Said Ahmad hayoti va ijodi



Yüklə 1,35 Mb.
tarix11.04.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#125130
Said Ahmad hayoti va ijodi

Said Ahmad hayoti va ijodi



Atoqli oʻzbek yozuvchisi, dramaturgi Said Ahmadning biografiyasi, bosib oʻtgan hayot yoʻli va yaratgan asarlari haqida batafsil maqolamizda tanishing.
Said Ahmad - Saidahmad Husanxoʻjayev, oʻzbek adabiyotining atoqli adiblaridan biridir. Boʻlajak yozuvchining bolaligi Toshkentda Elbek, Gʻafur Gʻulom Oybek kabi yozuvchi va shoirlar davrasida oʻtgan va bu uning yozuvchi boʻlib shakllanishida muhim ahamiyatga ega.

Said Ahmad biografiyasi


Said Ahmad 1920 yil 10 iyunda Toshkent shahri “Samarqand darvoza” mahallasida oʻz davrining obroʻli insonlaridan boʻlgan Husanxoʻja Dadaxoʻjayev oilasida dunyoga kelgan.
Yosh Said Ahmad oʻzini turli sohalarda: rassomlik, artistlik, fotograflik, qurilish va hatto doktorlikda ham sinab koʻradi. Biroq, adabiyotni tanlaydi.
1941 yilda Nizomiy nomidagi pedagogika institutini tamomlaydi va “Mushtum” jurnalida ishlay boshlaydi. Keyinchalik “Qizil Oʻzbekiston”, “Sharq yulduzi” kabi gazeta-jurnallarda turli lavozimlarda mehnat qiladi.

Oʻtgan asrning 50 yillarida Said Ahmad qatagʻon davrining ikkinchi toʻlqini vaqtida “aksilshoʻroviy millatchilar guruhi aʼzosi, zararli gʻoyalar targʻibotchisi” sifatida ayblanib 25 yilga qamaladi. Said Ahmad Qozogʻistonning Qaraganda viloyati Jezqozgʻon lagerida 4 yil qamoqda oʻtiradi. Stalinning oʻlimidan soʻng, “aybi yumshatiladi” va ozod qilinadi.

Said Ahmad asarlari


1940 yilda birinchi mualliflik hikoyalar toʻplami “Tortiq” nomi bilan nashr etiladi. Uning “Choʻl burguti”, “Lochin”, “Boʻston”, “Toʻyboshi”, “Odam boʻri” kabi hikoyalari oʻzbek adabiyotida yangilik ruhini olib kirgan. Adib xajvchi yozuvchi sifatida bir qator hikoyalar yozdi va shu bilan oʻzbek radio va televideniyesida miniatyura teatriga asos soldi. “Xandon pista”, “Bir oʻpichning bahosi”, “Xanka va Tanka” hikoyalari shular jumlasidandir.
Adibning “Azroil oʻtgan yoʻllarda”, “Borsa kelmas darvozasi”, “Azob” kabi hikoyalari qamoqxonada oʻtgan yillar asosida yaratilgan.
Yozuvchining “Yoʻqotganlarim va topganlarim” xotiralari oʻzbek adabiyoti uchun qimmatli asar hisoblanadi. Kitobda bir qator yozuvchi va shoirlarning shaxsi va ijodiga chizgilar bitilgan. Jumladan, yozuvchi asarda Gʻafur Gʻulom, Oybek, Abdulla Qahhor, Maqsud Shayxzoda, Turob Toʻla Saida Zunnunova haqida xotiralari bilan boʻlishsa, Asqad Muxtor, Odil Yoqubov, Xudoyberdi Toʻxtaboyev, Anvar Obidjon, Oʻtkir Hoshimov, Neʼmat Aminov singari oʻzbek adabiyoti yorqin adiblarining hayoti va ijodidan qiziqarli maʼlumotlarni soʻzlab beradi.
Said Ahmadning koʻpgina asarlari qardosh va xorijiy tillarga tarjima qilingan.

Said Ahmad "Ufq" romani


Romannavis sifatida ham yozuvchi koʻplab asarlar yaratgan. 1964-1974 yillarda “Ufq” trilogiyasini yozib tugatadi va oʻzbek adabiyotida trilogiya janriga asos soladi. Yozuvchining ustozi Abdulla Qahhor asarni yuksak baholab, hatto yirik adabiy gazetada bu haqida maqola chop etadi. Asar uchta - "Qirq besh kun", "Hijron kunlarida", "Ufq boʻsagʻasida" romanlaridan iborat boʻlib, oʻtgan asrning eng yirik voqeligi- Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi yillardan hikoya qiladi. Ushbu romanlarda adib mahorat bilan oʻzbek xalqiga xos oliyjanoblik, mehnatkashlik, toʻgʻrisoʻzlikni yorqin boʻyoqlarda, sodda, samimiy qahramonlar hayotida koʻrsatib bergan. “Ufq” trilogiyasi tufayli Said Ahmad 1978 yili Hamza nomidagi Davlat mukofotiga sazovor boʻladi.

Said Ahmad "Jimjitlik" romani


1988 yilda yozilgan “Jimjitlik” romanida esa shoʻro davrining turgʻunlik yillari ichki dramalari, tuzum inqirozi butun keskinligi, shiddati bilan koʻrsatilgan. Roman yovuzlik va ezgulikning abadiy kurashini aks ettiradi. Unda har bir qahramonning hayoti fojealarga boy va bir-biri bilan uzviy bogʻliq. Va bu fojealar sababchisi ham ularning oʻzlari emas, balki oʻsha davr tuzumi ekanligi adib tomonidan mahorat bilan ifoda etilgan.

Said Ahmad - dramaturg


Said Ahmad dramaturg sifatida ham sevimli ijodkor. Ayniqsa, uning “Kelinlar qoʻzgʻoloni” komediyasi juda mashhur. Aynan shu komediya tufayli, adib turli mamlakatlarda boʻldi, dunyo kezdi. Komediya unga katta mashhurlik olib keldi. Komediya spektakli hamon Oʻzbekiston va unga qardosh xalqlarning teatrlarida namoyish qilib kelinmoqda.
“Kelinlar qoʻzgʻoloni” 30dan ortiq teatr sahnalarini koʻrgan spektakl.
"Kelinlar qoʻzgʻoloni" filmining rus tilidagi tarjimasi (Bunt nevestok) posteri, 1984 yil
1984 yilda taniqli oʻzbek rejissyori Melis Abzalov asar asosida kinokomediya suratga oladi. Film sovet davrida olingan eng yaxshi kinokomediyalaridan biri boʻlib qolgan. Adib qalamiga mansub “Kuyov” spektakli ham oʻzbek teatrining oltin fondidan joy olgan.

Said Ahmad va Saida Zunnunova


Atoqli shoira Saida Zunnunova Said Ahmadning rafiqasi boʻlib, ular birgalikda qisqa boʻlsada, ammo sermazmun, baxtli hayot kechirishadi. Buni adibning xotiralarida, shoiraning esa sheʼrlarida payqash qiyin emas. Adibning rafiqasi haqida yozgan “Shoiraning feruza olami” xotiralari “Yoʻqotganlarim va topganlarim” kitobida bor.
1995 yilda Said Ahmad “Doʻstlik”, 1990 yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlanadi. “Oʻzbekiston Xalq yozuvchisi”, “Oʻzbekiston Qahramoni” unvonlariga sazovor boʻladi.
Said Ahmad 2007 yil 5 dekabrda vafot etadi. Yozuvchi Chigʻatoy qabristoniga dafn etilgan.
2013 yil 10 iyun kuni Toshkent shahridagi Oʻzbekiston Milliy bogʻida Said Ahmad hamda Saida Zunnunovalarga haykallar oʻrnatilgan.
Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin