.
14.5. jadval. Apparat uzulishlar kanalini taqsimlash.
Jadvaldan kо‗rinib turibtiki, kо‗pchilik IRQ kirishlar kompyuterning tizimli resurslari bilan band. Faqat tо‗rtta kanal bо‗sh (zaxiralangan): 10, 11, 12, 15, ular ISA magistral ra‘zyomining 16-razryadli qismida joylashgan. Tо‗g‗ri, ba‘zida kompyuterlarda faqat bitta parallel port yoki (juda kam xolda) faqat bitta ketma-ket port ishlatiladi va unda yana IRQ3 va IRQ5 bо‗sh bо‗lib qoladi.
IRQ0…IRQ2, IRQ8 va IRQ13 signallar tizimli plataga berilgan va kengaytirish platalariga ularni ishlata ololmaymiz.
Kompyuterda ikkita 8-razryadli uzulishlar kontrolleri ishlatiladi.
IRQ0…IRQ7 signallari ulardan birinchisiga tegishlidir, IRQ8…IRQ15 signallari esa ikkinchisiga tegishlidir. Ikkinchi uzulishlar kontrollerni kaskadlash uchun IRQ2 kirishi biriktirilgan (8.6. chizma). Shuning uchun uzulishga sо‗rov о‗sish tartibi bо‗yicha quyidagi xizmat kо‗rsatish ustunliklariga ega: IRQ7, IRQ6, IRQ5, IRQ4, IRQ3, IRQ15, IRQ14, IRQ12, IRQ11, IRQ10, IRQ9. Bundek ulanish sxema tarixiy bо‗lib, chunki IBM PC XT kompyuterlarida faqat bitta 8kanalliy uzulishlar kontrolleri ishlatilgan, IBM PC AT о‗tilganda esa uzulishga sо‗rov kanallar sonini ikki xissa oshirilganligi uchun unga ikkinchi kontroller qо‗shilgan. Zamonaviy kompyuterlarda ikkala uzulish kontrollerlari birgalikda boshqa kontrollerlar bilan birga bitta mikrosxema tarkibiga kirishi (bitta g‗ilofda) mumkun, lekin uzulishlarning taqsimlanishi avvalgidek mosligi taminlangandir.
XBEB kanal nomeri
Vazifasi
0
Zaxira
1
SDLC bisinxron almashuv kontrolleri
2
Yumshoq disk kontrolleri
3
Zaxira
4
Ikkinchi kontrollerini kaskadlashtirish
5
Zaxira
6
Zaxira
7
Zaxira
14.6.jadvali. Xotiraga bevosita ega bо‗lishni sо‗rash kanalini standart taqsimlanishi.
Xotiraga bevosita ega bо‗lishni sо‗rash kanalini standart taqsimlash 14.6. jadvalda xavola qilingan.
Uzulish kontrolleri xolidagidek, bu yerda xam ikkita kontroller tadbiq etilgan, ulardan biri boshqasi bilan kaskadlangan. DRQ xar bir yо‗liga ISAqurilmalarining bitta chiqishi bо‗lishi kerak. Birinchi XBEB kontrolleriga (DRQ0…DRQ3 signallari) mos keladigan kanallar faqat 8-bitli almashuvga mо‗ljallangan, ikkinchi kontrollerga (DRQ5…DRQ7 signallari) mos kelgan 16-bitli almashuvga mо‗ljallangan. DRQ4 kanali ikkita XBEB kontrollerini kaskadlash uchun ishlatiladi va shuning uchun unga foydalanuvchi ega bо‗la olmaydi. DRQ0 sо‗rov signali eng yuqori va DRQ7 – eng past ustunlikka egadirlar. IBM PC XT da DRQ0 kanali dinamik xotirani qayta tiklash uchun ishlatilgan. XBEB kanalining xar biri axborotlarni 16-megabayt doirasidagi manzillar maydonida 64 Kbayt dan (0, 1, 2, 3 kanallar) 128 Kbayt gachan (5, 6, 7 kanallar) bloklab uzatishi mumkun.
protsessorga
Tizimli shinaIRO 0
IRO 2IRO 1
IRO 7
IRO 8
14.4-Rasm. Ikkita uzulish kontrollerining ulanishi.
Tabiiyki, oddiy foydalanuvchi uchun bu axborotlarning barchasini esda saqlab qolishi albatta qiyin, shuningdek ozgina xatolikka yо‗l qо‗yilsa noxushliklar bо‗lishi mumkun. Aynan shu fikirlar sababli Compaq Computer, Intel, Microsoft va Phoenix Technologies firmalari tomonidan 1993 yili Plugand-Play (PnP) texnologiyasitaklif etilgan, kompyuterning tarkiblash ishlarini barchasini kompyuterning о‗ziga yuklatilgan. Foydalanuvchi manzil maydoni xaqda, uzulishlar va bevosita ega bо‗lish kanallari xaqida xech narsa bilmasligi mumkun, u faqat platani ulaydi xolos va u birdaniga tо‗g‗ri ishlashni boshlaydi.
Tо‗g‗ri, shu bilan bir qatorda kompyuterning barcha qisimlari (kiritish/chiqarishning asos tizimi BIOS, operatsion tizim, amaliy dasturiy ta‘minot, ulangan qurilmalar ) PnP ish tartibini kuvvatlashi kerak. PnP texnologiyasi kompyuter ishlatadigan barcha interfeyslarda ishlashi kerak: ISA, PCI, VIB, IDE, RS-232 va boshqalar. Bu texnologiya uchun PCI tizimli shinasi eng kо‗p moslangan, buning uchun maxsus inobatga olingan vositalar mavjut, bu esa unga yagona tizimli shina standarti bо‗lib qolish uchun yanada kо‗proq imkoniyati beradi.
Kompyuterni ishga tushirish uchun yoqilganda, PnP dan uning dastlabki yuklash dasturi BIOS yuuklash jaroyonida zarur bо‗lgan qurilmalarni aniqlaydi. Sо‗ng BIOS bu qurilmalarning xar biridan PnP-qurilmalar xotirasida saqlanuvchi uning yagona nomerini (identifikator) sо‗raydi. Shundan sо‗ng BIOS qurilmalar о‗rtasidagi barcha konfliktlarni xal qiladi. Shu bilan bir qatorda kompyuterni yuuklash uchun kerak bо‗lmagan qurilmalarga xizmat kо‗rsatilmaydi.
Operatsion tizimni yuklab bо‗lgandan sо‗ng maxsus dasturiy drayver ishga tushadi – tarkib (konfiguratsii) menedjeri (configuration manager), u shinalarni nomerlashdrayveri (bus enumeraors) yordamida tizim resurslarini talab etuvchi qurilmalarni aniqlaydi. Agarda ulangan qurilmalar PnP quvvatlamasa va о‗zi xaqida axborot bera olmasa, u xolda bundek axborotni xosil qilinayotgan axborotlar bazasiga qо‗lda kiritish kerak bо‗ladi. Xozirdagi tarkibi xaqidagi yig‗ilgan barcha axborot, operativ xotiraning hardware tree xududida saqlanadi. Bu axborotni qurilmalar о‗rtasida tizim resurslarini taqsimlash uchun resurslar arbitri-dasturi (resource arbitrator) foydalanadi.
Shundan sо‗ng tarkib menedjeri shinalarni nomerlovchi orqali PnP-qurilmalarga kompyuterning qaysi resurslari ularga biriktirilganligi xaqida va ushbu axborot dasturi ega bо‗lishi mumkun bо‗lgan shu qurilmalarning registrlarida (yoki flash-EPROM) saqlanadi. Shu bilan resurslarni taqsimlash bо‗yicha PnP ishi tugaydi va shundan sо‗ng kompyuter barcha qurilmalarga standart tariqada murodat qilib о‗z ishini davom ettiradi.
Shuningdek qayt qilib о‗tishimiz kerakki, ba‘zi kompyuterlarda tashqi qurilmalarni ― qaynoq ulash‖ imkoniyati inobatga olingan (yani kompyuterning energiya manbasini uzmasdan turib). PnP ish tartibi bu imkoniyatni xam quvvatlashi kerak, yani resurslarni nafaqat dastlabki yuklashdagina taqsimlash emas, balkim kompyuterning ishi davomida qurilmalarni ulanib borishi bо‗yicha xam resurslarni taqsimlash kerak bо‗ladi.
Qo'shimcha adabiyotlar
1. Kodirov A.A. Paxta tozalash va to‗qimachilik sanoati korxonalari jarayonlarini avtomatlashtirish. –Toshkent. TTESI, 2011. Pod red. K.A. Pupkova. Metodi klassicheskoy i sovremennoy teorii avtomaticheskogo upravleniya Uchebnik. Tom 1-5. - M.: MGTU im. Baumana, 2004.