4. Yangi mavzuni mustahkamlash: 32. Sonlarni so’z bilan yozing:
1) 536; 3) 4321; 5) 30067; 7) 2403113;
2) 704; 4) 21544; 6) 123456; 8) 5307811.
33. Raqamlar bilan yozing:
1) ikki million sakson yeti ming yeti yuz o’n bir;
2) besh million olti yuz yetmish sakkiz ming to’qqiz yuz bir;
3) bir milliard o’ttiz ikki million o’ttiz ikki ming o’ttiz ikki;
4) yetmish milliard yetmish million yeti yuz ming yeti.
34. Xona qo’shiluvchilari yig’indisi ko’rinishida yozilgan sonlarni o’qing:
1)
3) 4)
35. Sonlarni xona qo’shiluvchilari yig’indisi ko’rinishida yozing:
1) eng kichik besh xonali son; 3) eng katta besh xonali son;
2) eng kichik olti xonali son; 4) eng katta olti xonali son.
36. Raqamlari yig’indisi: 1) 5 ga; 2) 6 ga; 3) 7 ga;
4) 10 ga teng bo’lgan ikki xonali sonlarni yozing.
37. Jumlalarda uchraydigan sonlarni raqamlar bilan yozing:
1) Yerdan Oygacha eng uzoq masofa 406 ming kilometrga, eng qisqa masofa esa 356 ming kilometrga teng;
2) Norin daryosining uzunligi 578 ming metr.
5. Darsga yakun yasash va baholash– darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganligini o’quvchilar bilan birgalikda aniqlash. O’quvchilarning mavzu bo’yicha savollariga javob berish, ulaming o’zlashtirganlik darajasini aniqiash, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni tilga olish va baholash;
6. Uyga vazifa ________________________ Sana: «___» _____________ 201__ y.
Mavzu: NATURAL SONLARNI TAQQOSLASH
Darsning maqsadi: Natural sonlarni taqqoslash haqida ma’lumot berish. Misollar bilan tushuntirish.
Darsning ko’rgazmali qurollari: ______________________________
Darsning borishi: