1.bozor yetakchisi;
2.yetakchilikka da’vogar;
3.lider;
4.ma’lum bozor qismiga ixtisoslashuv (mutaxassis nisher).
Bozorda egallab turgan raqobatli o‘rni va firmaning o‘z
imkoniyatlariga bog‘liq holda rahbariyat raqobatning birorta
strategiyasini afzal ko‘radi.
Turli raqobat pozitsiyalarida turgan holda firmalar, agar ular
o‘sishning aynan bir xil strategiyalarida, masalan, o‘sishning jamlangan
strategiyasida bo‘lishsa ham raqobatning turli xil strategiyasini tanlashadi.
O‘sishning jamlangan strategiyasida turgan bozor yetakchisining
strategiyasi himoya (mudofaa) va bozor ulushini oshirish muammolari
bilan bog‘liq.
O‘zining bozordagi yetakchilik pozitsiyasini mudofaa qila borib,
yetakchi:
jami mavjud tovarlar eskiradi, raqobatchilar o‘z tovarlarini yangilash harakatiga tushgunga qadar o‘z tovarlarini ma’nan eskirgan, deb bilib, avvalroq uni yangilashga o‘tish asosida innovatsiyalar strategiyasini qo‘llay boshlashi
imkoniyatli narxlarni asrab qolish va mahsulotlarni yangi o‘lchamlar, dizayn va markalar hisobiga yangilash yo‘li bilan bozordagiyetakchilik holatini saqlab qolishga imkon beruvchi mustahkamlash strategiyasidan foydalanishi;
tashlangan undov (chaqiriq)ga nisbatan tez javob harakatlarini ko‘zda tutuvchi qarama-qarshi zarbalar strategiyasini realizatsiya qilishi:
narxlarni sezilarli pasaytirishi, o‘z mahsulotini ilgari surish siyosatini kuchaytirish, raqobatchilarni tanqid qilishni tashkil etish, uning asosiy
ta’minotchilariga ta’sir o‘tkazishga urinib ko‘rish, uning asosiy
xodimlarini o‘ziga og‘dirishni boshlashi mumkin.
Bozor ulushini oshirish uchun kurash olib borish bilan yetakchi bozor
muhitiga undov (chaqiriq) tashlovchi strategiyani tanlaydi.
Yetakchilikka da’vogarlik strategiyasini o‘ziga yarasha kuchli, lekin
yetakchi pozitsiyasini egallamaydigan firmalar tanlaydilar. Bozor
muhitiga undov (chaqiriq) tashlay borib, bunday firmalar masalan,
jamlangan o‘sish strategiyasini qo‘llay borib, asosiy strategik maqsadi
boshqa firmalardan “jang bilan” yutib olish hisobiga bozorning
qo‘shimcha qismini “bosib olish” (bozor ulushini oshirish)ga intiladi. Bu
kurashni u yetakchi yoki ancha sustroq va mayda raqobatchilari bilan olib
boradi. Yetakchiga hujumni firma o‘zida aniq raqobat ustuvorligi mavjud
bo‘lsa, yetakchida esa firma raqobat kurashida foydalanishi mumkin
bo‘lgan kamchiliklar bo‘lgandagina boshlashi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |