37
tutadi. Bu tushunchani,
uning maqsadlarini aniqlashga, samaradorligiga baxo
berishning turlicha yo’nalishlari mavjud. Odatda, migratsiya siyosati deganda
migratsiyani
cheklaydigan yoki, aksincha, uni rag’batlantiradigan maxsus choralar
tushuniladi. Bevosita va bavosita usullar mavjud. Tartibga
solishning bevosita
usullari migrantlarining bir joydan ikkinchi joyga kuchib borishi harakatlariga
mablag’ ajratishni, ularni zarur axborot bilan ta`minlashni o’z ichiga oladi.
Bavosita
usullar to’plami ham xilma-xildir.
U, masalan, sanoat korxonalari qurilishini, ishchi kuchining ommaviy ravishda
ketib qolgan joylarda infrastrukturani rivojlantirish va shu kabilarni o’z ichiga oladi.
Ishchi kuchining kelishini cheklash nolegal migratsiya
turi shakllarining paydo
bo’lishiga olib keladi. Uni rag’batlantirish, shu jumladan, har xil imtiyozlardan
foydalanish mintaqaning
jozibadorligini kuchaytiradi, ishchi kuchining ortiqcha
aylanishiga sabab bo’ladi.
Ko’proq tashqi migratsiya tartibga solib turadi. Ko’pgina rivojlanayotgan
mamlakatlar malakasiz ishchi kuchining oqib kelishini cheklaydilar.
Lekin yuqori
mutaxassislarning xalqaro oqimlarga munosabati boshqacharoqdir. Ishchi kuchi ketib
qoladigan mamlakatlar uchun bu xodimlarning mazkur toifasi migratsiyasi «aqliy
mehnat kishilarning ketib qolishi» degan umumiy so’zlar bilan ifodalanadi, bu esa
ularning ma`lumot olishi uchun qilingan sarf-xarajatlarning
qaytib kelmasligini
bildiradi. Bu toifadagi xodimlar joylashib olgan mamlakatlarda, odatda, ularning
ishga urnashmog’i va ish bilan bandligi uchun yaxshi imkoniyatlar mavjud bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: