S ana: Sinf: Mavzu: 64+26 ko’rinishidagi misollarni yechish Darsning maqsadi



Yüklə 186,62 Kb.
tarix12.05.2022
ölçüsü186,62 Kb.
#115840
2 sinf dars ishlanma


S ana: _____________

Sinf: ______________

Mavzu: 64+26 ko’rinishidagi misollarni yechish

Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: 64+26 ko’rinishidagi misollarni yechishga o’rgatish. Misollarni ustun shaklida yechish ko’nikmalarini mustahkamlash;

b) tarbiyaviy: o’quvchilarni kichik guruhlarda o’z-o’zini boshqarish va hamjihatlikka o’rgatish;

d) rivojlantiruvchi: matematik topshiriqlar orqali o’quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.

Tayanch kompetensiyalar:

Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi: mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.

Fanga oid kompetensiyalar: sodda real hodisalarni matematik tilda ifodalash usullarining samarali ekanligini tushuna olish.

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism. Navbatchi o’quvchining axboroti tinglanadi, o’quvchilarning darsga tayyorgarligi, uyga berilgan vazifa tekshiriladi va tahlil qilinadi.

II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash. Koptok bilan bajariladigan “Og’zaki hisob” o’yini o’tkaziladi. O’qituvchi misol aytib, koptokni o’quvchilarga uzatadi. Koptokni ilib olgan o’quvchi javobni aytadi va javobni qaytaradi.

“Og’zaki hisob” o’yinida quyidagi misollardan foydalanish mumkin:



56+12;

23+14;


45+23;

12+60;


45+8;

55+32;


74-11;

45-13;


87-23;

49-32;


54-13;

86-34.


Javoblar: 68; 37; 68; 72; 53; 87; 63; 32; 64; 17; 41; 52.

III. Yangi mavzuning bayoni. O’qituvchi mavzuni ekran orqali tushuntiradi.

O’qituvchi: 75-betdagi misollarga etibor bering. Nima uchun shunday yozilgan?

Ikki xonali sonlarni qo’shishda o’nliklar tagiga o’nliklar, birliklar tagiga birliklar yoziladi. 64+26 misolimizda birliklar 6+4=10 bo’lsa, 10 sonini birliklar tagiga yoza olamizmi? Albatta yo’q. 10 bitta o’nlik hisoblangani uchun birliklar tagiga 0 raqamini yozamiz. 6 o’nlikka 2 o’nlikni qo’shsak, 8 o’nlik hosil bo’ladi. Unga yana dilimizdagi bir o’nlikni qo’shamiz – 9 o’nlik hosil bo’ldi. Demak, 64+26=90 bo’ladi.

2-misolni bir o’quvchi doskada, boshqa o’quvchilar mustaqil yechadi.

Doskadagi o’quvchi yechgan misollarni tushuntirib beradi, qolganlar savol beradi.

3 -masala 2 ta o’quvchiga navbatma-navbat o’qitiladi. Masalada berilgan shartlar qayta so’raladi.

Bir oyda tovuqlar uchun 34 kg, g’ozlar uchun 26 kg don sarflandi. Bir oyda hammasi bo’lib qancha don sarflangan?

O’quvchilar masalani mustaqil bajaradilar. Masalani birinchi bo’lib bajargan o’quvchilar rag’batlantiriladi.

Dam olish daqiqasi.

Doskada bir misol,

Sen uni yechgin darhol.

Ustun qilib ishlagin,

“5” bahoni ham olgin.

Geometrik material.

O’qituvchi: 76-betdagi 5-mashqni bajaramiz.

Shakllarning nomini ayting.



1) 2) 3) 4)

O’quvchilar shakllarning nomini daftariga yozib boradi.



IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Ekranda trenajyor beriladi. O’quvchilar bo’sh kataklar o’rniga misollarning javoblarini joylashtiradi. Agar javoblar tog’ri joylashtirilsa, “Barakalla!” degan ovoz yangraydi, agar noto’g’ri joylashtirilsa, “O’ylab ko’ring” degan ovoz yangraydi.

O ’quvchilar 3 guruhga bo’linib, “Sonning to’ldiruvchisini toping” musobaqasi o’tkaziladi. Kichik guruhlarga misollar yozilgan plakatlar beriladi.Har bir o’quvchi bittadan misol yechadi.

1-guruh uchun misollar:





2-guruh uchun misollar:

3-guruh uchun misollar:

G’olib guruh e’lon qilinadi va rag’batlantiriladi.



Mavzuni mustahkamlash uchun test topshiriqlari ekran orqali bajariladi.

V. O’quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.

VI. Uyga vazifa berish. Uyga vazifa qilib 6-7-mashqlar beriladi va yechilishi tushuntiriladi.


Yüklə 186,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin