voqealar juda qiziqarli tasvirlanadi. SHoxdorxon va Ravshan, Ravshan va
Urayxon, Rayxon va Go‘ro‘g‘li to‘qnashuvlarida butun turkumga xos bo‘lgan
ijobiy va salbiy sifatlar namoyon bo‘ladi. Turkumning ushbu birinchi dostonidayoq
o‘zbek «Go‘ro‘g‘li»siga xos bo‘lgan cheksiz fantaziya, ko‘z ilg‘amas geografik va
etnografik kengliklar to‘la namoyon bo‘ladi. Bu hol, ayniqsa, «YUnus pari»,
«Misqol pari», «Gulnor pari» dostonlarida yanada yorqin ko‘rinadi. Bu asarlar
Go‘ro‘g‘lining uylanishi va shu bilan bog‘liq qahramonliklariga bag‘ishlangan.
«Go‘ro‘g‘li» tsiklidagi dostonlarda parilar podsholigi, undagi saroy va
oilaviy hayot inson turmushining ko‘rinishi sifatida keng va hayotiy lavhalarda
tasvirlanadi. Dostonlarning tuzilishi an`anaviy andoza asosida bo‘lib, o‘rni bilan
o‘zaro almashinib turadigan nazm va nasriy matnlar tashkil qiladi. Dostonlardagi
she`rlar, asosan 7, 8 va 11 hijoli barmoq vaznida bo‘lib, turoqlarning o‘zgarib
turishi, band tuzilishi va qofiyalanish shakliga ko‘ra o‘ziga xos xususiyatga ega.
«Go‘ro‘g‘li» turkumi dostonlari xalq hayoti, turmushi va maishatini, orzu-
umidlari va g‘oyalarini, axloqiy-estetik va ijtimoiy qarashlarini keng hajmda
tasvirlovchi eposdir. «Go‘ro‘g‘li» turkumidagi anchagina dostonlar qahramonning
asrandi farzandlari Hasan, Avaz, nevaralari Nurali, Ravshan va evarasi
Jahongirlarning qahramonona sarguzashtlariga bag‘ishlangan bo‘lib, bular ham
o‘zaro muayyan turkumlarni tashkil qiladi.
Bu ichki turkumlar asrandi farzandlarining olib kelinishini tasvirlovchi
dostonlar (Hasanxon, Avazxon) bilan boshlanadi. Hasan va Avazning o‘z taqdiri
bor. Ularning har biri turkumda muayyan o‘rin tutadi. Hasanxon turkumda faqat
bir doston «Dalli»ning bosh qahramoni sifatida ishtirok etadi. Avazxon esa, butun
bir dostonlar «Balogardon», «Intizor», «Bo‘tako‘z», «Qunduz bilan YUlduz»,
«Malikai ayyor» va boshqa turkumning bosh qahramonidir.
Bir so‘z bilan aytganda, «Go‘ro‘g‘li» tsiklidagi dostonlar o‘zbek xalqi
orasida keng tarqalgan bo‘lib, o‘z muxlislariga egadir. O‘zbek xalqi Go‘ro‘g‘li va
uning yigitlari haqida qator termalar yaratgan. Bu termalarni qiyosiy o‘rganish
shuni ko‘rsatadiki, «Go‘ro‘g‘li» turkumi dostonlari o‘zbeklar orasida bir necha
versiyada tarqalgan. Bu versiyalarni chuqurroq o‘rganish va qiyosiy tahlil qilish
kelajakdagi amalga oshirilishi kerak bo‘lgan vazifalardan biridir.
Dostları ilə paylaş: