Raqobat strategiyasini sistemali ko’rinishi
3.Korxona va marketing strategiyasi darajasidagi rejalashtirish jarayoni.
Savdo korxonasi va marketing strategiyasi darajasidagi rejalashtirish jarayoni
Marketing strategiyalarini bozordagi real sharoit bilan taqqoslash tahlili
Talab bilan bog‘liq tashqi marketing strategiyasida bozordagi vaziyat talab tavsifini yoki kompaniyaning ular bilan mos holda o‘zgartirishga yo‘naltirilgan strategiyalar qabul qilishini talab etadi.
Agar bozorda salbiy talab mavjud bo‘lsa (bozor firma taklifini rad etadi), konversion marketing strategiyasi talab etiladi. Strategiyalarning maqsadi – tovarlarni olib kirish va sotish, ushbu kompaniyaning tovari salbiy qabul qilinganda uni ijobiyga aylantirish uchun qulay sharoitlar yaratishdan iborat.
Tovar qiymatga ega emas, deb qabul qilinsa yoki bozor yangilikning paydo bo‘lishiga umuman tayyor bo‘lmasa, stimullovchi (rag‘batlantiruvchi) marketing talab qilinadi.
Potensial talab vaziyatida, ya’ni marketing tadqiqotlari jarayonida bu vaziyat aniqlansa, bozorda hali paydo bo‘lmagan yana bir tovar uchun talabni shakllantirish kerak. Kompaniya rivojlanayotgan marketing strategiyasini tanlaydi va talabni shakllantirish va uni potensialdan realga aylantirish uchun marketingning mos keluvchi kompleksini ishlab chiqadi. Bunday strategiya, masalan, mobil aloqaga talabni shakllantirish uchun foydalanilgan.
Agar talabning tushib ketayotgani kuzatilsa, talabning tushish sababiga bog‘liq bo‘lgan remarketing strategiyasidan foydalaniladi. Shu bois, amaliy harakat diapazoni tovar, narx, savdo yoki kommunikatsion siyosatga, yangi bozorlarni o‘zlashtirish yo‘li bilan tovarning hayot sikli uzaytirilgunga qadar harakatlarga o‘zgartirishlar kiritish bilan variatsiyalanishi (variantlarga ajratilishi) mumkin.
O‘zgaruvchan (doimiy bo‘lmagan, mavsumiy) talab sinxromarketing strategiyasi vositasi bilan tenglashtiriladi. Sinxromarketingning vazifasi – talabning holatini ishlab chiqarish imkoniyatlari va mahsulot chiqarish ritmiga (xizmatlar taklifi) mos holga keltirish. Masalan, muzqaymoqni qahvaxonalarga tarqatish yil davomida unga talab bo‘lishini ta’minlaydi. Ayrim xizmatlarga talabni tenglashtirishda iste’molchilarning qulay tanlangan motivatsiya usullari katta rol o‘ynashi mumkin. Agar talab xaridorning odatlari va an’analari bilan bog‘liq bo‘lsa, uning xarakterini o‘zgartirish ancha qiyin.
Agar talab taklifdan birmuncha yuqori bo‘lsa (haddan ortiq talab), ya’ni u kompaniya ishlab chiqarish imkoniyatlariga ko‘ra qondirila olmaydi yoki tovarning bir xilligini saqlab qolish xohlanganda savdoning rag‘batlantirilishini to‘xtatilishini, narx oshmasligi, reklamalarning qayta ko‘rib chiqilishini ko‘zda tutuvchi demarketing strategiyasi talab qilinadi.
Agar talabning holati kompaniyani to‘liq qondirsa, o‘zi uchun optimal darajada bo‘ladi, bunda saqlab turuvchi marketing kerak bo‘ladi. Bu strategiya talabning ushbu darajasini mikro va makromuhit o‘zgarishlariga javoban ham saqlab turuvchi choralarni o‘z vaqtida qo‘llashni ko‘zda tutuvchi strategiyadir (talablarning o‘zgarishida, yangi raqobatchilar paydo bo‘lishida).
Qarshi (teskari) harakat qiluvchi marketing strategiyasi irratsional (butun son bilan ham, kasr son bilan ham hisoblab bo‘lmaydigan) talabning pasayishiga yoki unga qarshi harakatlanishiga yo‘naltirilgan (masalan, sigaretga, spirtli ichimliklarga talab). Bu holatda firmaning kommunikatsion faoliyati sog‘lik uchun zararli yoki jamiyat uchun muvaffaqiyatli (oilalar) tovarlarni ko‘rsatishga yo‘naltirilgan. Shuningdek, mahsulotni inson organizmiga salbiy ta’sir etishini pasaytirish maqsadida ishlab chiqarishni modernizatsiyasi ham o‘tkazilishi mumkin.
Shunday qilib, firmaning tovar va bozor o‘rtasidagi balansini saqlab qolish zarurati aniq marketing maqsadlarini ilgari suradi va mos keluvchi marketing strategiyalarini talab qiladi.
Marketing strategiyalari, aytib o‘tilganidek, ma’lum omillar ta’sirida shakllanadi. Eng avvalo, marketing strategiyasini tanlash rahbarlarning tashkilotning ichki muhiti haqida ham, tashqi muhiti haqida ham chuqur tasavvurga ega bo‘lishini talab qiladi. Bunda ichki muhit tashkilotning kuchli va kuchsiz tomonlarini ochish uchun, tashqi muhitni esa tashkilot o‘z marketing maqsadlari va strategiyalarini aniqlashda hisobga olishi kerak bo‘lgan imkoniyatlar va xavflarni oldini olish uchun o‘rganiladi.
Dostları ilə paylaş: |