Reja: O'timli va o'timsiz fe'llar haqida ma'lumot


-§. O‘timli va o‘timsiz fe’llar



Yüklə 118,5 Kb.
səhifə7/7
tarix06.04.2022
ölçüsü118,5 Kb.
#115159
1   2   3   4   5   6   7
Fe\'l nisbatlari

2-§. O‘timli va o‘timsiz fe’llar. Fe’llar undan anglashilgan ish-harakatning narsaga munosabatiga ko‘ra o‘timli yoki o‘timsiz bo‘ladi.

1.Harakatning tushum kelishigidagi ot bilan ifodalangan narsaga o‘tishini bildiruvchi fe’llar o‘timli fe’l deyiladi. Masalan: ol, o‘qi, saqla, tozala fe’llari o‘timlidir.

2.Narsaga bevosita o‘tmaydigan harakatni anglatadigan fe’llar o‘timsiz fe’llardir. Masalan: bor, kel, o‘tir kabi fe’llar o‘timsizdir.

Fellardagi o‘timli yoki o‘timsizlik leksik-semantik va morfologik vositalar orqali ifodalanishi mumkin: a) o‘timli yoki o‘timsizlik fe’llarning leksik ma’nosidan anglashilib turadi. Ya’ni ular affikssiz qo‘llanganda ham o‘timli yoki o‘timsizlikka daxldor bo‘ladi. Masalan: yech, qo‘y, saqla, so‘ra, ko‘r kabi fe’llar o‘timli; bor, o‘tir, uxla, ko‘kar, tur kabi fe’llar esa o‘timsizdir. Fe’l ko‘p ma’noli bo‘lganda o‘z va ko‘chma ma’nosi bilan o‘timli yoki o‘timsiz bo‘lishi mumkin: kitob o‘qiydi- o‘timli, kitobdan yoki maktada o‘qiydi – o‘timsizdir; b) fe’lning o‘timli yoki o‘timsizligi unga qo‘shilib keladigan morfologik vositalar orqali belgilanadi. Bunda nisbat yasovchi affikslar muhim ahamiyatga ega bo‘ladi: 1) orttirma nisbat affikslari o‘timsiz fe’lni o‘timliga aylantirishi mumkin: oq-oqiz, yur-yurgiz, kel-keltir, ishla-ishlat; 2) o‘zlik va majhullik nisbat affikslari esa o‘timli fe’lni o‘timsiz fe’lga aylantiradi: och-ochil, ko‘r-ko‘rin, tara-taran, tort-tortin. Ba’zan mustaqil fe’l tarkibida nisbat qo‘shimchalari ketma-ket qo‘shilib kelishi mumkin. Bunday holda fe’lning o‘timli yoki o‘timsizligi oxirgi nisbat yasovchi qo‘shimchaga qarab belgilanadi: kel-o‘timsiz, keltir-o‘timli, keltiril-o‘timsizdir.


Adabiyotlar ro'yxati

  1. I.A.Karimov. Barkamol avlod-O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent, 1997 yil

  2. U.Tursunov, N.Muxtorov, SH.Rahmatullayev. «Hozirgi o'zbek adabiy tili» 1992 yil

  3. A.Abduazizov. «O'zbek tili fonologiyasi va morfologiyasi» Toshkent, 1992 yil

  4. S.Rahimov, B.Umurqulov, «Hozirgi o'zbek-adabiy tili» Toshkent, 2001 y

  5. S.Rahimov, B.Umurqulov, «Hozirgi o'zbek adabiy tili» Toshkent, 2003 y

  6. SH. Shoabdurahmonov, M.Asqarova, A.Hojiyev. «Hozirgi o'zbek adabiy tili» II qism. Toshkent, «O'qituvchi» nashriyoti, 1980 yil

  7. A.G'ulomov, A.N. Tixonov, R. Kungurov. «O'zbek tilimorfem lug'ati» Toshkent, 1977 yil

  8. www.ziyonet.uz

Yüklə 118,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin