10.2. Xalqaro marketingda narx shakllanishining o’ziga xos tomonlari
Marketing strategiyasini ishlab chiqishda eng muhim muammo, korxonani foyda olishga yo‘naltirish hisoblanadi. Uning yechimini topishda jahon tajribasida quyidagi yondashuvlar mavjud.
Maqsadli bozorni o‘zlashtirish yo‘llarini qidirishda muqobil strategiyalarni aniqlash uchun I.Ansoff tomonidan 1966 yilda taklif etilgan “tovar-bozor” matritsasi ishlatiladi. Bu quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan.
10.2-jadval «Tovar-bozor» matritsasi4
Tovarlar
Bozorlar
Joriy
Yangi
Joriy
Bozorga chuqurrok kirib borish strategiyasi
Sotishni jadallashtirish
Yangi haridorlarni kidirish
Raqobatchilarni sindirish
Tovarni iste’mol soxasini kengayishi
Bozorni rivojlantirish strategiyasi
Yangi bozorlar
Yangi sotish xududlari
Xalqaro bozorlar
Tovarni ishlatilishini yangi soxalarini tuzish
Yangi
Tovarni rivojlantirish
Uz kuchi bilan yangi tovar ishlab chiqarish
Bitimlarni rivojlantirish
Litsenziya
Maxorat bilan ayirboshlash
Diversifikatsiya
Gorizontal
Vertikal
Konsentrik
Yangilik kirituvchi raqobat strategiyasi — tubdan o‘zgartirish va yangiliklar kiritishga yo‘naltirilgan strategiya. Ushbu tavakkalchilik yuqori bo‘lgan biznes bilan shug‘ullanuvchi firmalarni ko‘pincha «ilk qaldirg‘ochlar» deb atashadi.
Differensiatsiyalanish — kompaniyalarning bozorda egallagan o‘rinlarini ajratib (chegaralab) olish jarayonidir. Keskin kurashga kirishib ketmaslik uchun firmalar bitta o‘rinni egallamaslikka harakat qiladilar. Ularning har biri raqobatchilar tovarlaridan bir oz farq qiluvchi tovarlar ishlab chiqaradi va bozorda o‘z segmentini egallaydi. Nima sababdan haridor aynan shu mahsulotni tanlab oladi? Bunda u qaysi mezonlarga amal qiladi? Uni ma’lum bir tovar yoki xizmatni tanlashga qanday qilib ko‘ndirish mumkin?
Shu kabi savollar har bir firmaning tijorat faoliyatida asosiy rol o‘ynaydi. Butun bozor iqtisodiyoti uchun esa bu savollar ushbu mamlakatda qaysi tovarlar ishlab chiqariladi degan savol bilan bir xil kuchga ega hisoblanadi. Bu savollarning javoblari raqobatbardoshlik tushunchasi bilan bog‘liq.
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, firmaning afzalligini o‘sish manbalarini o‘zlashtirishni 4 ta asosiy strategiyalari bo‘lishi mumkin: bozorga chuqurroq kirib borish strategiyasi; tovarni takomillashtirish strategiyasi; bozorni rivojlantirish strategiyasi; diversifikatsiya.