Hujumning beshta strategiyasi bo‘lishi mumkin.
1.Yetakchiga ro‘paradan hujum “kuch-kuchga qarshi” prinsipi
bo‘yicha boradi, bunda yetakchilikka da’vogar yetakchining ojiz emas,
kuchli tomoniga hujum qiladi, bu bilan u o‘zini kuchli deb hisoblaydigan
va yetakchilik qiladiganni kutilmaganda yengishga urinadi. Bu “jang”da
odatda, kimning resurslari ko‘p bo‘lsa va kim kuchli ustuvorlikka ega
bo‘lsa, o‘sha g‘alaba qozonadi.
2.Yetakchiga yon tomonidan hujum uning ojiz yo‘nalishiga: yoki
yetakchi kuchli pozitsiyaga ega bo‘lmagan regionga yoki yetakchining
mahsuloti qoplay olmaydigan talabga nisbatan qilinadi.
3.Hamma yo‘nalish bo‘yicha hujum qilayotgan firmaning
yetakchi ishtirok etadigan hamma bozorlar va yetakchi chiqaradigan
mahsulotlarning hamma turlari bo‘yicha harakatlanishini ko‘zda tutadi.
4.Hujumkor firma yetakchiga aylanib o‘tib, bevosita hujumni
ko‘zda tutmaydi. Firma yangi bozor yaratadi, keyin unga yetakchini
“aldab” kiritadi va bu bozordagi ustuvorlikka ega bo‘lgach, uning ustidan
g‘alaba qozonadi. Masalan, o‘rnini bosuvchi mahsulot yaratish yoki yangi
geografik bozorlarni ochish.
Dostları ilə paylaş: |