Reja: Zamonaviy operatsion tizimlar



Yüklə 31,01 Kb.
səhifə1/2
tarix13.12.2023
ölçüsü31,01 Kb.
#140410
  1   2
2 Zamonaviy operatsion tizimlar. Tizimli va amaliy dasturlar. Drayverlar. Utilit dasturlar.


Zamonaviy operatsion tizimlar. Tizimli va amaliy dasturlar. Drayverlar. Utilit dasturlar.
REJA:

  1. Zamonaviy operatsion tizimlar.

  2. Utilit dasturlar.

  3. Tizimli va amaliy dasturlar.

OT asosiy vazifasi – foydalanuvchiga qulay interfeys yaratishdir. OT maxsus dastur va mikrodasturlardan iborat bo’lib, ular apparaturadan foydalanish imkonini ta’minlaydi.
Bu OT lar matnlar bilan, elektron jadvallar bilan, internetga murojatda va x.k.lar uchun foydalaniladi. Bunga misol Windows, Linux, Unix, Macintosh va x.k. OTlardir.
OT foydalanuvchidan (yoki tizim operatoridan) ma’lum tilda tuzilgan komanda yoki topshiriqlarni qabul qiladi ish va ularga ishlov beradi. Topshiriqlar operatorlar, matn ko’rsatmalari (direktivalar) yoki monipulyator (m-n sichqoncha yordamida) bajariladigan ko’rsatmalar yordamida beriladi. Bu komandalar, avvalambor, dasturlarni ishga tushirish (to’xtatish, to’xtatib turish) bilan bog’liqdir, fayllar ustidagi amallar (joriy katalogda fayllar ro’yxatini olish, u yoki bu faylni yaratish, nomini o’zgartirish, nusxasini olish, joyini o’zgartirish va x.k.) bilan bog’liqdir, umuman olganda boshqa komandalar ham mavjuddir;

  • ijro qilinishi kerak bo’lgan dasturlarni operativ xotiraga yuklash;

  • xotirani boshqarish, aksari barcha zamonaviy tizimlarda esa virtual xotirani tashkil etish;

  • barcha datsur va ma’lumotlarni identifikatsiya qilish;

  • dasturlarni ishga tushirish (unga boshqaruvni uzatish, natijada protsessor dasturni boshqaradi);

  • bajarilayapgan ilovalardan kelayapgan turli so’rovnomalarni qabul qilish va bajarish. OT juda ko’p sonli tizimli funktsiyalarni (servislarni) bajara olishi mumkin, ular bajarilayapgan ilovalardan so’ralishi mumkin. Bu servislarga murojaatlar ma’lum qoidalarga mos ravishda amalga oshirilishi mumkin, bu esa o’z navbatida bu OTning amaliy dasturlash interfeysini aniqlaydi (Application Program Interface, API);

  • barcha kiritish-chiqarish amallariga xizmat qiladi;

  • fayllarni boqsharish tizimlari (FBT) ishini va ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) ishini ta’minlash, bu esa o’z navbatida butun dasturiy ta’minot samarasini keskin ravishda oshiradi;

  • multidasturlash rejimi, ta’minlash, ya’ni bitta yoki bir nechta dasturlarni bitta protsessorda parallel bajarilishni tashkil etish-bu esa ularni bir vaqtda bajarilishi tasavvurini hosil qiladi;

  • berilgan xizmat qilish distsiplinalari va strategiyalariga asosan masalalarni rejalashtirish va dispecherlashtirish;

  • bajarilayotgan dasturlar orasida ma’lumotlar va ma’lumotlar almashish mexanizmini tashkil etish;

  • tarmoq OT lari uchun, bog’langan kompyuterlar orasidagi muloqotni ta’minlash funktsiyasidir;

  • bitta dasturni boshqa dastur ta’siridan himoya qilish, ma’lumotlarni saqlanishini ta’minlash, operatsion tizimni o’zini kompyuterda bajarilayotgan ilovalardan himoyalash;

  • foydalanuvchilarni autentifikatsiya va mualliflashtirish(ko’pgina dialogli OT uchun). Autentifikatsiya – foydalanuvchi nomi va parolini qayd yozuvidagi qiymatga mosligini tekshirish. Agar foydalanuvchi kirish nomi (login) va uning paroli mos kelsa, demak u o’sha foydalanuvchidir. Avtorlashtirish (mualliflashtirish) degani, autentifikatsiyadan o’tgan foydalanuvchiga ma’lum huquq va imtiyozlar berilib, u kompyuterda nima qila olishi mumkin yoki nima qila olmasligini aniqlaydi;

  • real vaqt rejimida javob berish vaqti qat’iy chegaralirini qondiradi;

  • foydalanuvchilar o’z dasturlarini ishlab chiqishda foydalanadigan dasturlash tizimi ishini ta’minlash;

  • tizimni qisman ishdan chiqishi holatida xizmat ko’rsatish;

Windows oynalar degan ma’noni anglatadi. Windows operatsion tizimi Microsoft firmasining dasturiy maxsuloti bo’lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo’lmagan komp’yuterdan foydalanuvchilar uchun mo’ljallangandir.
Windowsni yaratishdan maqsad – kompyuterdan foydalanishni iloji boricha soddalashtirish, o’rganish uchun osonlashtirish, foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratishdir.
Dastavval bu OS ning bir necha versiyalari ishlab chiqarilgan. Uning birinchi versiyasi 1985 yil dunyoga kelgan.
Windows 3.1 versiyasi – operatsion qobiq sifatida, DOS muhitiga moslashtirilgan. O’sha davrda bu sistema katta imkoniyatlarga ega bo’lib, foydalanuvchi va dasturchilarga qulayligi bilan taqdim etilgan.
Ularning keng miqdorda tarqalishi IBM PC kompyuterlarning, standarti bo’lib qoldi. Shuning uchun keyingi ishlab chiqariladigan barcha resurslar va dasturlar, aynan Windows muhitida ishlash uchun mo’ljallangan.
Windows operatsion tizimi o’zining qulay va namunaviy interfeysi bilan barcha foydalanuvchilarni lol qoldirib kelgan. Albatta ishlab chiqaradigan amaliy dasturlar Windows talablarini qondira olishi e’tirof etilgan.
Shunday qilib, bunday dasturlar Windows muhitisiz biror bir amalni bajara olmagan. Shuning uchun ham ularni Windows dasturlari yoki Windows ostidagi dasturlar deb ataymiz.
Windows qanday dunyoga kelgan. Yuqoridagilarni o’qib turib, MS DOS muhitidan voz kechish kerak degan ma’noni bermaydi.
Chunki MS DOS muhitida ishlaydigan o’n minglab yuqori sifatli dasturlar mavjud. Ularning ko’pchiligi bejirim grafikaga va interfeysga ega.
Shunday qilib MS DOS yaratuvchilari, amaliy dasturchilarni muloqotli interfeysni yaratish,maqsadida quruq kompyuter bilan qarshi qo’yishadi. Natijada ayrim bir dasturchilar mustaqil ravishda yangi muhit ustida tajribalar amalga oshrishardi, boshqalari esa tayyor dasturlar kutubxonasida o’zlarini band qilishdi.
Shu vaqtning o’zida Apple firmasining Macintosh kompyuterlari uchun ahvol o’zgacha edi. Uning operatsion tizimi o’zining namunaviy va grafik interfeysini o’zlashtirilishining soddaligi bilan ajralib turar edi.
Amaliy dasturlar esa-tashqi qurilmalar bilan bog’liqligi va muloqotli interfeysi bilan keng foydalana boshlandi.
Microsoft firmasi Apple firmasidan operatsion sistemasidan foydalanish uchun lisenziyani berishni bir necha marta so’radi, evaziga esa rad javobini olish bilan chegaralangan xolos. Bu operatsion sistema IBM PC tipli kompyuterlarda ishlatilishi kerak edi. Rad javobini olgan Microsoft firmasi o’zining Windows grafik operatsion sistemasini yaratish ustida ish olib bordi va natijada 1985 yil Windows muhitini yorug’likka chiqardi.
1987-1989 yillar oralig’ida Microsoft firmasi tomonidan har tomonlama qulay bo’lgan Windows muhitida ishlaydigan bir qancha dasturlarni ishlab chiqdi. Bularga misol qilib: Microsoft Word, Exsel, Aldus Page Maker va h.k
1990 yilda ishlab chiqarilgan Windowsning 3.0 versiyasi IBM PC komponentlari uchun standart sifatida qo’llanila boshlandi.
1995 yil avgust oyida jahon bozorida Windowds 95 versiyasi paydo bo’ldi. U sensatsion o’zgartirishlarni amalga oshirdi. Millionlab DOS va Windows 3.1 operatsion qobig’I foydalanuvchilari orasida operatsion tizimlar revolyusiyasi sodir bo’ldi. Ular ishda oddiy, lekin yuqori quvvatli imkoniyat hamda grafikli interfeysga ega.
Sistema ishonchli va stabil hisoblandi. Operatsion sistemalar orasida revolyutsiya emas, evolyutsiyani boshdan kechirgan. Windows 98 versiyasi 1998 yilda paydo bo’ldi. Uning Windows 95 dan farqli tomoni o’rganilmagan yoki notanish bo’lgan imkoniyatlari foydalanuvchilarga juda maqul bo’lgan muammolarni tug’dirdi.
“Microsoft” korporatsiyasi 26-oktabr kuni o‘zining yangi “Windows 8” operatsion tizimini rasmiy ravishda namoyish qildi. Ushbu operatsion tizimni ishlab chiqish uchun bir necha yil ketdi. Kompaniya oxirgi marta 2009-yilda “Windows 7” operatsion tizimini chiqargan edi, undan keying yillarda esa “Windows 8” operatsion tizimi ishlab chiqarildi.
Yangi operatsion tizim chakana savdoga ikki xil versiyada chiqariladi: “Windows 8” va “Windows 8 Pro”. Ularning bir-biridan farqi shuki, “Windows 8 Pro” versiyasi ko‘proq malakali foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan.
WINDOWS- operatsion tizim (OT) bo`lib, yukori darajadagi ishonchliligi, yaxshilangan bezagi, o`z-o`zini rivojlantirish uchun maxsus vositalari mavjudligi bilan ajralib turadi. WINDOWS- grafik maxsulotning ko`rinishi, tovush va zamonaviy texnologiyalari bo`yicha yaratilgan multimedia ilovalarini qo`llash imkoniyatlarini yaxshilaydi .
3.Windows mustaqil operatsion tizim sifatida quyidagi afzalliklarga ega:

  • o’zlashtirishda nihoyatda oddiy;

  • imkoniyatlaridan foydalanish ko’lami juda keng;

  • yuqori samaradorlikka ega ;

  • siz atiga bitta dasturiy maxsulotni xarid qilib, qator muxim imkoniyatlarni qo’lga kiritadi: universal tarmoq mijoziga aylanadi , electron

pochtadan foydalana oladi, multimedia vositalaridan baxra oladi va xakozolar.
Windowsning bazi imkoniyatlari quyidagilardi:
Universal grafika –Windows dasturini qurilmalarga va dastur ta’minotiga bog’liqsizligini ta’minlaydi .
Yagona interfeys – Windowsdan foydalanuvchining muloqoti yagona , yani turli dasturlar bilan ishlash qoidalari umumiydir . Shuning uchun yangi dasturlar bilan ishlaganda bu qoidalardan foydalanishimiz mumkin.
Mavjud dastur ta’minoti bilan muvofiqligi – Windows MS DOS ning barcha amaliy paketlari, muharrirlari, elektron jadvallari ishini ta’minlaydi.
Ko’p masalaligi – Windows bir paytning o’zida bir necha xujjat bilan ishlaydi, bir dasturdan boshqasiga o’tishni ta’minlaydi.
Ish stolida quyidagi elementlar joylashgan bo`lishi mumkin:

  • tizimning va foydalanuvchining papkalari;

  • hujjat va dastur fayllari;

  • qurilmalar, papkalar va fayllar uchun yorliqlar.



Diagnostik utilitlar
Diagnostik dasturlar, kompyuterni tekshirishga moljallangan. Uning yordamida, vaqtida bartaraf etilmagan muammolarni yechish mumkin. Diagnostik utilitni ishga tushirish uchun kompyuter diskdan yoki qattiq diskdan yuklanish lozim.
Uskunalar ishidan kelib chiqgan Нерегулярные muammolar. Aniq, masalan, kompyuterga o‘rnatilgan plata qizib ketgan hollarda aytib o‘tilgan muammolar kelib chiqadi. Bu muammolarni aniqlash uchun diagnostik dasturni uzoq vaqtga yuritib qo‘yish kerak bo‘ladi, masalan, bir kechaga.
Butun kompyuterni, disklarni va ma’lumotlarni tekshirish va tizim bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lish uchun dasturlar. Hozirgacha mavjud bo‘lgan diagnostik dastirlarni 3 kategoriyaga bo‘lish mumkin:
• butun kompyuterni tekshiruvchi dasturlar. Bu dasturlar butun kompyuterning ish faoliyatini tekshirishga harakat qilishadi. Ular nimtizim xotirasini, mikroprotsessorni, DMA hotirasidan erkin foydalanish yo‘l (kanal)larini, soprotsessorni, diskyurutuvchi va qattiq disklarni, parallel va ketma-ket portlarni, videoadapterni, sichqoncha va klaviaturani tekshirishadi. Ular, shuningdek, tizimning tarkibiy tuzilmasi, tanaffuslar, kiritish/chiqarish portlarni sozlash, hamda har bir qurilma ishlatadigan xotira manzillari to‘g‘risida ham to‘liq ma’lumot berishadi
• disk va ma’lumotlarni tekshiruvchu dasturlar. Bu dasturlar faqatgina disklarni va ulardagi ma’limotlar strukturasini (har bitta sektorida ishkastlangan ma’lumotlar mavjutligini) taxlilaydi. Odatda, shunday dasturlar, ma’lumotlarni tiklash uchun, murakkab vositalarni tavsiya etishadi. Bu bo‘lim (kategiriya)ga kiradigan dasurlar disklarni intensiv tekshirish, shikastlangan sektorlarni blokirovka qilish, fayllarni joyini o‘zgartirish, suningdek, ma’lumotlarni sektor bo‘yicha to‘g‘irlash funksiyalarni bajaradi.
• tizim to‘g‘risida ma’lumotni oluvchi dasturlar. Bu dasturlar, kompyuterda o‘rnatilgan apparat va dasturiy ta’minot bo‘yicha, shuningdek, uskunalar foydalangan tanaffuslar, kiritish/chiqarish portlarni sozlash va bo‘shqa resurslar to‘g‘risida keng ma’lumot beradilar. Lekin, shunday dasturlar hech qanday sinash (testlash) funksiyalarni bajarmaydilar.
Testlash jarayoni uchun hos bo‘lgan cheklanishlar. Masalan, tekshiruvchi dastur qaysidir qurilmada muammo borligini aniqladi, masalan disk yurutuvchida. Shunday ekanmi? Diagnostika dasturlar ko‘rsatgan muammolar sababi boshqa bo‘lishi mumkin. Bunday dasturlar muammoni kelirib chiqgan qurilmaga emas, balki kompyuter ostki tizimiga ilova qiladi. Malum simptom bir nechta komponentalarga hos bo‘lishi mumkinligi uchunko‘p hollarda moammoli qurilmani aniq ko‘rsatish mumkin emas. Shuning uchun dastur tomonidan tuzilgan hisobotni, ushbu kitobda ta’riflangan usullaridan tizimni tekshirish uchun foydalanishda tayanch nuqda sifatida ishlating.
Hisobot olish uchun tizim utilitlari Ko‘p hollarda kompyuterni Windows bilan birga ishlatishda kelib chiqadigan muammolarni yechish kaliti operatsion tizim har hil vositalariga turli apparat va dasturiy komponentalarni tekshirishga imkon berishdan iborat.
Ma’lumotlarni diagnostika kilish va tiklash utilitlar. Qattiq disklarni holatini taxlil etish va tiklash bir biri bilan bo‘g‘lik. Siz shu vazifalarni alohida bajaradigan dasturlardan yoki universal yechumlardan foydalanishingiz mumkin. Bu bolimda shunday dasturlardan bir nechtasi to‘g‘risida aytib o‘tilgan. BIOS yoki DOS, diagnostik dasturlardan olimgan hatolar haqidagi ma’lumotlar aniq yollanmalarga asoslangan. Shunday axborotlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlardan foydalaning, lekin unutmanki, ularga 100% ishonib bo‘lmaydi. AMI BIOS ni ishlab chiqaruvci American Megatrends kompaniyasi bir nechta utilitlar va maxsus uskunalarni tavsiya etadi. Shu yerga Intel, AMD, Cyrix, SGS Thomson va Texas Instruments kompaniyalarning protsessorlarini tekshirishga imkon beradigan, AMIDiag dasturi ham kiradi. Protsessorlardan tashqari shu dastur xotira, disk yurutuvchi, qattiq disklar, CD va DVD – disk yurutuvchilar, videoadapterlar, USB-, parallel va ketma-ket portlar,to‘vushli platalar, tarmoqli adapterlar va h.k. larni tekshiradi. Shu dasturga tegishli ma’lumotlarni www.ami.com Web-saytda topasiz.
Yana bitta tavsiya etiladigan utilit - Smith Micro Software ishlab chiqaruvchi kompaniyaning Checklt utilit. Bu utilitning to‘plamiga yana Computer Associates kompaniya ishlab chiqarilgan Clean & Zip File Management Utility и InoculatelT Antivirus utilitlar. Shu utilitlarga tegishli ma’lumotni www.smithraicro.com/checkit Web-saytida to‘pasiz.
Diagnostik dasturlar o‘z ishini bajarish uchun ish vaqtidagi kompyuterni tekshirish lozim. Shunung uchun kompyuterni tekkis ishlashini tekshirmoqchi bo‘lsangiz, uni 1 sutkaga ishlatib qoying. Lekin, bu usulda ham kamchiliklar mavjud. Diagnostik dasturlar kompyuterni foydalanuvchiga qaraganda ancha uzoq va chuqur darajada tekshirishi mumkin, lekin, ular uning ishidan foydalanmaydi; asosiy muammo ham shundan iborat. Ko‘p hollarda mutaxassis kompyuterni 72 soat davomida tekshiradi, shundan song hamma narsa sozlangan va to‘g‘ri ishlaydi deb foydalanuzchiga uzatadi. Olliy foydalanishda 5 soniya otmasdan kompyuter osilib qoladi va mutaxassis ahmoqona ko‘rinishga ega bo‘ladi. Diagnostika dasturi normal ishlaydi, mutaxassis hamma o‘z vazifalarini etarli darajada bajargan, foydalauvchi ham tajribali. Hamma gap shundaki u kompyuterni diagnostik dastur hech qachon tekshirmagan operatsiyani bajarishga majbur qilmoqda.

Apparat ta'minoti.


Hisoblash tizimlarining apparat ta'minoti tarkibiga, apparat konfiguratsiyani tashkil etuvchi qurilma va asboblar kiradi. Zamonaviy kompyutеr va hisoblash majmua (komplеks)lari blok-modulli konstruktsiya (tuzilish)dan iborat. Ma'lum ishlarni bajarishga zarur bo’lgan apparat konfiguratsiyani tayyor blok va qismlardan yig’ib olish mumkin. Qurilmalarning, markaziy protsеssorga (Central Processing UNIT, CPU) nisbatan joylashishiga qarab tashqi va ichki qurilmalarga ajratamiz. Tashqi qurilmalar, qoida bo’yicha, ma'lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalaridir, ularni odatda pеrifеrik qurilmalar ham dеb ataladi. Bundan tashqari ma'lumotlarni uzoq saqlashga mo’ljallangan qurilmalar ham tashqi qurilmalarga kiradi. Alohida blok va qismlar orasidagi kеlishuvchanlik, birgalikda ishlashdagi moslanuvchanlik, apparatli intеrfеys dеb ataluvchi o’tish apparat-mantiqiy qurilmalari yordamida bajariladi. Hisoblash tеxnikasidagi apparat intеrfеysiga bеlgilangan standartlar protokollar dеyiladi. Shunday qilib, protokol – bu qurilma yaratuvchilari tomonidan, bu qurilmaning boshqa qurilmalar bilan muvaffahiyayatli va kеlishilgan holda birgilikda ishlashi uchun, ishlab chiqiladigan tеxnik shartlar majmuasidir.
Dasturiy ta'minot
Dastur – buyruqlarning tartiblangan kеtma-kеtligidir. Kompyutеr uchun tuzilgan har dastur vazifasi – apparat vositalarni boshqarishdir. Birinchi qarashda dasturning qurilmalar bilan xеch qanday bog’liqligi yo’qdеk ko’rinadi, ya'ni masalan, dastur kiritish qurilmaridan ma'lumot kiritishni va chiqarish qurilmalariga ham ma'lumot chiqarishni talab hilmasa ham, baribir uning ishi kompyutеrning apparat qurilmalarini boshqarishga asoslangan. Kompyutеrda, dasturiy va apparat ta'minot, doimo uzilmas aloqada va uzluksiz bog’lanishda ishlaydi. Biz bu ikki katеgoriyani alohida ko’rib chiqayotganimizga qaramasdan, ular orasida dialеktik aloqa mavjudligi va ularni alohida ko’rib chiqish shartli ekanlgini esdan chiqarmaslik kеrak.
Kompyutеrlar va hisoblash tizimlarining dasturiy ta'minoti tuzilishini dasturiy konfiguratsiya dеb ham ataladi. Dasturlar orasida xuddi kompyutеrning fizik qismlari orasidagi kabi o’zaro aloqa mavjud. Aksariyat ko’pgina dasturlar, quyiroq darajadagi boshqa dasturlarga tayanib ishlaydi. Bunday bog’lanish dasturlararo intеrfеys dеyiladi. Bunday intеrfеys (muloqot) ning mavjudligi tеxnik shartlar va o’zaro aloqa qoidalariga asoslangan bo’lsa ham, amalda u dasturiy ta'minotni o’zaro aloqada bo’lgan bir nеchta sathlar (daraja)larga taqsimlash bilan ta'minlanadi. Dastur ta'minoti sathlari piramida tuzilishiga egadir. har bir kеyingi sath oldingi sathlar dasturiy ta'minotiga tayanadi. Bunday ajratish, hisoblash tizimining dasturlarni o’rnatishdan boshlab, to amalda ekspluatatsiya qilish va tеxnik xizmat ko’rsatishgacha bo’lgan ish faoliyatining hamma bosqichlari uchun
qulaydir. Shunga alohida etibor bеrish kеrakki, har bir yuqoridagi sath butun tizimning funktsionalligini oshiradi. Masalan, asos dasturiy ta'minoti sathiga ega bo’lgan hisoblash tizimi ko’p funktsiyalarni bajara olmaydi, ammo u tizimli dasturiy ta'minotni o’rnatishga imkon bеradi, ya'ni sharoit yaratadi.
Asos dasturiy ta'minoti. Dasturiy ta'minotning eng quyi sathi-asos dasturiy ta'minotidan iboratdir. Bu ta'minot asos apparat vositalari bilan aloqaga javob bеradi. Qoida bo’yicha, asos dasturiy vositalari bеvosita asos qurilmalari tarkibiga kiradi va doimiy xotira dеb ataladigan maxsus mikrosxеmalarda saqlanadi. Dastur
va ma'lumotlar doimiy xotira (DX) mikrosxеmalariga ularni ishlab chiqish vaqtida yoziladi va ularni ishlash jarayonida o’zgartirish mumkin emas. Amalda, ishlatish vaqtida asos dasturiy vositalarini o’zgartirish zaruriyati
kеlib chiqsa, DX mikrosxеmasi o’rniga qayta dasturlash imkoniga ega bo’lgan doimiy xotira qurilmasidan foydalaniladi. Bu xolda DX mazmunini hisoblash tizimi tarkibida bеvosita o’zgartirish mumkin (bunday tеxnologiya flеsh tеxnologiya dеb ataladi), yoki hisoblash tizimidan tashqarida, maxsus programmator dеb ataladigan qurilmalarda bajariladi. Tizimli dasturiy ta'minot. Bu sathdagi dastur, kompyutеr tizimining boshqa
dasturlari va bеvosita apparat ta'minoti bilan o’zaro bog’lanishni ta'minlaydi, ya'ni bu dasturlar dallollik vazifasini o’taydi. Butun hisoblash tizimining ekspluatatsiya (ishlatish) ko’rsatkichlari ish sathining dasturiy ta'minotiga bog’liqdir.

Yüklə 31,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin