Samarqand davlat universiteti



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/46
tarix09.12.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#120682
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   46
mehnat resurslari iqtisodiyoti (1)

4.Migratsiya sabablari. 
Migratsiya sabablari deganda ishchi kuchining bir joydan ikkinchi joyga o’tishi 
vujudga keltirgan ob`ektiv va sub`ektiv shart-sharoitlarini, o’zaro aloqalar va o’zaro 
bog’liqlikni birga qo’shib olib borish tushuniladi. 
Hozirgi vaqtda ishchi kuchi migratsiyasining sabab oqibatlari o’zaro 
bog’liqligini tushuntirib beradigan bir qator nazariyalar va kontseptsiyalar ishlab 
chiqilgan. Ular yordamida mintaqalar o’rtasidagi turli migratsion oqimlarining 
kulami, yo’nalishlari, jadalligi, xududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi mezonlari 
bilan birgalikda makro darajada muvofiqlashtiradi. Bunday o’zaro aloqalarning 
muhim jihati – ular fe`l-atvorining migrantlar tarkibiga (yoshiga, jinsiga, ma`lumot 
darajasita va kasbiy tayyorgarligiga ) bog’liqlikni aniqlashdir. 
Ayrim shaxslar, oilalar yoki uy xujaliklarining turmush sharoitidagi u yoki bu 
ko’rsatkichlarining o’zgarishi, migratsiya to’g’risida qaror qabul qilish muhim 
bo’lgan ko’rsatkichlarning o’zgarishiga migratsion javob mikro darajada o’rganiladi. 
Bunday yondashuv xulk-atvor qonuniyatlarini tadqiq qilish uchun zarurdir. Umuman 
ishlab chiqilgan nazariyalar va kontseptsiyalar migratsiyani bashorat qilishda muhim 
bo’lgan modellar va farazlar tuzilishiga asos bo’ladi. 
Migratsiya sabablarini birinchi marta nazariy jihatdan tushuntirib berish odatda 
ingliz geografi Rovensteyn nomi bilan bog’lanadi. U XIX asrning oxirlarida 
«Migratsiya qonunlari» nazariyasini taklif qilgan edi. Ana shu qonunlariga muvofiq 
migrantlar bir xududni cheklangan imkoniyatlar bilan tark etib, boshqa mintaqalarga 
katta imkoniyatlar niyatida joylashib oladilar. YAngi joylarni tanlashda masofa katta 
rol uynaydi, chunki migrantlar yaqinrok masofalarga joylashishni xoxlaydilar. 
Qishloq-shahar migratsiyasinint har bir oqimi qishloq joylariga qarama-qarshi 
migratsiya oqimini vujudga keltiradi. Rovensteyn aytganidek, shahar aholisi qishloq 
aholisiga nisbatan kam harakatdir. SHuningdek, transport va aloqa vositalarining 


36 
rivojlanishi, savdoni kengayishi hamda sanoatning usishi ham migratsiyani 
kuchaytiradi. 
Utgan asrning oxirlaridan buyon bu qonunlar tadqiqotchilar tomonidan kup 
marta tekshirildi va tuzatishlar kiritildi. Migrantlarni jalb qilish va turtib chiqarish 
nuqtai nazaridan migratsiya sabablariga aloxida e`tibor berilgan. Konkrent shart-
sharoitlarga qarab, yo jalb qilish omillari, yoki turtib chiqarish omillari, yoxud 
ularning almashinib kelishi xal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. Bu 
kontseptsiya yirik mintaqalararo oqimlar mexanizmini tushuntirib berishda muhim 
rol uynaydi, chunki ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonida turli tumanlar o’rtasidagi 
tafovutlar xususiyati o’zgaradi. Bu xol faqat keng xududga ega bo’lgan davlatlar 
nuqtai nazaridan emas, balki xalqaro migratsiya uchun ham dolzarbdir, chunki bu 
evolyutsiya jarayonida migrantlarni jalb qiluvchi va turtib chikaruvchi mamlakatlar 
ham o’zgaradi. 
Ishchi kuchining migratsiyasi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayon sifatida turli 
ob`ektiv va sub`ektiv sabablar bilan belgilanadi. Bu sabablarni aniqlash va 
tavsiflashning turlicha yondashuvlari mavjud. Migratsiya sabablarining butun xilma-
xilligi odatda, tabiiy iqlim, demografik, etnik, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa 
yiriklashgan guruhlar tarzida olib qaraladi. Aniq yo’nalishlarni o’rganishda 
migratsiya sabablarining mazmuni batafsillashtiriladi. 
Migratsiyaning 
tabiiy-iqlim 
sabablari 
deganda 
atrof-muhitning 
ta`siri 
tushuniladi. U iqlim, landshaft, ekologik tizimdagi o’zgarishlarni o’z ichiga oladi. 
Tabiiy iqlim sabablarining migratsiyaga ta`siri yashash joyini o’zgartirganda 
migrantlar bu qismining yangi joydagi iqlimga moslashuvi zarurligida namoyon 
bo’ladi. Bu ba`zida kuchib kelganlar salomatligining yomonlashuvi bilan yoki 
migrantlarning ayrim qismlari uchun esa bu ob-havo-iqlim shart-sharoitlari yaxshi 
ta`sir qilishi bilan xarakterlanadi. 
Demografik sabablar aholining jinsi, yoshi, nikox-oilaviy ahvoli va hokazolar 
tuzilishidagi xududiy tafovutlar bilan bog’liqdir. Aholining jinsi va yoshi bo’yicha 
farqlar o’zgarishlar (masalan, «tuqimachilik» shaharlari, yosh nikox yoshdagi 
erkaklar kup bo’lgan qishloq tumanlari) tegishli o’zgarishlarni, bir kadar «nikox» 
migratsiyasini keltirib chikaradi. 
Migratsiyaning etnik sabablari deganda turli xalqlar milliy an`analari, urf-
odatlari, 
moddiy 
va 
ma`naviy 
madaniyatining 
o’ziga xos tomonlarining 
harakatchanlik darajasiga, migratsiyaning tuzilishi va yo’nalishiga ta`siri tushuniladi. 
Ishchi kuchining migratsiyasi iqtisodiy usishning eksteksiv va intensiv turlari 
bilan chambarchas bog’liqdir. Ma`lumki, eksteisiv turda ish o’rni va ishchi kuchining 
miqdoriy kupayishi sodir bo’ladi. Intensiv tur ularning sifat jihatidan rivojlanishini 
nazarda tutadi. Iqtisodiy usishning har ikkala turi bir-biriga mustahkam qo’shilib 
ketgan Aslida, sanoatda band bo’lgan kishilarning soni, masalan, ularning malakasini 
o’zgarishi bilan birga sodir bo’ladi, bu esa ekstensiv va intensiv o’sish turlarining bir-
biriga tutashib ketganligini bildiradi. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin