G’umbagi odatda harakatsiz, uning hamma o’simtalari tanaga yopishgan. G’umbaklanish qurt
oziqlanadigan yerda bo’lmasdan, balki tuproqda o’tadi. Ochiq holidagi g’umbaklar ko’pincha
turli
narsalarga aralashib ketgan ipak toladan, ba’zan toza ipakdan yasalgan pilla ichiga joylashadi.
Tanga qanotlilarning yillik sikli har xil. Ko’plari monvoltlidir, boshqalari yilda bir necha marta qayta
rivojlanadi. Yog’och ichida yashovchilar esa, rivojlanishi ikki-uch yil davomida o’tadi Qishlashi ba’zi turlar
tuxumlik (Lymantria dispar); qurtlik (Agrotis segetum), g’umbaklik (Helicovera armigera) fazalarida
amalga oshadi.
Tanga qanotlilar - o’simlikxo’r hasharotlar. Yetuk individlar gul nektari bilan oziqlanadi, qurtlari esa
o’simlik to’qimasini kemirib katta zarar keltirishi mumkin. Ayrim kuyalarning qurtlari muyna, jun
mahsulotlarga shikast yetkazadi, ularni kerotgofaglar qatoriga kiritiladi. Mum hisobiga yashovchi mum
parvonasi asalarichilikka zarar yetkazadi. Ipak qurti (Bombyx mori L.) odam uchun xom ashyo (ipak)
yetkazib beradi. Demak, tangacha qanotlilarni tabiatda tutgan o’rni va odam uchun ahamiyati katta.
Sistematika nutqai nazardan ular 3-ta kenja turkumga bo’linadi.
Birinchisi jag’lilar k/turkumi - Laciniata. Bularning og’iz organlari chaynovchi tipda. Bularda
chaynovchi va ikki bo’lak uzun 5 bo’g’im paypaslagichli, pastki jag’lari rivojlangan, lichinkalari 8 juft qorin
oyoqli, g’umbaklari erkin, jag’lari qimirlaydi. Qanotlari tuzilishi jihatidan sodda, mayda kuyalar shu kenja
turkumga kiradi. Ularning qurtalri mox yoki lishayniklar bilan oziqlanadi va xo’jalik ahamiyati yo’q.
Ikkinchi k/turkum teng qanotlilar - Sugata. Bularning og’iz organlari, agar rivojlangan bo’lsa,
so’ruvchi tipda. Yuqori jag’i yo’q
yoki rudimentka aylangan, pastki jag’i ichki bo’laklarsiz, xartumga
aylangan. Oldingi va keyingi qanotlari bir-biriga o’xshash. Qurtlari 5 juft qorin oyoqli, g’umbagi erkin yoki
yarim erkin. Bu guruhga qadimgi va sodda belgilarga ega bo’lgan kapalaklar kiradi. Ko’proq Avstraliyada
uchraydi. ingichka - to’qirlar - Hepialidae oilasining turlari ko’proq bo’lib, bir turi (Hepialus humuli L.) ning
qurtlari tuproqda yashaydi va zarar keltiradi.
Uchinchi k/turkum oliy so’ruvchilar - Frenata. Og’iz organlari rivojlangan bo’lsa so’ruvchi tipda
tuzilgan. Ikki juft qanotlari shakl va tomirlanishi jihatidan bir xil emas, oldingilari keyingilariga nisbatan
yiriqroq. Orqa qanot radial tomiri shoxlanmagan. Qanotlari bir-biriga ilgakcha yordamida birikadi. Bularga
70 dan ortiq kapalaklar oilasi kirib, mayda turli qanotlilar va yirik turli qanotlilar gruppalarga bo’linadi.
Parvona kapalaklar - Pyralidae oilasi. Bu kapalkalar kechasi yorug’likka uchib kelganliklari uchun
parvona kapalaklar deb ataladi. Kapalakning tanasi ingichqaroq,
oyoqlari uzunroq, oldingi qanoti qiyshiq,
uch burchak, orqa qanoti kalta, oval shaklda va tomirlari qisman qo’shilib ketgan. Hasharot tinchlanganida
qanotlar yassi uchburchak bo’lib taxlanadi. Bir necha ming turlarni birlashtiradi. Ba’zi turlari katta zarar
keltiradi. Masalan, hammaxo’r o’tloq parvonasi (Loxustege sticticalis L.) qand lavlagi va boshqa dala
ekinlarini qattiq shikastlaydi. Poya parvonasi (Ostrinia nubilalis Hb.) qurtlari yo’g’on poyali o’simliklar
(g’o’za, makkajo’xori) ichida yashaydi. Asalari qutilarida mum parvonasi (Galleria mellonella L.) katta
zarar keltiradi. Parvona kapalaklar Yevropadan Shimoliy Amerikaga tarqalgan.
Odimchilar - Geometridae oilasi. Bularda 12 minga yaqin turi bor. Kapalaklarning tanasi ixcham,
hartumchalari taraqqiy etgan, qanotlari keng, tinchlangda yassilanib yotadi. Qanot sathida ko’pincha bir
necha qator ko’ndalang yo’llari bor, ilgakchasi taraqqiy etgan, orqa juftlarida hammasi bo’lib 7-8 uzunasiga
yotgan tomirlari bor. Qurtlarining qorin oyoqlari 2 juft, shu sababli “odim tashlab” o’rmalaydi,
natijada
boshqa kapalk qurtlariga nisbatan tezroq yuradi. Bularda harakatsiz holat - kriptizm taraqqiy etgan. Ko’p
turlari daraxt va butalarda yashaydi. Qishki odimchi (Operophthera brumata L) zararkunanda bo’lib
hisbotlanadi. Urg’ochisida qanotlari kalta. Erkaklari janubda hatto dekabrda uchradi. Qurtlari meva
daraxtlarining kurtak va barglari bilan oziqlanib zarar keltiradi. Bizda tut daraxtlarni tut odimchasi
shikastlaydi.
Tunlamlar - Noctuidae oilasi. Tanga qanotlilar turkumining eng katta oilasi, 20 mingga yaqin turi
bor. Kapalklarda xartumining taraqqiy etganligi va oldingi qanotlarida tuplam naqshi bo’lishi bilan
xarakterlanadi. Bu naqsh 5-ta ingichka to’lqin yo’lli ko’dalang izlar va 3-ta o’rta dog’lardan iborat. Qurtlari
tuksiz va g’umbaklari tuproqda rivojlanadi. Nasldorligi yuqori, ko’p turlari o’simliklarga katta zarar
keltiradi. Qurtlari quyidagi 3-ta morfobiologik gruppalarga:
quyi kemiruvilar, yuqori kemiruvchilar,
ko’katxo’rlar va odimchasimonlarga bo’linadi.
Quyi kemiruvchilar yoki yer tunlamlari keng tarqalgan bo’lib, qurtlari tuproqda rivojdanadi. Tanasi
silliq va peshona uchburchakda gardon chokidan uzunroq. O’simliklarning tuproqdagi ildiz bo’g’im
qismlarini kemiradi. Misol ko’k qurt tunlami (Agrotis segetum) Markaziy Osiyoda g’o’za va boshqa qishloq
xo’jalik ekinlariga katta zarar yetkazadi.
Yuqori kemiruvchilar, yangi o’zlashtirilgan yerda bo’g’donlarga zarar keltirib, qurtlari
o’simliklarning yer ustki qismida rivojlanadi. Peshona uch burchagi ularda gardon chokidan qisqaroq yoki
tanasi mayda tikanchali. Bularga karam tunlami (Mamestra brassicae L.) va kulrang g’alla tunlami (Apamea
sordens Huft) misol bo’la oladi.
Ko’sak qurti (Heliothis obsoleta F.) g’o’za, makkajo’xori, pomidorlarga katta zarar yetkazadi.
Odimchasimon tunlamlar qurtlarining qorin oyoqlari 3 juft bo’lganligi uchun odimchilariga o’xshab
o’rmalashadi. Bularga gamma tunlami (Plusia gamma L.) kiradi. Bular ham, boshqa tunlamlar kabi, dala
ekinlariga zarar keltiradi.
Dostları ilə paylaş: