Turli sxemalar va elektron asboblarni tahlil qilish, sintezlash.
Elektron asboblarni zamonaviy element bazasi asosida bosma platalarda yaratish ustidagi bilimlarni amalda tadbiq etish va loyihalar tayyorlash.
Om qonuni. Qarshilik. Elektr toki - bu zaryad tashuvchi zarrachalarning yo‘naltirilgan tartibli harakatidir. Tok kuchi vaqt birligida o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi orqali o‘tuvchi elektr (zaryad) miqdori bilan aniqlanadi : I = Q / t Tok kuchining birligi amper ( A) : 1A =1Kl /1s Tok zichligi ( A / mm2 ) J=I/S bu yerda I o‘tkazgichdagi tok kuchi; ( A) ; S o’tkazgichning ko‘ndalang kesim yuzasi, ( mm2 ) . Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni: Zanjirning bir qismidan o‘tuvchi tok kuchi shu qismdagi U kuchlanishga to‘g‘ri proporsional va uning R qarshiligiga teskari proporsional, ya’ni: I=U/R bu yerda U voltda (V ) ; R - Om birlikda o’lchanadi. Butun zanjir uchun Om qonuni: I = E / ( R + r) tenglama bilan ifodalanadi va bu yerda E elektr energiya manbasining elektr yurituvchi kuchi, (V ) ; R tashqi zanjir qarshiligi, ; r – manbaning ichki qarshiligi,
O‘tkazgichning elektr qarshiligi: R=U/I tenglama bilan ifodalanadi. Qarshilikka teskari kattalik o‘tkazuvchanlik G deb ataladi va simens birlikda (Cm) o’lchanadi. 1Cm 1/ ; G=1/R O’tkazgichning elektr qarshiligi: tenglama bilan ifodalanadi, bu yerda: solishtirma qarshilik,( mm 2 / m) ; l o‘tkazgich uzunligi, o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi yuzasi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: Rezistorlarni ketma-ket, parallel va aralash ulash usullari. Ketma-ket ulangan rezistorlar qatorining ekvivalent qarshiligi har bir rezistor qarshiliklarning algebraik yig‘indisiga teng: Rezistorlarni ketma-ket, parallel va aralash ulash usullari. Ketma-ket ulangan rezistorlar qatorining ekvivalent qarshiligi har bir rezistor qarshiliklarning algebraik yig‘indisiga teng: R =R1+ R2+ ...+ Rn Parallel ulash deb rezistorlarning shunday ulanishiga aytiladiki, bunda elektr zanjirining ikki tuguni orasida bir nechta rezistorlar ulangan bo‘ladi. Bu zanjir