turli arilar hasharotlar va boshqa bo’g’im oyoqlilar bilan aktiv oziqanadi. Ko’pgina ingichka bellilar,
masalan asalarilar, ari va chumoli turlari jamoa bo’lib yashaydi va katta inlar quradi.
Parda qanotlilar o’simliklarni changlatishda muhim o’rin tutadi. Zararkunanda hasharotlarni
kamaytirishda ko’p turlarining ahamiyati katta. Ba’zi tur pardaqanotlilar yani -trixogramma, brakon,
apantelis zararkunandalarga qarshi biologik kurashda foydalaniladi.
Parda qanotlilar turkumi 2-ki kenja turkumga botiq qorinlilar va xipcha bellilarga bo’linadi.
Botiq qorinlilar k/turkum - Symphyta. Bular qorinlarning botiqligi, oyoq o’ynagichining 2
bo’g’imliga o’xshashligi bilan farq qiladi. Lichinkalarining boshi yaxshi taraqqiy etgan, ba’zan qorin oyoqli,
hammasi o’simlikxo’r hisoblanadi. Bular ikkita bosh oilaga bo’linadi.
Arrakashlar bosh oilasi - Tenthredinoidea vakillarining tuxum qo’ygichi chiqib turmaydi, arrasimon
tishli. Bularga 2-ta oila kiradi.
Asl arrakashlar - Tenthredinoidea oilasi. Bularning ko’p turi bor. Tuxumlarini tuxum qo’ygich bilan
tirnalgan yoriqlarga bittadan yoki zanjircha holda o’simlik bargi yoki boshqa organlar to’qimasiga qo’yadi.
Lichinkalari soxta qurt deb ataladi. Ko’krak oyoqlari yaxshi taraqqiy etgan. 6-8 juft qorin oyoqlari bor. Ko’p
turlari zararkunanda. Masalan, krijovnik sariq arrakashi - Pteroidea ribesi: Scop smorodina va krijovniklarga
zarar yetkazadi. Qarag’ay arrakashi - Diprion pini L. o’rmon xo’jaligiga jiddiy zarar keltiradi. Cephus
pygmacus L. yoki g’alla arrakashining lichinkalari g’alla ekinlarini shikastlaydi va hosilini kamaytiradi.
G’alla arrakashi Cephidae oilasiga mansub.
Xipcha bellilar k/turkumi - Apocrita Bu k/turkumning
vakillari ingichka belli, oyoqlar o’ynagichi
oddiy yoki ikki bo’g’imli. Lichinkalari oyoqsizligi, boshi kichikligi, oq rangli bo’lishi bilan xarakterlanadi.
Bular 10 tadan ko’p bosh oilaga bo’linadi. Shulardan 3-tasi parazit formalilardir.
Yaydoqchilar - Ichneumonidea bosh oilasi. Bularning oyoqlari o’ynagichi ikki bo’g’imli, mo’ylovlari
tirsakli emas, 16 bo’g’imdan kam bo’lmaydi. Oldingi qanotlari katakcha ko’zchalidir. Ko’plarida qorni uzun
tuxum qo’yigichli. Hasharotlar va boshqa turli bo’g’im oyoqlilarda parazitlik qiluvchi juda ko’p turlarini o’z
ichiga oladi.
Asl yaydoqchitlar - Ichneumonidea oilasi. Bularga deyarli yirik, serharakat turlar kiradi. Oldingi
qanotlarining M va S tomirlari ikkita ko’ndalang shoxobcha tomirchalar bilan qo’shiladi va ikkita yopiq
katakchalar bor. Ko’pi kapalaklar, parda qanotlilar va qisman ikki qanotli hasharotlar, shuningdek
o’rgimchaklar paraziti bo’lib hisoblanadi. Tog’li hududlarida toq ipak qurtining (Lymantria dispar)
g’umbaklarida yadoqchilardan Pimpla instigator parazitlik qiladi va 30% gacha ularni shikastlaydi. Olma
qurtining diapuzaga ketgan qurtlarini hisobida Masturus carpocapsa ning lichinkalari rivojlanadi.
Brakonidlar - Braconidae oilasi. Bularga mayda ko’p
turlar kirib, oldingi qanotlardagi M va S
tomirlari o’rtasidagi ko’ndalang kesik tomir bitta va atroflari berk katakcha ham bitta bo’lish xarakterlidir.
Asosan tanga qanotlilar paraziti bo’lib hisoblanadi. Masalan Apantelis glomerater oq kapalaklari qurtlarini
ko’p halok qiladi. Afidiuslar o’simlik shiralarida parazitlik qiladi. zararlangan shiralar qorayadi va yumaloq
ko’rinishda bo’lib, puchlanib qoladi.
Xalsidsimonlar - Chalcidoidae oilasi. Tanasi kichik, ko’pincha yaltiroq. Qanot tomirlanishi
soddalashgan, atrofi berk, katakchasida “ko’zchalar” yo’q. Mo’ylovlari tirsakli, bo’g’im soni 15
tadan
ortmaydi, asosiy bo’g’im uzun. Tuxum qo’ygichi qorin uchi ostidan chiqadi. Mingdan ortiq turi ma’lum. Bir
nechta oilalarga bo’linadi. Ko’pchiligi turli mayda hasharotlarning ichki va tashqi parazitlari bo’lib
hisoblanadi. Ba’zilari tuxumxo’r, ya’ni tuxumlar parazitlaridir. Masalan, trixogramma turi olma qurti, kuzgi
tunlam, kusak qurti, karadrina deb nomlangan zararkunandalarini tuxumlarini shikastlaydi va rivojlanadi.
Xalsidsimonalarning qisman turlari fitofaglardir. Masalan, beda va sebarg yo’g’on oyoqlar -
Brychophagus rodil; B. gibbus lichinkalari dukkakli o’smliklar urug’lari ichida rivojlanadi, ularning urug’
mahsulotlarini kamaytiradi va sifatini buzadi. O’rik, olxo’ri va bodom donagi ichida bodom urug’xo’ri -
Eurytoma amygdali End., sarig’ akasiya urug’ida esa akasiya urug’xo’ri - E. caraganae Nik. larining
lichinkalari rivojlanib, ularga zarar keltiradi.
Arisimonlar - Vespoidea bosh oilasi. Bularning oldingi yelka yonboshlari orqa tomonidan qanot
qopqog’igacha yetib boradi. O’ynagichlari bir bo’g’imli, tanasi tuksiz, ular yirik
va turli-tuman gruppani
tashkil eitadi va bir nechta oilaga bo’linadi:
Skoliylar - Scoliidae oilasi. Bular yirik tanasi va oyoqlari tukli. Biologik jihatdan yaproqchasimon
mo’ylovli qo’ng’iz lichinkalari bilan yaqinidan bog’liq. O’rg’ochi individ tuproqdagi lichinkani topib, uni
nayzasi yordamida shikastlaydi va ichiga tuxum qo’yadi. Arining lichinkasi sekin-asta o’lja bilan oziqlanib
rivojlanadi. Xrush va boshqa yaproqchasimon mo’ylovli qo’ng’izlar lichinkalarini kamaytirib foyda
keltiradi.
Taxlanma qanotlilar - Vespidae oilasi. Bularning oldingi qanotlari uzunasiga taxlanadi, tanasi tuksiz
yoki siyrak tukli. Jamoa va yakka yashovchi turlari bor. Hasharotlarni o’ldirib oziq tayyorlaydi va u bilan
lichinkalarini boqadi. Katta ari-qovoqari Vespa crabro L. va unga yaqin turlar o’simliklardan “yupqa
qog’oz” inlar yasaydi va lichinkalarini boqadi.
Asalarisimonlar - Apoidea bosh oilasi. Bularning 30 ming atrofida turi ma’lum. Vakillarining oldingi
yelkasi qazuvchi arilarnikiga o’xshash xalqasimon, lekin tanasi tukli, orqa panjasining birinchi bo’g’imi
ancha kengaygan va gul chansini yig’uvchi apparatga aylangan. Yosh avlodi asal shirasi va gul changi bilan
boqiladi.
Biologik jihatdan ular yakka yashovchilar, jamoichilar va kakku asalarilar guruhlarga ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: