Diqqatni taqsimlash
Reja:
REJA:
1. Diqqat haqida tushuncha.
2. Diqqatning fiziologik asoslari.
3. Diqqat turlari: a) ixtiyorsiz diqqat
b) ixtiyoriy diqqat v) ixtiyoriydan so`nggi (muvofiqlashtirilgan) diqqat.
4. Diqqatning xarakterli xususiyatlari:
a) diqqatning kuchi va barqarorligi b) bo`linishi v) ko`lami g) taqsimlanishi.
5. Diqqatning rivojlanishi.
MAVZU BO`YICHA TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Ixtiyorsiz diqqat - rejasiz, maqsadsiz, iroda kuchisiz ongning biror ob`ektga to`planishi.
Ixtiyoriy diqqat - diqqat turi bo`lib, reja, maqsad, iroda kuchi bo`ladi.
Optimal qo`zg`alish o`chog`i - diqqatning fiziologik asosi
Ixtiyoriydan so`nggi diqqat - diqqat turi bo`lib, muvofiqlashtir- ilgan diqqat turi.
Kuchishi - diqqatning bir ob`ektdan ikkinchi ob`ektga ko`chishi.
Barqarorligi - diqqatning doimiyligi, turg`unligi, uzoq muddat.
Parishonxotirlik - diqqat xossasi bo`lib, asab tizimi charchaganda, shikastlanganda vujudga keladi.
DIQQAT TURLARI
Kishi faoliyatida diqqat bir necha turlarga bo`linadi:
1. Ixtiyorsiz diqqat;
2. Ixtiyoriy diqqat;
3. Muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqatlarga bo`linadi.
Diqqat psixik faoliyatning yo`naltirilishi va shaxs uchun ma`lum ahamiyatga ega bo`lgan ob`ekt ustida to`planishidan iborat bilish jarayonidir. Yo`naltirilish deganda, psixik faoliyatning tanlovchilik tabiati, ob`ektni ixtiyoriy va beixtiyoriy tanlash tushuniladi. O`quvchi maktabda o`qituvchi gapirayotgan gaplarni eshitib o`tirganda, u mana shu eshitib o`tirish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, uning diqqati ongli ravishda qo`zg`algan, shu maqsadga bo`ysundirilgan bo`ladi. O`quvchining biron boshqa narsaga chalg`imasdan o`quv materialining mazmuniga zehn qo`yib o`tirishida uning psixik faoliyatining yo`nalishi ifodalanadi.
Tabiiy diqqat o‘zida axborot yangiligi unsurini tashuvchi, u yoki bu tashqi va ichki rag‘batlarga nisbatan tanlab javob qaytarishning tug‘ma qobiliyati ko‘rinishida odamga tug‘ilishi bilanoq beriladi. Tabiiy diqqat faoliyatini ta’minlovchi asosiy mexanizm taxminiy refleks deb ataladi.
Ijtimoiy belgilangan diqqat hayot davomida ta’lim va tarbiya natijasida shakllanadi, hulq-atvorning iroda tomonidan boshqarilishi, ob’ektlarga tanlab ongli ravishda javob qaytarish bilan bog‘liq bo‘ladi.
Bevosita diqqat odamning ehtiyojlari va dolzarb qiziqishlariga mos keladigan va o‘zi yo‘naltirilgan ob’ektdan tashqari, hech bir narsa tomonidan boshqarilmaydi.
Bilvosita diqqat maxsus vositalar, masalan, imo-ishoralar, so‘zlar, ko‘rsatkich belgilar, jismlar yordamida boshqariladi.
Hissiy diqqat afzalligiga ko‘ra, hissiyotlar va his-tuyg‘u organlarining tanlab ta’sir ko‘rsatish faoliyati bilan bog‘liq.
Intellektual diqqat fikrning yo‘nalganligi va jamlanganligi bilan bog‘liq.
Diqqatning barqarorligi ma’lum vaqt davomida bir xil ob’ektda fikrni jamlay olishlik qobiliyatidan iborat.
Diqqatni jamlash ostida diqqatning jismda jamlanganlik jadalligi yoki darajasi tushuniladi. A.A. Uxtomskiyning fikriga ko‘ra, diqqatni jamlash bosh miya po‘stlog‘idagi kuchli qo‘zg‘alish o‘chog‘i faoliyatining xususiyati bilan bog‘liq.
Diqqatni taqsimlash ostida odamning bir vaqtning o‘zida bir necha faoliyatlarni bajarish qobiliyati tushuniladi. Hayotiy tajribaga ko‘ra, odam ongli psixik faoliyatning faqat bir turini bajara oladi, bir vaqtning o‘zida bir nechtasini bajarish sub’ektiv hissi esa ketma-ket tezlik bilan bir faoliyat turidan ikkinchisiga o‘tish oqibatida yuzaga keladi.
Diqqatning bo‘linishi – bu diqqatni bir ob’ektdan ikkinchisiga ongli va anglangan holda o‘tkazish. Bo‘linish bilan ikki turli yo‘nalishga ega bo‘lgan jarayonlar bog‘liq.
Diqqat hajmi – sub’ektning etarlicha aniqlik bilan bir vaqtning o‘zida qamrab olishi mumkin bo‘lgan ob’ektlar soni. Diqqat ob’ektining muhim va belgilovchi xususiyatlaridan biri, uning o‘qitishda va mashq bajarishda umuman o‘zgarmasligidir. iqdir, bular: diqqatni ishga tushirish va uzib qo‘yish.
Diqqat xususiyatlari:
1. Konsentratsiya
2. jild - diqqatni tortadigan bir hil ob'ektlar soni.
3.tarqatiladigan diqqat - odamning ongida bir vaqtning o'zida bir nechta heterojen ob'ektlarga ega bo'lish yoki bir vaqtning o'zida ko'plab operatsiyalardan iborat murakkab faoliyatni amalga oshirish qobiliyati.
4. chidamlilik e'tibor - diqqat konsentratsiyasi saqlanadigan vaqt.
5.almashtirish imkoniyati e'tibor - ba'zi sozlamalardan tezda o'chirish va o'zgartirilgan sharoitlarga mos keladigan yangilarini yoqish qobiliyati.
6.selektivlik e'tibor ongli maqsad bilan bog'liq bo'lgan ma'lumotni idrok etishni muvaffaqiyatli sozlash (aralashuv mavjud bo'lganda) imkoniyati bilan bog'liq.
7. chalg'ituvchanlik diqqat ixtiyoriy harakat va ob'ekt yoki faoliyatga qiziqishning etishmasligi natijasidir.
Diqqatning rivojlanishiga quyidagi omillar sezilarli ta'sir ko'rsatadi:
O'rganish ta'sirida rivojlanadigan nutq;
Kattalarning xatti-harakatlariga taqlid qilish;
Aqliy faoliyat.
Odamning diqqati bir qancha xususiyatlariga ega bo’lib, ulardan asosiylari-diqqatning bo’linuvchanligi va diqqatning ko’chuvchanligidan iboratdir. Diqqatning kuchi va barqarorligi deb odam o’z diqqatini biror narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi deb odam o’z diqqatini biror narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi. Diqqatning bo’linuvchanligi. Diqqatning bo’linishi deganda, biz ayni bir vaqtda diqqatimizni ikki yoki uch narsaga qaratilishini tushunamiz. Agar diqqatimiz faqat bitta narsaga qaratilgan bo’lsa, ya’ni diqqatimiz faqat bitta narsa ustida to’plangan bo’lsa buni konsentratsiyalashgan (to’plangan) diqqat deb yuritiladi. Buning aksicha, agar diqqatimiz ayni bir vaqtda bir necha narsaga qaratilgan bo’lsa, buni bo’lingan (taqsimlangan) diqqat deb yuritiladi.
Diqqatning bo’linishi har kimda har xil bo’ladi. Buning sababi shundaki, diqqatning yengillik bilan bo’linishi diqqatimiz qaratilgan narsalarning ilgaridan bizga qanchalik tanishligi bilan bog’liqdir.
Diqqatning ko’chuvchanligi. Odamning diqqati har doim bir narsada ikkinchi bir narsaga, bir faoliyatidan boshqa bir faoliyatiga ko’chib turadi. Diqqatning ana shunday xususiyatini diqqatning ko’chuvchanligi deb yuritiladi. Diqqatning ana shu yuqorida ko’rib o’tgan asosiy xususiyatlari odamning (shu jumladan bolalarning ham) barcha turdagi faoliyatlari uchun juda kerakli xususiyatlardir. Diqqatning ana shu xususiyatlari tufayli odam atrofidagi muhitga, undagi turli-tuman o’zgarishlarga tez moslasha oladi. Diqqatning bu asosiy xususiyatlari odamga tug’ma ravishda, ya’ni irsiy yo’l bilan berilmaydi. Bu xususiyatlar odamning yoshlik chog’idan boshlab turli faoliyatlar- o’yin, o’qish va mehnat faoliyatlari jarayonida tarkib topib boradi.
Diqqatning ko’lami.
Odamlar o’z diqqatlarining ko’lami jihatidan ham bir-birlaridan farq qiladilar. Ayrim odamlar diqqatining ko’lami keng bo’lsa, boshqa bir odamlar diqqatining ko’lami torroq bo’ladi. Diqqatning ko’lami ayni bir vaqtda odamning idrokiga sig’ishi mumkin bo’lgan narsalar miqdori bilan belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda, idrok qilish jarayonida diqqatimiz qaratilgan narsalardan qanchasini ongimizga sig’dira olishimiz diqqatning ko’lamini tashkil etadi. Diqqatning ko’lami odatda taxistoskop degan maxsus asbob bilan belgilanadi. Diqqat ko’lamining keng bo’lishi odamning turmush tajribasi va mashq bilan bog’liqdir.
Diqqatning barqarorligi bu diqqatni muayyan maqsadaga buysindirilgan faoliyatda uzoq vaqt markazlashtirib turilishidir. Diqqatning barqarorligi ishda umumiy maqsadga intiluvchanlik saqlangan holda ob’yektlar va faoliyat xarakterining almashinib turishini talab qiladi. Diqqat barqarorligini yuqorida ko’rsatib o’tilgan barcha shartlariga rioya qilish o’quvchilarning o’quv ishlari jarayonida chalg’ishlarini bartaraf qilish uchun juda muhimdir. Chalg’ish – diqqatning barqarorligiga qarama-qarshi bo’lgan holatdir. Bu diqqatning zarur faoliyatdan ixtiyorsiz ravishda chetga ogishi demakdir. Diqqatning barqarorligini uning ko’chuvchanligini va turlicha tebranishi bilan birgalikda o’rganish va tarbiyalash lozim. Diqqatning ko’chishi bu faoliyat maqsadining o’zgarishi bilan diqqatning bir ob’yektidan ikkinchisiga o’tishi demakdir. Masalan, dars davomida o’quvchilar o’qituvchining tushuntirishini eshitib turib, asta-sekin diqqatlarini masalani yechishga bir o’quvchi masalasini yechib turib, boshqasiga ko’chiradilar va xokazo. Diqqatning ko’chuvchanligi va chalg’ishini uning beqarorligi bilan chalkashtirish mumkin emas. Bir necha minut davomida diqqat bilan soatning chiqirlashini eshiting yoki tomir urishini sanab ko’ring biroz vaqtdan keyin diqqatiningiz bir necha chiqirlashni tushurib qoldiradi, ya’ni tebrana boshlaydi. Diqqatning tebranishi bu diqqatning muayyan ob’yektga yana qaytishi yoki kuchayishiga bog’liq holda vaqt-vaqti bilan qisqa muddatli chalg’ishi yoki bo’shashidir.
Dominanta tushunchasi fiziologiya faniga A. A. Uxtomskiy tomonidan kiritilgan. Uning isbotlashicha, D. orqa miyadan tortib to bosh nerv markazlarining ishlash prinsipini tashkil qiladi. Domiianta diqqatning fiziologik asosidir.
Dostları ilə paylaş: |