Reja: Xalqaro moliya institutlarining zarurligi va turlari. Xalqaro valyuta fondi. Jahon banki guruhi


YeTTB o‘z faoliyati doirasida quyidagilarni amalga oshiradi



Yüklə 25,77 Kb.
səhifə3/4
tarix27.05.2022
ölçüsü25,77 Kb.
#116325
1   2   3   4
Xalqaro moliya kredit tashkilotlarining vujudga kelishi

YeTTB o‘z faoliyati doirasida quyidagilarni amalga oshiradi:
rivojlangan mamlakatlarda qabul qilingan bank ishi standartlari asosida moslanuvchan kreditlash uchun turli xil instrumentlardan foydalanadi;
xususiy sektor tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydigan sektorlar bo‘yicha ko‘zda tutilgan va tutilmagan operatsiyalar strategiyasidagi vazifalarni amalga oshirishni o‘zida mujassamlashtiradi;
xususiy investorlar, ularning maslahatchilari va tijorat banklari bilan hamkorlik qiladi;
hukumat bilan rivojlanishning uzoq muddatli rejalarini amalga oshirishda hamkorlik qiladi;
xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari bilan o‘zaro harakatlarni bajaradi;
davlatlararo va mintaqaviy manfaatlardan kelib chiqqan holda ishlaydi;
atrof-muhitni saqlashni va yaxshilashni ta’minlashga harakat qiladi.
Yevropa ittifoqi, Yevropa investitsiya banki a’zo mamlakatlari va Yevropa ittifoqining o‘zi YeTTB nizom kapitalida 51% kvotasiga egadirlar.
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari – 13%, qolgan Yevropa mamlakatlari – 11%, noyevropa mamlakatlari –24%. Kapitalda ko‘proq hissa bilan AQSh – 10%, Italiya, GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya va Yaponiya 8,5%dan. Nizom kapitalining o‘lchami har 5 yilda bir marta ko‘rib chiqiladi YeTTB eksport kreditlar bo‘yicha kafolatlar bermaydi va sug‘urtalash
bilan shug‘ullanmaydi. Shuningdek YeTTB quyidagi faoliyat turlarini moliyalashtirmaydi:
1. Mudofaa sanoati.
2. Tamaki sanoati.
3. Xalqaro huquqiy me’yorlarda taqiqlangan vositalarni ishlab
chiqarish.
4. Qimor biznesi.
5. Atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishlar va
jarayonlar.
Bank takdim etadigan kreditining eng kam mikdori 5 mln. yevroni tashkil etadi. Foiz stavkalari asosiy bozor stavkasi (odatda, LIBOR) va marjadan tashkil topadi. Kreditlar bo‘yicha foiz suzib yuruvchi (svop operatsiyalarini qo‘llagan xolda) yoki kat’iy stavkalarda belgilanadi. Marja miqdori kredit shartlaridan kelib chikadi.Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) - Osiyo va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarining rivojlanish loyihalari uchun uzoq muddatga kredit ajratish bilan shug‘ullanadigan yirik davlatlararo moliya institutlaridan biri hisoblanadi. Osiyo Taraqqiyot Banki 1966 yilning 22 avgustida 15 ta mamlakat tomonidan shartnoma imzolanishi bilan tashkil etilgan. Bank o‘zining o‘z kredit faoliyatini 1966 yil 19 dekabrda boshladi.
Osiyo taraqqiyot bankini tuzishdan maqsad - Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga yordam berishdan iborat. Bugungi kunda OTBga 67 ta a’zo davlat Osiyo, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari, shuningdek, Yevropa va Amerikaning sanoati rivojlangan 19 ta davlati hisoblanib, OTB vakillari har yili ushbu tashkilotga a’zo va faol rivojlanayotgan davlatlarning birida OTB Boshqaruvi, ushbu mamlakatning moliya vazirligi va markaziy banki rahbarlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazadi.

Yüklə 25,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin