Takrorlash 1. ABC va A1B1C1uchburchaklar o'xshash, AB=6 sm, BC=9 sm va CA = 10 sm. Agar A1B1C1 uchburchakning katta tomoni 7,5 sm bo'lsa, uning qolgan tomonlarini toping.
2. ABC uchburchakning AB tomoniga parallel to'g'ri chiziq AC tomonni A uchidan boshlab hisoblaganda 2:7 kabi nisbatda bo'ladi. Agar AB = 10 sm, BC = 18 sm va CA = 21,6 sm bo'lsa, to'g'ri chiziq ABC uchburchakdan ajratgan uchburchak tomonlarini toping.
3. Agar teng yonli trapetsiyaning yon tomoni o'rta chizig'iga teng va perimetri 48 sm bo'lsa, trapetsiyaning yon tomoni uzunligini toping.
4. Asoslari 6 sm va 3 sm bo'lgan to'g'ri burchakli trapetsiyaga ichki chizilgan aylana radiusini toping.
5. Agar A1A4 = 2,24 bo'lsa, u holda A1A2A3A4A5A6muntazam oltiburchakning perimetrini toping.
6. Agar N (7; 3) va M (-3; 5) bo'lsa, NM diametrli aylana uzunligini toping.
7. Uchidagi burchagi 120° bo'lib, radiusi 10 sm bo'lgan aylanaga ichki chizilgan teng yonli uchburchak yuzini toping.
8. Agar ABCD to'rtburchakda AB = 5 sm, BC = 13 sm, CD = 9 sm, DA = 15 sm va AC = 12 sm bo'lsa, ABCD to'rtburchakning yuzini toping.
9*. 90° li markaziy burchakka mos yoyning uzunligi 15π ga teng. Aylanaga tashqi chizilgan muntazam uchburchak yuzini toping.
5. Darsga yakun yasash va baholash– darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganligini o’quvchilar bilan birgalikda aniqlash. O’quvchilarning mavzu bo’yicha savollariga javob berish, ulaming o’zlashtirganlik darajasini aniqiash, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni tilga olish va baholash;