Sana: Mavzu: Yonma-yon kelgan unli tovush va harflar. 16-18-mashqlar



Yüklə 84,86 Kb.
səhifə2/2
tarix27.02.2022
ölçüsü84,86 Kb.
#114705
1   2
yonma yon kelgan unlilar 4-sinf dildora

Rivojlantiruvchi maqsad: So`zlarni tog`ri yozish malakalarini rivojlantirish

Fanga oid kompetensiyalar: Og`zaki va yozma nutqini rivojlantirish. Mustaqil fikrlashga o`rgatish. F.k.2. mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi;

Darsning turi :yangi bilim beruvchi,

Darsning metodi:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi.

Darsning jihozi:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar, plakatlar.kitob

Darsning borishi.

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

I.Tashkiliy qism:

Salomlashish,

o’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirish.

Aylanma daftarlarni almashtirish.

Chiroyli va xatosiz yozish yuzasidan ko`rsatmalar beraman.

II.O`tgan mavzuni mustahkamlash: O'quvchilarning olgan baholarini qisqacha tahlili o`tkaziladi. Yo`l qo`yilga xatolari yuzasidan ko`rsatma beraman

15-mashq. Tez aytishlarni o‘qing va mashq qiling.
Bulturgi burgutni bugun Urgutda ko‘rdim. Chumchuq chug‘urchiqni cho‘qimasa, chug‘urchiq chumchuqni cho‘qimaydi.
So‘zlarning yozilishini eslab qoling

III.Yangi mavzu bayoni: O’qituvchi darslikdagi mashq orqali bugungi mavzuni ko’rgazmalar, slayd va multimedia ilovasi orqali tushuntiradi va berilgan mashqlar o’quvchilar bilan sinf doskasi va o’z daftarlariga mustaqil yozib bajartiriladi.

16-mashq.

Unlilarning talaffuziga diqqat qiling. Matnda siz haqingizda nimalar deyilgan?


Aziz bolajonlar, siz go‘zal bog‘larga, ona tabiatga, nurli olamga bir olam havas bilan boqasiz. Siz zavq shavq bilan shahdam shahdam yurganingizda olam
jonlanadi. Bog‘lar, chamanlar sizga talpinib quchoq ochadi. Shaloladay sho‘x kulgingiz mudroq qalblarni uyg‘otadi. Bilimga, go‘zallikka, mehrga chanqoqsiz.
Siz ham ona-Vatan bog‘ida o‘sib ulg‘ayasiz! .. OnaVatan yo‘lingizga ko‘z tikib, Sizni kutmoqda. (Qutlibeka Rahimboyeva)
17-mashq. Yonma-yon kelgan unli so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilib o‘qing.
Oila, teatr, kakao, soat, manfaat, tabiiy, taassurot, tabiat, akkardion, Saida, muallim, S aodat, matbuot, inshoot, shuur. So‘zlarni ikki guruhga ajratib yozing. Qaysi xususiyatiga ko‘ra guruhga ajratdingiz? So‘zlarning yozilishini yodingizda
tuting. Manfaat so‘ziga ma’nodosh so‘zlar toping va tahlil qiling.

IV. Mustahkamlash: Bajarilishi yuzasidan ko`rsatma beriladi: so‘zlarni o‘qing. so‘z boshida kelgan undoshni to‘g‘ri ayting. Doskada va mustaqil bajariladi.

Mavzu yuzasidan o’quvchilarga tarqatmalar berilib savol javoblar o’tkaziladi.



V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantiraman. Doskada mashq bajargan o`quvchilarni baholayman.

VI.Uyga vazifa: O`quvchilarga uy vazifasini bajarilishi yuzasidan ko`rsatma berib darsni yakunlayman.

18-mashq. O‘qing. Ko‘chiring.
Badiiy, million, jamoa, mozaika, muallif, muomala,
mutolaa, koinot, pansionat, pianino, radio, qoida, Noila, teatr, muallim.
So‘zlarning talaffuzi va yozilishini yodingizda tuting. Hozir siz qaysi badiiy asarni mutolaa qilyapsiz? Shu haqida 2ta gap tuzib yozing.

O`IBDO`:_____________________________



Yüklə 84,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin