Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


 Avstriya maktabining asosiy nazariy holatlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

 
11.1. Avstriya maktabining asosiy nazariy holatlari 
Marjinalistik inqilobning uch asoschilaridan (Menger, Djevons, Val`ras) 
faqatgina Karl Menger (1840-1921) birinchi bosqichda mashhurlikka ega bo`ldi. 
Xususan, bu mashhurlik uning tomonidan o`z nazariyasi talqini davomida 
matematikaning qo`llanilmaganligida namoyon bo`ldi. Mengerning shogirdlari va 
izdoshlari Avstriya maktabini tashkil etishdi. Menger shogirdlari orasida yirik 
nazariyotchilardan Fridrix Vizer (1851-1926) va Evgeniy Byom – Baverk (1851-
1914) nomlarini tilga olish mumkin. Ba`zi holatlarda mazkur maktab “Vena 
maktabi” deb ham tilga olinadi, Chunki ko`rsatilgan barcha iqtisodchilar Vena 
universiteti professorlari edi. 
Predmet va uslub.
Avstriya maktabi tadqiqotlari predmeti sifatida, iste`mol 
sohasi (talab) olingan. Bunda, asosiy yondashuv mikroiqtisodiy darajaga qaratilib, 
bu jarayon individual xo`jalik faoliyati darajasi sifatida qabul qilingan. 
Uslub
. Avstriya maktabi nazariyasida so`z avvalambor, izolyatsiya 
holatidagi inson xo`jalik faoliyati haqida yuritilib, bunda faqatgina inson 
narsalarga bo`lgan munosabati ko`rib chiqiladi, va Shu sababli mazkur uslub 
«Robinzona»da uslubi ham deb yuritiladi, zero Avstriyaliklar izolyatsiya 
holatidagi inson xo`jaligi misoli tariqasida yovvoyi oroldagi Robinzon xo`jaligini 
keltirishni xush ko`rishgan. Avstriyaliklar metodologiyasi yana bir xususiyati
alohida 
inson 
uchun 
iste`mol 
predmetlari 
foydaliligini 
baholashdagi 
sub`ektivizmdir. Avstriyaliklarning ta`kidlashicha, iqtisodiyot fani psixologiyaning 
to`la shakllanmagan sohasidir. Marjinalistik inqilob boshqa namoyandalaridan 
Avstriya 
maktabini 
ajratuvchi 
metodologiyaning 
uchinchi 
xususiyati, 
iqtisodiyotdagi vaqt omiliga e`tiboridir.
Tannarx
. Menger predmet tushunchasi ostida insonga mo„ayyan foydani 
ta`minlovchi narsani tushungan. Keyingi qismlarda predmetlar iqtisodiy 
cheklangan va erkin predmetlarga ajratilgan. Iqtisodiy predmetlar, tannarxga ega 
bo`lib, tannarx ularning maksimal darajadagi foydaliligi, ya`ni nafaqat foydalilik, 
balki mazkur predmetning miqdori (kam uchrashi) bilan belgilanadi. Bunda, 
foydalalik va miqdoriy darajalar sub`ektiv tushunchalar toifasiga kiritilgan. 
Foydalilik darajasi iste`molchining indvidual yoqtirishlari bilan belgilanadi
miqdoriy tushuncha esa, iste`mol hajmiga taqaladi. Buning misoli tariqasida 
Menger, Robinzonni keltirib, Robinzon ham boshlang`ich davrlarda dengiz to`lqini 
unga bir qop bug`doyni orolga olib kelib tashlaganida, birinchi qopni yuqori 
darajada baholaydi, Chunki bu qop uni ochlik o`limidan saqlab qoladi, ikkinchi 
qop esa kamroq darajada baholanadi, Chunki ikkinchi qop ikki kishiga 


98 
mo`ljallangan edi. Umuman olganda, Robinzon ehtiyojlari besh qop bilan 
qoplangan. Bunda, beshinchi qopga ehtiyoj qiyinchilik bilan kelib chiqdi 
(beshinchi qop bug`doyi qushlarga edirildi). Beshinchi qop foydalilik darajasi 
maksimal bo`ldi. 
Avstriyaliklar asarlarida maksimal foydalilik darajasi illyustratsiyasi uchun 
keltirilgan sodda misol murakkab konstruktsiyalar bilan ham to`ldirilgan. Masalan 
K. Menger va E. Byom-Baverk asarlarida, iste`mol ehtiyojlarining biri emas
o`nlab turi keltirilgan indvidual baholash taqsimlanishi sxemasi uchraydi. Mazkur 
sxema quyidagi ko`rinishga ega (11.1.1-rasm). 

II 
III 
IV 

VI 
VII VIII IX 

10 

































































Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin