109
tushuniladi.Bunda bo‘lajak bosma mahsulotlari kompyuterda tayyorlanadi, ya'ni
kompyuter varaqlash, asl maketlash ishlari ham kompyuterda bajariladi.
Nashriyot sohasida ishlatiladigan matn
muharrirlari shu soha uchun
yaratilgan maxsus dasturlar bo‘lib, ular kichik nashriyotlar yordamida gazeta-
jurnallar, kitoblar, turli reklama mahsulotlari tayyorlashga mo‘ljallangan.
Kichik nashriyot deganda, shaxsiy kompyuter
dasturiy texnik vositalari
hamda turli- tuman chop qiluvchi va boshqa qo‘shimcha qurilmalar orqali
bosma mahsulotlar tayyorlash jarayoni tushuniladi. Bunda bo‘lajak bosma
mahsulotlar
tayyorlanib, bu matnni terish, tekshirish va tahrirlashdan to
maketlashgacha bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Keyinchalik maket lazer
printerda bitta asl nusqada chop etib olinadi va undan so‘ng
tayyorlangan
hujjatning maketi rizograf deb nomlanuvchi maxsus qurilma yordamida
ko‘paytiriladi.
Kichik
nashriyot
bulardan
tashqari
muqovalovchi,
broshyuralovchi va kesuvchi qurilmalar bilan ham ta'minlangan.
Sifatli va asl maketlarni tayyorlash uchun bir qancha turdagi nashriyot
tizimlaridan foydalanadi.
Ularga misol qilib Page Maker, Ventura Publisher,
Post Script, QuarkXPress, TEX, LATEX nashriyot
tizimlarini keltirishimiz
mumkin. Shulardan biri va keng miqyosda ishlatiladigani Page Maker dasturlar
paketi kitoblar matnini terish, taxrirlash, ko‘rib chiqish va chop qilishda juda
qulay vosita hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: