Respublika ta`lim markazi



Yüklə 60,89 Kb.
tarix14.07.2018
ölçüsü60,89 Kb.
#56722

O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI

XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI


RESPUBLIKA TA`LIM MARKAZI



8-SINFLAR UCHUN GЕOMЕTRIYA FANIDAN BIR SOATLIK ILG`OR PЕDAGOGIK TЕXNOLOGIYA ASOSIDAGI DARS ISHLANMASI





Toshkent-2010







Geometriya 8-sinf

III chorak 43-dars


Mavzu: “Aylana. Markaziy burchak” mavzusida bir soatlik noan`anaviy dars ishlanmasi

Darsning shiori: Yetti o`lchab bir kes

Darsning mavzusi: Aylana. Markaziy burchak

Darsning maqsadi:



  1. Tarbiyaviy: O`quvchilarga axloqiy sifatlarni shakllantirish, o`zaro hurmat, hamkorlik, faollik,ishchanlik, tartiblilik, madaniyatlilikka o`rgatish, mavzu orqali o`quvchilarni yetuk inson qilib tarbiyalash;

  2. Ta`limiy: Aylana, aylananing radiusi, diametri, vatari, aylana yoyi, markaziy burchak haqida bilim, ko`nikma va malakalarini rivojlantirish;

  3. Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning geometriyaga oid qiziqishlarini rivojlantirish, ularning mustaqil va erkin fikrlash malakasini, tafakkur, xotira, idrok, tasavvur mashqini rivojlantirish;

  4. Kasbga yo`llovchi: Shu mavzu orqali o`quvchilarni muhandislik kasbiga yo`llash;

  5. O`quvchilar ongiga milliy istiqlol g`oyasini singdirish: Mamlakatimiz faravonligi, tinchligi to`g`risida tushuncha berish, komil inson g`oyasini singdirish, Vatanni sevish, buyuk bobolarimiz merosi bilan faxrlanish, o`z yurtidan g`ururlanish tuyg`ularini shakllantirish.

Dars tipi: yangi bilim, tushuncha hosil qiluvchi

Dars uslubi: Og`zaki, ko`rgazmali-amaliy,yozma

Dars usuli: Ko`chma bozor, Internet, musobaqa, aqliy hujum, guruhlarda ishlash, tayanch signallar

Dars jihozi: darslik, kompyuter, testlar, tarqatmalar, ko`rgazmalar, sirkul, chizg`ich

Fanlararo bog`lanishi: algebra, tarix, ona tili, chizmachilik

Ijodiy ish: tayanch dars ishlanmasi

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism (psixologik iqlim yaratish)

  2. Dars rejasi:

  1. Tashkiliy qism 3minut

  2. Internet maktublariga javob 5 minut

  3. O`qituvchi so`zi (tayanch signallar) 10 minut

  4. “To`g`ri so`z tuzing” o`yini (tarqatmalar asosida) 3 minut

  5. “Baxtingdan ko`r” o`yini (sinf taxtasiga misol yechish) 7 minut

  6. “Oyla, izla, top” 5 minut

  7. Test topshirig`i 7 minut

  8. “Bilimingni sinab ko`r” (kubik) 3 minut

  9. Darsni yakunlash 2 minut

Darsning bayoni:



  1. Tashkiliy qism

Zamonlarning zamonida rivojlangan yetilgan, Bobolarning merosidan bizga taqdim etilgan.

Al-Xorazmiy, Beruniy, Ulug`beklar boyitgan

Shu ajoyib fan bizga olam sirin tanitgan.

-Assalomu alaykum, aziz o`quvchilar.

Bugun 12 fevral 2011 yil. Darsimiz geometriya. Navbatchi axboroti so`raladi.

-qadrli o`quvchilar, jonajon yurtimizda, jahonda ro`y berayotgan voqealardan kim bizlarni xabardor qiladi?

-Yaqinda qaysi bobokalonimizning 566 yilligi nishonlandi?

-14 fevral qanday kun?

Darhaqiqat, prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek, “O`zbekiston kelajagi buyuk davlat”. Nafaqat kelajagi, balki o`tmishi ham, tarixi ham biyuk davlatdir. Buyuk bobolarimiz Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur, Al-Xorazmiy, Beruniy, ibn Sino, Farobiylar merosi, shaxsi, tarixi bilan cheksiz g`ururlanishimiz, Vatanimizga, bobolarimizga munosib farzandlar bo`lishimiz kerak.

-Aziz o`quvchilar, bugun darsimizni noan`anaviy usulda o`tkazaiz.

Bizlarga ma`lumki, qadimda yurtimiz hududidan buyuk ipak yo`li o`tgan. Bu ko`chma bozorlarda savdo-sotiqdan tashqari turli xil musobaqalar, bellashuvlar o`tkazilgan. Keling, bizlar ham bugun darsimizda ko`chma bozorni tashkil qilamiz. Lekin biz noyob, antiqa mahsulot, o`zimizning bilimimizni sotamiz. Bozorga kelgan har bir odam o`z mahsuloti- uyga vazifasi, chaqqonligi, bilimi bilan keladi.

Darsimizning shiori: “Yetti o`lchab, bir kes”. Darsning rejasi e`lon qilinadi.

-Aziz bolajonlar, kelinglar ko`chma bozor qonun –qoidalari bilan tanishamiz:

1. Og`zaki savol-javobiga 2 tanga

2. Sinf taxtasiga misol yechimiga 3 tanga

3. Test topshirig`iga 5 tanga

4. Qiziqarli savol-javobga 3 tanga

5. Ijodiy ishlarga 5 tanga

-Qadrli bolajonlar, sinfni ikki guruh Al-Xorazmiy va Beruniy guruhlariga bo`linib, bellashuv o`tkazamiz. Ko`chma bozorni nazorat qilish uchun ekspert guruhini tayinlaymiz.

Darsimizning “Oltin qoidalari” bilan tanishing:


    1. Darsda o`ng qo`l qoidalariga rioya qilish.

    2. O`zgalar fikrini tinglay bilish.

    3. Guruhlarda ahillik va hamkorlikni tashkil qilish.

    4. Faollik.

    5. Vaqtdan unumli foydalana olish.




  1. Internet maktublariga javob

-O`quvchilar, o`tgan darsda qaysi mavzu bilan tanishganmiz?

O`quvchi: O`tgan darsda uchburchak, Pifagor teoremasi, uchburchak yuzini topishga doir nazoray ishi olgan edik. Uyga vazifa shu mavzularni takrorlash.

- O`quvchilar, 2010-2010 yilda axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishga katta e`tabor berilmoqda. Qani ko`raylikchi, Internet saytimizga xabar keldimi? Ana ko`chma bozorimizning birinchi xaridori Internet tarmog`iga ulanmoqdalar. Ular amerikalik Jon Keyn.

-Salom, mening aziz o`zbekistonlik bilimdonlarim. Sizning mamlakatingiz haqida juda ko`p eshitganmam. Sizlarga quyidagi savollarimni yuboraman:

1. Uchburchak nima, uning qanday turlari bor?

2. Pifagor teoremasini ayting?

O`quvchilar savollarga javob berayotgan vaqtda ko`rgazmalardan foydalanadilar.

Javoblar:

- Uchburchak-bir to`g`ri chiziqda yotmaydigan 3 ta nuqta va bu nuqtalarni ikkitalab ketme-ket tutashtiruvchi 3 ta kesmadan iborat figura.

Uchburchakning burchaklariga ko`ra quyidagi turlari bor: o`tmas burchakli, to`g`ri burchakli, o`tkir burchakli; tomonlariga ko`ra esa teng yonli, teng tomonli, turli tomonli turlari bor.

Pifagor teoremasi.

To`g`ri burchakli uchburchakning katetlari kvadratlarining yig`indisi gipoteneza kvadratiga teng.

-O, juda yaxshi, men javobingizdan qoniqdim. Sizlarga omad, o`qishlaringizga zafarlar tilayman. Xayr.

Endigi xaridorimiz germaniyalik talaba Anna Braun.

- Sizning ko`chma bozoringizda men ham ishtirok etmoqchiman. O`zbekistonlik yoshlar meni hayratga solmoqda. Doim shunday zukko bo`lig. Savollarim quyidagicha:

1. Uchburchakning yuzi qanday topiladi?

2. To`rtburchaklarning qanday turlari bor?


Javoblar:

  1. Uchburchakning yuzini topish uchun unig asosini balandligi yarmiga ko`paytirish kerak.


Bundan tashqari uchburchakning yuzini topish uchun Geron formulasi mavjud:



To`rtburchaklarning bir necha xil ko`rinishlari mavjud: kvadrat, romb, trapetsiya, parallelogram, to`g`ri to`rtburchak.

-Juda yaxshi, xayr sog` bo`ling.
3. O`qituvchi so`zi (tayanch signallar)
-Bugungi darsimizning mavzusi:Aylana. Markaziy burchak

Reja:


  1. Aylana nima?

  2. Aylananing elementlari

  3. Markaziy burchak

DTS talablariga ko`ra, darsimizning maqsadi aylana, uninmg elementlari, markaziy burchak haqida tushunchaga ega bo`lish. Yangi pedagogic texnologiyaga asosan darsda o`qituvchi emas, o`quvchi faol bo`lishi kerak.Sizlar bu mavzu bilan tanishsizlar. Bugun bilim, ko`nikma va malakangizni yanada kengaytiramiz.

-Qani bolalar, aylanaga hayotiy misollar keltirib bilasizmi?

O`quvchilar:

-Sportchilar foydalanadigan xalqa, globusda yer ekvatori.

-Bolalar, quyidagi savollarga javob berib ko`ring-chi:

1. Aylana nima?

2. Aylananing qanday elementlari mavjud?

3. Aylananing uzunligini topishni bilasizmi?

O`quvchilar bir varaqdan toza qog`oz oladilar. Unga o`zlarining aylanaga oid tushunchalarini yozadilar. O`quvchilar yozib bo`lgach, javoblarini o`qiydilar.Javoblar orasidan eng to`g`ri va toliq javob tanlanadi. O`quvchilar fikri tinglab bo`lingach, o`qituvchi aylana va uning elementlariga oid ko`rgazmalardan foydalanib, tayanch signallarni qo`llab yangi mavzuni to`la yoritib beradi.

Tekislikda berilgan nuqtadan bir xil uzoqlashgan barcha nuqtalar to`plami aylana deyiladi.

Berilgan nuqta aylananing markazi deyiladi va O nuqta bilan belgilanadi.

O`qituvchi sirkul yordamida aylanani sinf taxtasiga chizib ko`rsatadi.

Aylana markazini uning ixtiyoriy nuqtasi bilan tutashtiruvchi kesma aylana radiusi deyiladi.

OA-radius.


Aylananing ixtiyoriy ikki nuqtasini tutashtiruvchi kesma vatar deyiladi. BC-vatar

Aylana markazidan o`tib, uning ikki nuqtasini tutashtiruvchi kesma diametr deyiladi. EF-diametr. Diametr 2 ta radiusga teng: D=2r



Aylana uzunligi quyidagicha topiladi:


C-aylana uzunligi; r-radius; d-diametr

Aylana uzunligi soni bilan diametrning ko`paytmasiga teng.

soni uchun doimiy qiymat 3,14 qabul qilinib, hamma aylanalar uchun bir xildir.chunki soni aylana uzunligining uning diametriga nisbatidir.

Endi aylana uzunligini topishga doir tarixiy ma`lumotlar:

-Buyuk bobolarimizdan Al-Xorazmiy o`zlarining “Al-jabr-val-muqobala” asarining 2-kitobi geometrik shakllar va ularning xususiyatlariga bag`ishlangan. Al-Xorazmiy sonini quyidagicha aniqlaganlar:

-Aziz o`quvchilar, sizlarga quyidagicha topshiriq beriladi:



sonining qiymatini aniqlashda qanday olimlaro`z hissalarini qo`shganlar? Bu ma`lumotlarni to`plab, referat yozing.

Uchi aylana markazida yotganbuchak markaziy burchak deyiladi.Burchak tomonlari aylanani ikki qismga, ya`ni ikkita yoyga ajratadi.Yoylarni nomlashda oraliq harflar qo`yiladi:



yoki

-O`quvchilar, agar sizlar geometric chizmalarni aniq, to`g`ri, chiroyli, estetik did bilan chizsalaringiz, kelajakda muhandislik kasbini egallamoqchi bo`lsalaringiz, juda yaxshi zamin yaratgan bo`lasiz.


4. “To`g`ri so`z tuzing” o`yini (tarqatmalar asosida)
Bu o`yinda ikkita guruhning o`quvchilariga tarqatmalar beriladi. Tarqatmani yechib bo`lgach javoblarini mos tartib raqamiga osib chiqadidar. Natijada plakatlar teskarisiga aylantirilganda

A Y L A N A

so`zi hosil bo`ladi.


  1. Aylananing markazi nechta? (1 ta)

  2. Aylana diametric 4 sm, radiusi qanchaga teng? (2 sm)

  3. Aylana uzunligi 9,42 sm bo`lsa, diametrini toping. (3 sm)

  4. Aylanaga ikkita diametr o`tkazilsa, u nechaga bo`linadi? (4 ga)

  5. Aylana radiusi 2,5 sm bo`lsa, diametrini toping. (5 sm)

  6. Soat va minut mili 1800 gaochilsa, soat necha bo`ladi? (soat 6 bo`ladi)

5. “Baxtingdan ko`r”o`yini
Bunda sinf taxtasiga masalalar yechiladi.

299-masala. Quyidagi chizmadan markaziy burchaklarni toping.



Javob:

Mustaqil ish. 300-masala:


      1. Aylana yoyina teng 4 bo`lakka bo`ling.

      2. Aylana yoyina teng 8 bo`lakka bo`ling.




    1. “O`yla, izla, top” bellashuvi

Al-Xorazmiy guruhiga:



  1. 2007 yil qanday yil? (Ijtimoiy himoya yili)

  2. O`zbekiston konstitutsiyasi qachon qabul qilingan? (1992 yil, 8 dekabr)

  3. To`g`ri to`rtburchakning bir uchi kesib tashlansa, necha burchak hosil bo`ladi? (Beshburchak)

  4. Navoiy viloyati qachon tashkil topgan? (1992 yil,27 yanvar)

  5. Maqolni davom ettiring: Sog` tanda,… (sog`lom aql)

Beruniy guruhiga:



  1. 2009 yil qanday yil edi? (Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili)

  2. “Ta`lim to`g`risida”gi qonunqachon qabul qilingan? (1997 yil, 29 avgust)

  3. 6 raqamida nechta burchak bor? (burchak yo`q)

  4. Navoiylik buyuk zotlarni bilasizmi? (Qosom Shayx, Parda Tursun)

  5. Maqolni davom ettiring: Ona yurting omon bo`lsa,… (rangu ro`ting somon bo`lmas)

7. Test topshirig`i


Bu topshiriq o`quvchilarning yangi mavzuni qanchalik yaxshi o`zlashtirganliklarini aniqlab beradi.

  1. Aylananing radiusi 1 sm bo`lsa, uning diametrini toping.

A) 2 sm B) 4 sm C) 1 sm

2. Markaziy burchakka mos yoy aylananing 2/5 qismiga teng. Shu markaziy burchakni toping.

A) 1100 B) 1440 C) 2160

3. Aylananing radiusi 1 sm bo`lsa, uning uzunligini toping.

A) 3,14 sm B) 6,28 sm C) 1 sm

Test natijalarini har bir guruhdan bittadan tayinlangan o`quvchi e`lon qiladi.

Masalan, bizinng guruhda 1-savolga 6 kishi A javobni, 3 kishi B javobni 2 kishi C javobni,…

O`qituvchi natijalarni tahlil qiladi.


8.“Bilimingni sinab ko`r” (Kubik strategiyasi)
Kubik strategiyasida o`quvchilarning zukkoligi, topqirligi, izlanuvchanligi sinaladi.

-Bunda “Hashar”o`yiinin o`tkazamiz.Biz bilamizki, yaqinda Navro`zi olam kirib keladi. Bayram munosabati bilan joylarda hasharlar o`rkaziladi, ariq-zovurlar tozalanadi, ko`chatlar o`tkqaziladi. Agar birinchi guruh topshiriqbi bajarolmasa, ikkinchi guruh hasharga borishi mumkin.

O`quvchilar kubikni tashlab, topshiriq tanlaydilar.


  1. Aylana yoyini teng 8 bo`lakka bo`ling.

  2. Aylana markazini faqat chizg`ich va qalam yordamida toping.

  3. Teng yonli trapetsiyani teng 4 bo`lakka bo`ling.

  4. Har birining uzunligi 4,5 sm bo`lgan 14 ta gugurt cho`pidan metr hosil qiling.

  5. Muntazam uchburchakni teng 4 bo`lakka bo`ling.

  6. Aylana ichiga kvadrat chizing.



9. Darsni yakunlash.

-Darsimizning asosiy qismi tugadi. Endi natijalarni tahlil qilamiz.

Qani, ekspert guruhi, ko`chma bozorimizning bugungi faoliyatini tahlil qilib bering.

Guruhlar natijasini ekspertlar e`lon qiladilar. Masalan, “Al-Xorazmiy”-65 tanga

“Beruniy”- 70 tanga

-Endi sotuvchilarimiz-o`quvchilarning to`plagan tangalarini hisoblab ko`ramiz.

1-5 tanga “3” ball

6-12 tanga “4” ball

13-20 tanga “5” ball

O`quvchilar baholanib, ularning barchasiga “Eng faol”, “Eng izlanuvchan”, “Eng bilimdon”, “Eng zukko”, “Eng samimiy”, “Eng topqir” kabi va hokazo baholar beriladi.

Uyga vazifa: darslikdan 301-masala va shu mavzuga oid 2 tadan test tuzib kelish.

Darsni yakunlash.

Shirin so`z sotilmas bebaho,

Yaxshilik bor bo`lsin doimo.

Bu yerda bo`lolsa, kim mamnun,

Bu eng oliy mukofot o`shalar uchun.



-Xayr o`quvchilar, sog` bo`linglar.

Dars yakunlandi.
Yüklə 60,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin