Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Ijtimoiylashuv tushunchasi



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə56/96
tarix23.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#129297
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   96
2587 (1)

Ijtimoiylashuv tushunchasi
“Ijtimoiylashuv” so’zi dastlab siyosiy-iqtisodiyotdan kelib chiqqan. U siyosiy-iqtisodiyotda yer, ishlab chiqarish vositalarining umumiylashuvi ma’nosini anglatgan.
“Ijtimoiylashuv” atamasi birinchi bo`lib “Ijtimoiylashuv nazariyasi” (1987) kitobida hozirgiga yaqin ma’noda qo’llagan amerikalik sotsiolog F.Geddings hisoblanadi. Uning zamonaviy ma’nosi-“ ijtimoiy tabiat yoki individ xarakterini rivojlantirish, insonni ijtimoiy hayotga tayyorlashdir.
XX asr o’rtalarida ijtimoiylashuv inson rivojlanishini uning butun umri Bola o’z rivojlanishi davomida o’zlashtiradigan yana bir muhim roli bu jamoa a’zosi rolidir. Bolalar bog’chasi va maktabda sport to’garagida tengqurlari bilan muomala qilganda bola jamoa a’zosi, o’rtoq, do’st, o’quvchi, yetakchi kabi rollarni o’zlashtiradi. Har bir inson iste’molchi rolini bajaradi. Chunki u hayoti mobaynida zarur bo’lgan narsalarga doim ehtiyoj sezadi. Bular: ovqat, kiyim-kechak, kitob va boshqalar. Jamiyat insonga taqdim etgan xizmatlardan oqilona foydalana olishni bola yoshligidayoq o’zlashtirishi lozim.
Yana bir muhim ijtimoiy rol-o’z vatani fuqarosi bo’lish, uni sevish, u bilan fahrlanish, vatanparvar bo’lish bilan bog’liqdir. Shu bilan birga bola o’zlashtirishi mumkin bo’lgan boshqa rollar ham bor. Masalan, mutaxassis roli. Uni bola maktab, lisey yoki boshlang’ich kasbiy bilim yurtlarida o’zlashtiradi. Salbiy rollarga daydi rolini misol qilsak bo’ladi. Katta shaharlar ko’chalarida, magazin, bozor, jamoa transportlarida tilanchi bolalarni ham uchratishimiz mumkin. Ular bu rollarga ko’nikishgan. O’tgan-qaytganlardan mohirlik bilan pul undirib olishadi. Ular orasida o’g’irlik bilan shug’ullanadiganlari ham uchraydi. Ba’zi hollarda bo’lsa, ularni bu ishga kattalar undashadi.
mobaynida o’rganuvchi mustaqil ilmiy sohaga aylandi. Ijtimoiylashuvning turli konsepsiyalarining tahlili uni shartli ravishda ikki asosiy yondoshuvga ajratish imkonini beradi:
-subyektiv-obyektiv. Unda insonga jamiyat ta’sirining passiv iste’molchisi sifatida qaraladi (E.Dyurkgeym, T.Parsons)
-subyektiv-subyektiv. Bunda ijtimoiylashuv jarayonida insonning faol o’rni, uning hayotiy holatlarga ta’sir etish qobiliyati nazarda tutiladi.
Jamiyat va ijtimoiy moslashuv jarayonlarini tushunishning hozirgi talablariga ikkinchi yondashuv ko’proq mos tushadi, chunki zamonaviy fanda ijtimoiylashuv insonning madaniyatni o’zlashtirish jarayonidagi rivojlanish va o’zgarishi bilan aniqlanadi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin