Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə172/283
tarix21.11.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#133475
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   283
Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi

Estetik tarbiya bolaning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda, hayotdagi va san’atdagi go’zallikni tushunish va qadrlashni bilishida, ma’naviy dunyosini boyitishda katta rol o’ynaydi. Ota-onalar bolalarga tabiatdagi, ijtimoiy hayotdagi, san’atdagi go’zallikni his qilish va shu kabilarni o’rgatadilar. Bola uyqudan turishi bilan atrof muhitdagi turli narsalarga ko’zi tushadi. Ota-ona bu narsalarning chiroyliligini tushuntirib berishi, o’g’il yoki qizining kiygan kiyimlarini chiroyli va qulayligiga, xonaki o’simliklar va bahor gullarining naqadar chiroyliligiga ahamiyat berib qarashga o’rgatishi kerak. Estetik didni tarbiyalashda dastlabki o’yinchoqlar juda katta rol o’ynaydi. Ular hayotni bilishni o’rgatadi va birinchi estetik taassurotlar manbai hisoblanadi. Ota-ona bolalarni xonalarni yig’ishtirish, saranjom-sarishta qilishga jalb qilib. Ularda estetik didni tarbiyalaydi. Estetik tarbiyaning asosi oilada bolalarni ijod qilish (badiiy tarbiyaga) o’rgatishdir.
Bolalarning rasm chizishga bo’lgan ehtiyoji juda erta uyg’onadi. Ota-ona o’z bolalariga rasm chizishdagi muayyan ko’nikmalarni egallashga yordam berishi kerak. CHunki bolada agar rasm chizishga qobiliyati bo’lib u qo’llab quvvatlansa, bola ruhlanib san’atning bu turini egallashga harakat qiladi. Bolada yana yoshlikdan musiqa eshitish uquvini o’stira borish unda nozik his-tuyg’uning shakllanishiga imkon beradi. Bola juda yoshligidanoq musiqa ohangiga qarab ritmik harakatlar qiladi. Bu undagi dastlabki estetik did-tuyg’u, iste’dod kurtagidir. Bolaning tashqi ko’rinishiga bo’lgan talablar estetik tarbiyada katta ahamiyatga egadir. Sodda va ozoda kiyina bilish, kishilar orasida o’zini yaxshi tutish, hulq-atvorining yaxshi bo’lishi ham go’zallikdir. Gapirish, kulish, salomlashish, madaniyatli hayrlashish, minnatdorchilik bildirish kabi odatlar ham bolaning yoshlikdan nazokatli, nafosatli bo’lib o’sishiga yordam beradi. Tabiiyki, ota-ona farzandning nozik did va farosatli, odob va ahloqli bo’lib o’sishiga erishish uchun avvalo o’zi barcha go’zalliklarni seza bilishi va sevishi, badiiy adabiyotlar o’qishi, san’atning turli sohasida o’z bilim va taassurotlarini kengaytirib borii kerak.
Maktab yoshlariga nafosat tarbiyasi berishning asosiy o’rinlaridan biridir.O’rta umumiy ta’lim tarkibiga kirgan barcha fanlarni o’qitishda o’quvchilarga nafosat tarbiyasi berib boriladi. Maxsus nafosat tarbiyasi fanlari o’qitiladi, ularga rasm, ashula, chizmachilik va boshqalar kiradi. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari, mehnat darslarida ham nafosat tarbiyasi doimiy berib boriladi.
Bulardan tashqari adabiyot, ona tili, tarix, odobnoma, tabiatshunoslik, jug’rofiya va boshqa fanlarni o’qitishga mavzuning mazmuniga mos holda nafosat tarbiyasi beriladi.
Bevosita nafosat tarbiyasi beruvchi rasm va ashula darslari o’quvchilarning eng qiziqadigan hamda ijodiy o’rganadigan o’quv darslaridir. Bu daslarida o’quvchilar go’zallikni ongli idrok etibgina qolmasdan,ko’nikma va malakalar hosil qiladi. Buyuk rassomlar, bastakorlarning asoslari bilan tanishadi. O’zlari rasm chizadi, musiqa tinglaydi, ma’nosini tushunadi, imkoniyat darajasida ijrochilik mahoratlarini egallaydilar.
O’quvchilar nafosat tarbiyasini berishda maktabda tashkil etilgan badiy to’garaklarning ahamiyati katta.O’quvchilar qobiliyati va qiziqishlariga mos holda rasm, musiqa, raqs, xalq amaliy san’ati to’garaklarida ishtirok etib, tegishli malakalarni egallaydilar.
Maktabda havaskor rassomlarning ko’rgazmalarini tashkil etilishi mumkin. Unda «Mohir qo’llar» to’garagi qatnashchilarining, maktab ustaxonasida tayyorlanayotgan amaliy san’at namunalarining, maktab ustaxonasida tayyorlanayotgan amaliy san’at namunalarini ham namoish etish foydalidir. Maktabda badiiy xavaskorlik to’garagi qatnashchilarining har xil chiqishlarini tashkil etish yoshlarning nafosat tarbiyalarini kuchaytiradi.
3. Maktabdan tashqarida nafosat tarbiyasi berish tartibi.
Yuqorida ta’kidlanganidek nafosat tarbiyasiga tibbiyot manzillari, yilning turli fasllarida unda sodir bo’ladigan o’zgarishlar ta’sir qiladi. Shaxar va qishloqlarning qiyofasi ulardagi noyob binolar, bog’-rog’lar, me’morchilik yodgorliklari ,xiyobonlar, maydonlar, favvoralar, har-xil bezaklar, hatto tozalik, saranjom-sarishtalik bolalarnng yuksak didli bo’lishlariga ta’sir etadi. Shu o’rinda ayniqsa, muzeylar, teatr va kinoxonalarning ahamiyatini alohida ta’kidlamoq kerak.
O’zbekistonda dunyoga mashhur bo’lgan shaharlar, ulardagi me’morchilik yodgorliklari va sa’nat muzeylari ko’plab kishilarni hayratlantirib, o’ziga mahliyo qilish imkoniyatiga ega.Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Qo’qon, SHahrisabz va boshqa joylarda go’zalligi bilan asrlar osha nafosat tarbiyasi berib kelayotgan inshoatlar bor.
O’zbekiston qadimdan badiy ijod va sa’natning markazlaridan biri sanalib kelingan. SHuning uchun ham unda A.Navoiydek shoirlar yetishib chiqqan. Zahriddin Bobur, B.Mashrab, Uvaysiy, Nodirabegim, Ogahiy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, H.H.Niyoziylar o’zbek badiy adabiyotining yangi cho’qqilariga ko’tarildilar.
G’.G’ulom, H.Olimjon, A.Qahhor, S.Abdulla, Zulfiya, H.G’ulom, S.Axmad, M.Ismoiliy, J.SHaripov va boshqalarning asarlari halqimiz qalbidan munosib urin egallagan.
Hozirgi davrda o’zbek adabiyotini jahonga tanitayotgan E.Vohidov, A.Oripov, o.Matjon, M.Ali, U.Hoshimov, N.Normurodov, S.YOqubov, P.Qodirov va yana ko’plab shoir va yozuvchilarning asarlari yoshlarga nafosat tarbiyasini berishning bebaho xazinasiga aylanmoqda.
O’zbek tasviriy sa’nati ustalarining asarlari ham halqimiz ma’naviy dunyosini boyitishga hissa qushmoqda. O’.Tansiqboyev, Ch.Mirzayev, B.Ahmedov va boshqalarning asarlari jahon kurgazmalarida namoyish etib, yuqori baholanmoqda.
O’quvchilarni bu ijod namunalari bilan tanishtirish orqali ularda yetuk did, fahm-farosat, nafs, his-tuyg’ular tarbiyalanadi.

Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   283




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin