Reja: Urug`li o`simliklar



Yüklə 27,91 Kb.
səhifə3/5
tarix10.12.2023
ölçüsü27,91 Kb.
#139130
1   2   3   4   5
Yaproq urug’ o’simliklarining kelib chiqishi, evalutsiya va klasifikatsiyasi

GUL TOJISI-COROLLA


Gul tojisi toj barglardan (lepestki)tashkil topgan. Toj barglar ham bir - biri bilan birlashgan yoki birlash-magan bo`ladi. Mas. pechakgullilar oilasiga kiruvchi o`simliklarning toj barglari birlashib ketgan, butsimongullilar oilasida birlashmagan. Toj barglarning shakllari turlicha bo`ladi. Butgullilar oilasiga kiradigan o`simliklarning toj bargi butsimon, murakkabgullilar oilasiga kiradigan o`simliklarning gul tojisi voronkasimon, chuchmomagullilar oilasiga kiradigan o`simliklarning gul tojisi qo`ng`iroqsimon, labgullilar oilasiga kiradigan o`simliklarning gul tojisi labsimon, dukkaklilar hamda binafshagullilar oilasida gul tojisi kapalaksimon. Gul toji har xil rangda bo`ladi. Gul tojisining xar xil rangga bo`yalishi xujayra shirasidagi antotsian,antoxlor pigmentlari hamda xromoplastdagi karotin va ksantofil pigmentlariga bog`liq. Antotsian, hujayra shirasining nordonlik yoki ishqoriy bo`lishiga qarab har xil rang beradi: Oq va qora rang beruvchi pigment bo`lmaydi. Antotsian qizil, ko`k, binafsha ranglar, antoxlor va ksantofil sariqrang beradi. Karotin qizg`ish rang beradi. Gullarning oq bo`lishi quyosh nurining qaytarilishiga bog`liq. Qoramtir rang esa to`q qizil va to`q ko`k rangda hosil bo`ladi. Ba`zan toj barglarning rangi o`zgarishi ham mumkin. Mas. Paxtaning gul tojisi avval sariq, so`ngra pushti rangga bo`yaladi. Gulning tojisi o`z xidi va rangi bilan xasharotlarni o`ziga jalb etadi. Xasharotlar esa o`simliklarni changlatadi. Kosacha va toj barglar gulning o`rnida doira bo`yicha to`g`ri joylashgan bo`lsa, to`g`ri gul-aktinomorf deyiladi. To`g`ri gulni bir necha barobar bo`laklarga bo`lish mumkin. Qiyshiq gulni esa, faqat 1 marta teng bo`lakka bo`lish (ajratish) mumkin.
To`g`ri gulni polisimmetrik, qiyshiq gulni esa monosimmetrik deb ham yuritiladi. Ba`zi o`simliklarning guli barobar qismlarga 1 marta ham bo`linmaydi. Mas. Valeriana. Bunday gullarni asimmetrik gul deb yuritiladi. Kosacha va toj barglar gulning eng kerakli qismi xisoblanadi. Gul qo`rg`oni bo`lmasligi ham mumkin. Mas. qiyoq o`t, tol, terak, g`alladonli o`simliklar. Gulning eng kerakli va ahamiyatli qismi otalik va onaliklaridir.
Otaligi-Tыchinki
Otaligi 3 qismdan iborat:
Otalik ipi, changdon chang. Otaliklar ham bir biri bilan birlashgan yoki birlashmagan bo`ladi. Mas. Murakkabgullilar oilasiga kiradigan o`simliklarning otaliklari xatto changdonlari bilan bir-biriga yopishib ketgan. Dukkaklilar, gulxayrisimonlilar oilasiga kiradigan o`simliklarning otaliklari iplari bilan bir-biriga yopishgan. Gulxayrisimongullilar oilasiga kiradigan o`simliklarning otaligi juda ko`p bo`lib, otaliklarning hammasi bir-biri bilan yopishib ketgan. Bunday otalik-larni "bir guruxli" (odnobratstvennыye) deyiladi.
Dukkakliklar oilasida otaligi 10 ta bo`lib, shundan 9 tasi bir-biri bilan birlashgan, 1 tasi birlashmagan. Bunday otaliklarni "ikki guruxli deyiladi". (dvubratstvennыye). Lipa daraxtining otaligi "ko`p guruxli" (mnogobratstvennыye)
Onaligi-pestik.
Onalik 3 qismdan tashkil topgan.
Onalikning pastki kengaygan qismi-onalik tuguni-zavyaz Tugundan onalik ustuni-stolbik o`sib chiqadi.
Onalik ustuning yuqori tomonida og`izcha-rыlsa bo`ladi. Ba`zi o`simliklarning onalik ustunchasi bo`lmaydi. Mas. ko`knorida. Bunda onalik og`izchasi tugunchaga yopishgan bo`ladi. Onalik tugundan esa meva xosil bo`ladi. Shuning uchun mevaning ichida urug` bo`ladi. Onalik tuguni 1,2,3 yoki ko`p xonalik bo`lishi mumkin. Gulda onaliklar ko`p bo`lib, birlashmagan bo`lsa, apokarp, birlashib ketgan bo`lsa, senokarp deyiladi. Mas. ayiqtovon, qulupnay o`simliklarining onaligi apokarp:lola,gulsafsarda senokarp.
O`simlik gullarida ham otalik, ham onaliklari bo`ladi. Bunday 2 jinslilar -oboyepolыye deyiladi. Gulda otalik yoki faqat onaligi bo`lsa, bir jinsli-odnopolыy deyiladi. Bir jinsli gullar bitta o`simlikda bo`lsa, buni bir uyli-odnodomniy o`simlik deyiladi. Mas: jo`xori, oshqovoq, qarag`ay. Agar otalik gullar bir o`simlikda, onaliklari esa 2-bir o`simlikda bo`lsa, buni 2 uyli o`simlik-dvuxdomnыy o`simlik deyiladi. Mas. Tol, nasha ba`zi o`simliklar 3 uyli-tryoxdomnыy ham bo`ladi. Bularda 1-sida otalik gul, 2-sida onalik gul, 3-sida ham otalik, ham onalik bo`ladi. 3 uyli o`simliklarga chinni gullilar oilasiga kiruvchi o`simliklar misol. Agar bir o`simlikda ham otalik ham onalik guli, hamda 2 jinsli guli bo`lsa, bunday o`simliklarni poligam o`simliklar deyiladi. Mas. qovun, kungaboqar va boshqalar. Gulning qismlari gul o`rnida doira bo`ylab joylashgan bo`lsa, siklik, agar gul qismlari gul o`rnida baland-past joylashgan bo`lsa, atsiklik gul-spiral gul deyiladi. Gulning kosachasi va toj barglari doira bo`ylab joylashib, faqat otalik va onaliklari bilan baland - past joylashgan bo`lsa, yarim spiral-gemetsiklik gul deyiladi. Doira bo`ylab joylashgan gulga lola, spiral gulga magnoliya, gametsiklik gulga ayiqtovon misol bo`ladi.
Changdondan chiqqan chang donachalarining urug`chining tumshuqchasiga tushushiga changlanish deb ataladi. O`simliklar olamida o`zidan changlanish va chetdan changlanishi mavjud. Bitta gulning changi aynan shu gul urug`chisining tumshuqchasiga kelib tushushiga o`zidan changlanish deyiladi. O`zidan changlanuvchi o`simliklarning guli odatda ko`rimsiz va xidsiz bo`ladi. O`zidan changlanish salbiy xodisa xisoblanadi.
Bir o`simlikning chang donachalarini boshqa o`simlik urug`chisining tumshuqchasiga tushishi chetdan changlanish deyiladi.
O`simliklarning chetdan changlanishda shamol va xashorotlar yordamida changlanish muhim rol o`ynaydi. Chetdan changlanish ijobiy hisoblanadi. Shamol yordamida changlanishga anemofiliya (yunon: «anenos» -shamol, «fileo» -hohlamoq) deyiladi. Bunga yong`oq, terak, makkajo`xori, eman, kanop va qand lavlagilarning changlanishni misol qilishimiz mumkin. Bunday gullar mayda va changlari yengil bo`lib, uzoq joylarga tarqalishi mumkin (2 ming km gacha).
O`simliklarning xashorotlar yordamida changlanishi entomofiliya (yunon. «entomon» - xashorot, «fileo» - sevaman) deb ataladi. Bunday gullar yirik, tojbargi uzoqdan ko`zga tashlanadigan, nektarlari esa sershira suyuqlik chiqaradi.

Yüklə 27,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin