Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi


Strategiya rejasini tuzish



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə48/119
tarix04.11.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#118984
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   119
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi

9.3. Strategiya rejasini tuzish
Kompaniyaning korporativ vazifalari va biznes-strategiyasi belgilab berilgach, sanoat marketologi marketing dasturini ishlab chiqishi lozim. Marketing dasturi – bu belgilangan korporativ va biznes-vazifalarga (bozor ulushi, sotuv hajmi, investisiyalar qaytimi va h.k.ni oshirish) erishish bo’yicha reja bo’lib, beshta elementdan iborat bo’ladi:
1) bozor segmentlari;
2) mahsulotlar;
3) narx shakllantirish;
4) distribusiya;
5) kommunikasiyalar.
Marketing dasturi – uni tashkil qiladigan qismlarning oddiy yig’indisidan ko’ra kattaroq narsa. Marketolog-strateg bu elementlarni shunday birlashtirishi lozimki, bunda muvozanat va muvofiqlikka erishish talab etiladi. Mahsulot strategiyasi segmentlash strategiyasiga mos kelishi lozim.
Narx shakllantirish va distribusiya mahsulot strategiyasiga, kommunikasiyalar esa – distribusiya strategiyasiga mos kelishi lozim. Marketing dasturining bu elementlarini muvofiqlashtirish sanoat marketingi samaradorligining zaruriy shartidir. Sanoat marketologi, iste’mol tovarlari bozoridagi marketologdan farqli ravishda, o’z vazifalarini bajarishda boshqa bo’limlarga, ayniqsa, ITTKI xizmati va ishlab chiqarish bo’limiga kuchliroq bog’liq bo’ladi.
Marketingni rejalashtirishdagi muvaffaqiyatsizliklar ko’pincha strategik rejalashtirish jarayonini sanoat marketingining o’ziga xos talablariga moslashtira olmaslik bilan izohlangan. Xususan, bu talablar qatoriga quyidagilar kiradi:
■ sanoat marketologi odatda bir nechta mahsulot/bozor va marketing kanallari bilan ishlashini tushunish;
■ o’z rejalarida tashkilotning boshqa bo’limlari bilan o’zaro aloqalarda yuzaga keladigan cheklovlarni hisobga olish zarurati.
Marketingni rejalashtirish bosh rahbariyatning, shuningdek, marketologning majburiyati hisoblanadi. Oliy rahbariyat korporativ vazifalarni belgilab berishda tashqari tashkilotning ish tamoyillarini belgilashi, turli bo’linmalar harakatlarini muvofiqlashtirishi ham lozim bo’lib, bu marketing rejalarini samarali ishlab chiqish va amalga oshirish uchun zarurdir.
Marketolog strategik rejalashtirishning har bir pog’onasida muhim rol o’ynaydi. «Biz qaysi biznes bilan shug’ullanamiz?» va «Biz qaysi biznes bilan shug’ullanishni istaymiz?» savollari asosiy sanalgan korporativ strategiya darajasida marketolog biznes maqsadlari mijozlarning asosiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda belgilanganiga ishonchi komil bo’lishi lozim. Mijozlarni qondirish kompaniyaning ustuvor vazifasi bo’lishi lozim, chunki faqat mijozlarning ehtiyojlari qondirilgandan keyingina kompaniya manfaatdor shaxslar – aksiyadorlar, xodimlar, menejerlar va ta’minotchilar uchun samarani maksimallashtirishi mumkin. Biznes-birlik strategiyasi darajasida marketologlar kompaniya o’zining bozor maqsadlarini belgilab olishi va unga raqobatchilar bilan taqqoslaganda foydaliroq pozisiya egallash imkonini beradigan biznes-strategiya ishlab chiqishi mumkin bo’lishi uchun raqobatli bozor sharoitlari va mijozlarning ehtiyojlarini eng to’liq va aniq tushunishni ta’minlashi lozim.
Shubhasizki, funksional marketing strategiya darajasida marketolog rejalashtirilgan biznes strategiyasini amalga oshirish uchun segmentlash, mahsulot, narx, distribusiya va sotuvni rag’batlantirish borasida strategiyalar optimal kombinasiyasini belgilashi lozim. Marketing samaradorligi asosan marketing bo’limi rahbarlarining mijozlarga yo’naltirilgan yondashuv ustunliklarini dalillar keltirib isbotlash va tom-menejmentni uni amalga oshirish uchun zarur resurslar ajratishga ishontirish qobiliyatiga bog’liq bo’ladi.
Shunday qilib, marketing vazifasi mijozlarning ehtiyojlarini qondirish yo’li bilan ular bilan uzoq muddatli munosabatlar o’rnatish bo’lib qolaveradi. Bunday yondashuvda marketologdan kompaniya turli bo’linmalari faoliyatini, kompaniyaning kuchli tomonlari va texnologiyalarni yanada yaxshiroq bilish talab etiladi. Faqat shu tarzdagina marketing bo’limi o’z strategiyalarini amalga oshirish bilan samarali shug’ullanishi mumkin. Demak, marketologning, uning yechimi butun tashkilotning mijozlar muammolarini hal qilishga tayyorligiga bog’liq bo’lgan asosiy vazifasi (ayniqsa, sanoat kompaniyasida) – kompaniya va uning har bir xodimini mijozlarga yo’naltirilgan qilish hisoblanadi.
Sanoat marketingida strategiyalar ishlab chiqishda asosiy qoida – «O’z mijozingni bil». Biroq bundan boshqa qoidalar ham mavjud: «O’zingning boshqalardan ajratib turadigan kompetensiyalaringni bil», «O’z raqobatchilaringni bil», «Mijozlaringning mijozlarini bil», «O’z mijozlaring tarmog’i va raqobatchilarini bil» va «O’z tashkilotingni shunchalik yaxshi bilki, uni mijozlarning muammolarini hal qilish uchun ishlata bil».

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin