Reja: Xalqaro moliya institutlarining zarurligi va turlari. Xalqaro valyuta fondi. Jahon banki guruhi


Jahon banki guruhiga kiruvchi tashkilotlar: tashkil topishi, maqsadi, boshqaruv tizimi, resurslari va aktiv operatsiyalari. Mintaqaviy rivojlanish banklari



Yüklə 25,77 Kb.
səhifə2/4
tarix27.05.2022
ölçüsü25,77 Kb.
#116325
1   2   3   4
Xalqaro moliya kredit tashkilotlarining vujudga kelishi

Jahon banki guruhiga kiruvchi tashkilotlar: tashkil topishi, maqsadi, boshqaruv tizimi, resurslari va aktiv operatsiyalari. Mintaqaviy rivojlanish banklari.
Mintakaviy rivojlanish banklari.Jahon banki – 190dan ortiq rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatuvchi xalqaro moliya tashkilotidir. Jahon bankining bosh maqsadi – iqtisodiy o‘sish davrini boshdan kechirayotgan rivojlanayotgan mamlakatlarni kreditlash yo‘li bilan kambag‘allik darajasini pasaytirish hisoblanadi. Kreditlar ushbu davlatdagi iqtisodiy o‘sishni jadallashtirishga hamda fuqarolarning hayot darajasini yaxshilanishiga imkon tug‘diradi. Hozirgi davrda Jahon banki ming yillik Deklaratsiyasiga muvofiq o‘z faoliyatining asosiy vazifalarini belgilab olgan. Ming yillikdagi rivojlanish maqsadlariga 2025 yilgacha erishish lozim bo‘lib, u o‘z ichiga quyidagilarni olgan:
– kambag‘allik va ochlikga barham berish;
– umumiy boshlang‘ich ta’limni ta’minlash;
– bolalar o‘limini qisqartirish;
– onalik muhofazasini yaxshilash;
– VICh/SPID, malariya (bezgak) va boshqa kasalliklarga qarshi kurashish;
– atrof-muhitning barqaror rivojlanishini ta’minlash;
– rivojlanish maqsadlarida global xamkorlikni shakllantirish.
Jahon bankining Xalqaro valyuta fondidan farqi shundaki, Jahon banki faqatgina rivojlanayotgan mamlakatlarga uzoq muddatli yordam ko‘rsatadi, XVF faoliyati esa mamlakatdagi vaqtinchalik moliyaviy inqirozni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan jahon banki BMTning ixtisoslashtirilgan moliya instituti sifatida strategik vazifalarni bajarish uchun eng qulay vositachi sifatida xizmat qilishga mo‘ljallangandir, ya’ni barcha a’zo mamlakatlarning iqtisodiyotini jahon xo‘jaligi tizimi asosiy markazlari bilan integratsiya qilishdir.2014 yilda Jahon banki tomonidan kreditlashning yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimotini ko‘radigan bo‘lsak, jami 40,8 mlrd. AQSh dollari ajratilganbo‘lab 2013 yilga nisbatan 29,5 foizga oshgan, jumladan, 18,6 mlrd.dollar XTTB zayyomlari shaklida, hamda 22,2 mlrd. dollar XRA tomonidan ajratilgan. Shundan yuqori ulushni ya’ni jamiga nisbatan 19,5 foizni moliyaviy va xususiy sektorni rivojlantirishga ajratilgan kreditlar egallagan. Shuningdek, ulushiga ko‘ra keyingi o‘rinlarni qishloq joylarini rivojlantirish va davlat sektorini boshqarishga ajratilgan kreditlar egallagan.
2014 yilda XTTB tomonidan 38 ta mamlakatda 95 ta yangi operatsiyalar amalga oshirilgan, XRA tomonidan esa, 49 ta mamlakatda 249 ta yangi loyihalar amalga oshirilgan.
“Jahon banki” atamasi tarkiban Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (International Bank for Reconstruction and Development) va Xalqaro rivojlanish “Jahon banki guruhi” atamasi esa, 5 ta tashkilotni, xususan, XTTB, XRA, Xalqaro moliya korporatsiyasi (International Financial Corporation), Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlik (Multilateral Investment Guarantee Agency), Xalqaro investitsion bahslarni tartibga solish markazini (International Center for Settlement of Investment Disputes) o‘z ichiga oladi.Jahon bankining asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:
- rivojlanayotgan mamlakatlarga investitsiya faoliyati;
- iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahat va tahliliy faoliyat;
- amalga oshiriladigan dasturlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar tarkibi
va tuzilmasini muntazam to‘g‘irlab borish;
- boy va qashshoq mamlakatlar o‘rtasida resurslarni taqsimlashda vositachilik qilish.
Har uch yilda Jahon banki guruhi tomonidan “Jahon banki guruhi faoliyatining strategiyasi” nomli hujjat ishlab chiqiladi, ushbu hujjatdan mamlakatlar bilan bo‘ladigan xamkorlikda foydalaniladi. Strategiyaga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish xususiyatlari va kambag‘allik muammolarini hal qilish bo‘yicha dastur hamda loyihalar kiritiladi.
O‘zining faoliyati bo‘yicha Jahon banki ma’lum tamoyillarga amal qiladi, jumladan:
- rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy o‘sishiga yordam beruvchi samarali kapital qo‘yilmalar uchun resurslar ajratish;
- resurslar qaytishi ehtimolligi darajasini hisobga olgan holda iqtisodiy mulohazalardan kelib chiqib investitsion qarorlar qabul qilish;
- bitta ishtirokchi mamlakat doirasida berilgan resurslarni ishlatishga cheklovlarning mavjud emasligi;
- xodimlar faoliyatining boshqa sub’ektlarga, jumladan, mamlakatlar xukumatiga emas balki faqatgina bank manfaatlariga yo‘naltirilganligi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun Jahon banki tashkilotlari guruhi dunyodagi yirik moliyaviy mablag‘lar manbalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
U o‘zining moliyaviy resurlarini kambag‘al mamlakatlardagi kambag‘allik darajasini pasaytirish hamda iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish, shuningdek, xayot sifatini yaxshilashga sarflaydi.Yuqorida qayd etilgan tashkilotlarning faoliyatini quyidagi ma’lumotlar asosida ko‘rib chiqamiz.

4. Yevropa ta’minlash va taraqqiyot banki: tashkil topishi, maksadi, boshkaruv tizimi, resurslari va aktiv operatsiyalari. Osiyo tarakkiyot banki: tashkil topishi, maksadi, boshkaruv tizimi, resurslari va aktiv operatsiyalari. Islom tarakkiyot banki: tashkil topishi, maksadi, boshkaruv tizimi, resurslari va aktiv operatsiyalari. Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot banki (YeTTB) 1990 yilda Londonda tashkil qilingan. YeTTBning asosiy maqsadi – Markaziy va Sharqiy
Yevropaning sobiq sotsialistik tuzumda bo‘lgan mamlakatlarini bozor iqtisodiyotiga o‘tishiga yordam berishdan iborat. YeTTB faqatgina aniq doiradagi loyihalarni kreditlaydi. YeTTB resurslari XTTBga o‘xshashlik bo‘yicha shakllanadi.YeTTB ishlab chiqarishni (loyihalarni moliyalashtirishni o‘z ichiga olgan holda), infratuzilmani taraqqiy ettirish va qayta tiklashga texnik yordam ko‘rsatishni (ekologik dasturlarni o‘z ichiga olgan holda), aksionerlik kapitaliga investitsiyalari, ayniqsa xususiylashtirilayotgan korxonalarni kreditlashga ixtisoslashgan. Shu bilan birgalikda YeTTBning asosiy diqqati kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Boshqa xalqaro moliya institutlari singari YeTTB aniq maqsadli investitsiyalarni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda maslahat berish xizmatini ko‘rsatadi. YeTTBning bitta strategik vazifasi – davlat korxonalarini xususiylashtirishni qo‘llab-quvvatlash, ularni modernizatsiyalash va tuzilmaviy qayta qurish, shuningdek ushbu masalalar bo‘yicha maslahatlar berishdan iborat.
Bank o‘z a’zolariga, tuzilmaviy va tarmoq iqtisodini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirishni isloh qilish, bu bilan mamlakatlarni jahon iqtisodiy hamjamiyatiga uyg‘unlashuviga ko‘maklashadi.
YeTTBning ta’sischilari bo‘lib 40 mamlakat – Albaniyadan tashqari hamma Yevropa mamlakatlari, AQSh, Kanada, Meksika, Marokko, Misr, Isroil, Yaponiya, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Janubiy Koreya, shuningdek, YeIK va Yevropa Investitsiya Banki hisoblanadi.
YeTTB kreditlarining muddati odatda 5-10 yilni kreditning minimal miqdori esa 5 mln. yevroni tashkil etadi. Agar loyiha mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lsa bank kamroq miqdorda ham kredit berishi mumkin.
Kreditlash hoxlagan erkin almashinuvchi valyutada amalga oshiriladi, amalda ko‘proq AQSh dollari va Yevrodan foydalaniladi. Loyihani moliyalashtirish uning qiymatini 35%dan ko‘p bo‘lmagan miqdorini tashkil etadi. YeTTB tijorat asosida faoliyat ko‘rsatadi va o‘zining kreditlarini risklarni hisobga olgan holda bozor stavkalari bo‘yicha beradi. Tartibga ko‘ra tijorat korxonalarini kreditlashda bank mablag‘larni qaytarishga doir hukumat kafolatini talab etmaydi, lekin bunday hollarda odatda loyiha aktivlari (masalan, garovga oid asosiy fondlar, garovga oid mol-mulk va boshq.) bilan kreditning garov ta’minoti qo‘llaniladi. Kreditlar qa’tiy belgilangan yoki suzub yuruvchi stavkalar bo‘yicha bo‘lishi mumkin, shuningdek, xedjirlashning turli instrumentlaridan ham foydalaniladi.

Yüklə 25,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin