Science and Education



Yüklə 87,73 Kb.
səhifə1/2
tarix23.02.2023
ölçüsü87,73 Kb.
#123572
  1   2
result



"Science and Education" Scientific Journal / issn 2181-0842 June 2022 / Volume 3 Issue 6



Davlat maqsadli jamg’armalarining mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati

Uchqun Yunusovich O’roqov
Farzona Axmadqul qizi Abduazimova
Toshkent moliya institut
Annotatsiya: Ushbu maqolada davlat maqsadli jamg’armalarining mohiyati, tashkil etilishining sabablari, tarkibi va ulaming ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati, yoritilgan.
Kalit so’zlar: davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg’armalari, byudjetdan tashqari jamg’armalar, davlat maqsadli jamg’armalari daromadlari va xarajatlari.
The role of state trust funds in the socio-economic
development of the country

Uchkun Yunusovich Urokov
Farzona Ahmadqul qizi Abduazimova
Tashkent Financial Institute
Abstract: This article describes the essence of state trust funds, the reasons for their creation, the composition and their socio-economic significance.
Keywords: state budget, state tmst funds, off-budget funds, income and expenses of state trust funds.
Ma’lumki, moliya tizimida davlat markazlashgan maqsadli jamg‘armalari alohida o‘rin tutadi. Mazkur jamg‘armalaming iqtisodiy va ijtimoiy vazifalari mavjud. Bozor iqtisodiyoti sharoitida byudetdan tashqari maqsadli pul jamg‘armalarining o‘mi va ahamiyati juda muhimdir. Chunki, davlat byudeti daromadlari va xarajatlarini samarali boshqarishda, aholi turmush darajasini oshirishda, ishlab chiqarishni rag‘batlantirishda bevosita davlat byudeti bilan birga byudetdan tashqari maqsadli jamg‘armalardan ham foydalaniladi. Davlat byudeti o‘zining daromadlarini aniq xarajatlariga biriktirilmasligi hisobiga mablaglaming moslashishiga ko‘mak beradi. Ammmo xarajat moddalari bo‘yicha mablag‘larning ortiqroq yo‘naltirishga erishmaslik lozim, xususan bunda ijtimoiy talablar maxsus e’tibomi talab etadi, chunki hamma vaqt ushbu maqsadlar uchun xarajatlami kamaytirishdek xavf mavjud bo‘ladi. Shuning uchun ham rivojlanishning eng muhim yo‘nalishlarini aniqlash va mablaglami maqsadli ishlatilishi va yo‘naltirilishi ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu holatlar maqsadli umumdavlat vazifalarini moliyalashtirishda tegishli davlat maqsadli jamg‘armalami tashkil etish uchun asos bo‘ldi.
Byudetdan tashqari jamg‘armalami tashkil etishning maqsadi jamiyat uchun muhim bo‘lgan xarajatlami byudet mablag‘laridan tashqari mustaqil manbalar hisobidan ta’minlashdir. Byudetdan tashqari jamg'armalami tashkil etilishining muvofiqligini ta’minlovchi yana bir muhim omil - bu byudet taqchilligidir. Xarajatlami daromaddan o'sib ketishi kuchayishiga moliyaviy resurslarni faqat qidirib topishda emas, balki korxonalar, tashkilotlar va aholidan tushgan mablag'lami qayta gumxlanishini xam talab etadi. Va nihoyat, xo'jalik yuritishning va xususiylashtirishning ko'p qirrali shakllari, byudet shakllari bilan bir qatorda jamiyatda pul mablag'lami qayta taqsimlashni yangi usullarini qo'llash zamriyatini qat’iy talab etadi.
Byudetdan tashqari jamg'armalar dastlab, mahsus jamg'armalar shaklida yoki byudet kelib chiqqunga qadar mahsus hisoblar shaklida paydo bo'lgan. Hukumat o'zining faoliyatining kengayishi bilan ulami amalga oshirish uchun zamr bo'lgan mablag'lami talab etuvchi yangi xarajatlarga ehtiyoj sezardi. Bu mablag'lar mahsus maqsadlar uchun mo'ljallangan alohida jamg'armalarda yig'ilar edi. Bu jamg'armalar qoidaga ko'ra vaqtinchalik xarakterga edi. Davlatning rejalashtirgan tadbirlarini amalga oshirib bo'lganidan keyin ushbu jamg'armalar o'z faoliyatini to'xtatar edi. Shu bilan bog'liq ravishda jamg'armalar soni doimiy o'zgarib turar edi. Markazlashgan davlatning barqarorlashishi bilan birgalikda mahsus jamg'armalami muvofiqlashtirish davri boshlandi. Turli jamg'armalami birlashtirilishi asosida davlat byudeti tuzildi. Bugungi kunda byudet bilan bir qatorda byudetdan tashqari jamg'armalaming ahamiyati ortib bormoqda. Byudetdan tashqari jamg'armalarga badallami to'lovchi sifatida yuridik va jismoniy shaxslar (tadbirkorlar)-ijtimoiy kafolatlarning iste’molchilari hisoblanar ekan, to'lovlar va jamg'armalar pul mablag'larining taqsimlanishi mamlakatning barcha fuqarolariga ta’luqli bo'ladi va shuning uchun ham byudetdan tashqari jamg'armalar samarali faoliyat ko'rsatishida ulaming qiziqishlari kuzatiladi.
Shunday qilib, davlat maqsadli jamg'armalari davlat organlari tomonidan milliy daromadni aholining ma’lum ijtimoiy guruhlari foydasiga qayta taqsimlashning bir usulidir (1-rasm).
Byudetdan tashqari jamg'armalar ikkita asosiy vazifani bajaradi:

  • iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini qo'shimcha mablag'lar bilan ta’minlash;

  • aholi uchun ijtimoiy xizmatlami kengaytirish.

Byudetdan tashqari jamg'armalar moliya tizimining bir bug'ini bo'lishi bilan birgalikda bir necha xususiyatlami o'zida kasb ettiradi:

  • hukumat va boshqamv organlari tomonidan rejalashtiriladi hamda qat’iy maqsadli yo'naltirilgan bo'ladi;

  • jamg‘armalar mablag‘laridan byudetga kiritilmagan davlat xarajatlarini moliyalashtirish uchun foydalaniladi;

  • asosan yuridik va jismoniy shaxslarning ajratmalari asosida shakllantiriladi;

  • jamg‘armalarga sug‘urta badallari va ulami to‘lashda yuzaga keladigan o‘zaro aloqalar soliqli xarakterga ega, badallar tarifi davlat tomonidan belgilanadi va majburiy xisoblanadi;

  • jamg‘armalar pul mablag‘lari davlat qaramog‘ida bo‘lib, ular byudetlar, shuningdek boshqa jamg‘armalar tarkibiga kirmaydi hamda qonun xujatlarida e’tirof etilmagan maqsadlarda ishlatilmaydi;

jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanish ko‘rsatmaga asosan foydalaniladi.
ma'lum bir ijtimoiy guruhlar va aholi tabaqalari manfaatlari uchun
milliy daromadni qayta taqsimlashning bir usuli
davlat tomonidan budjetga kiritilmaydigan ba’zi jamoat ehtiyojlarini
moliyalashtirish uchun mustaqil tezkorlik asosida moliyaviy
resurslardan qat’iy maqsadli foydalanishning shakli
umumdavlat yoki hududiy ahamiyatidagi aniq ijtimoiy-iqtisodiy
ehtiyojlarni moliyalashtirish uchun mamlakat moliyaviy resurslarini
qayta taqsimlash
va foydalanishning maxsus shakli
1-rasm. Davlat maqsadli byudetdan tashqari jamg‘armalaming mohiyati1
Byudetdan tashqari jamg‘armalar - davlat tomonidan byudetga kiritilmaydigan ba’zi jamoat ehtiyojlarini moliyalashtirish uchun mustaqil tezkorlik asosida moliyaviy resurslardan qat’iy maqsadli foydalanishning shaklidir. Mablag‘lar ishlatilishining maqsadli yo‘naltirilishiga ko‘ra byudetdan tashqari jamg‘armalar ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik va boshqa jamg‘armalarga ajratiladi. Ijtimoiy ahamiyatdagi jamg‘armalar davlat organlariga faol ijtimoiy siyosami yuritishga ko‘mak beradi.Ushbu jamg‘armalami shakllantirishda asosan sug‘urta qilingan shaxslarning sug‘urta badallaridan, tadbirkorlarning sug‘urta badallaridan, subsidiyalar va davlaming foizsiz ssudalaridan foydalaniladi.
Maqsadli jamg‘armalami quyidagi xususiyatlar bo‘yicha tasniflash mumkin (2- rasm). Davlat ijtimoiy jamg‘armalari fuqarolaming pensiya olish, kasalligi, nogironligi, boquvchisini yo‘qotganligi sababli, shuningdek, sog‘liqni saqlash va

tibbiy yordam olish, ishsizlikdan himoya qilinish uchun va boshqalar uchun ijtimoiy nafaqalami olishdek konstitutsion huquqlami ta’minlashga yo‘naltirilgan. Iqtisodiy jamg‘armalar jamiyatning xo‘jalik va ijtimoiy xayotining rivojlanishida davlat ta’siri imkoniyatlarini kengaytiradi.
Byudetdan tashqari jamg‘armalar maqsadli jamg‘armalar maqsadli ishlatilishga yo‘naltirilgan. Odatda ulaming nomida mablag‘larning ishlatilish maqsadi qayd etiladi. Byudetdan tashqari jamg‘armalami shakllantirishning manbalari ular tashkil etgan vazifalarning xarakteri va masshtabiga qarab aniqlanadi. Manbalarning turi va xajmiga rivojlanishning u yoki bu bosqichidagi mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy holati ta’sir etadi.


2-rasm. Byudetdan tashqari maqsadli jamg‘armalaming tasniflanishi2
Ta’kidlash joizki, iqtisodiyot qisman nobarqaror bo’lgan bir sharoitda, tijorat va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, zamr bo’lgan sharoitlarda ularning moliyaviy operatsiyalarini rag’batlantirish uchun davlat boshqamv organlari o’zgacha manbadan shakllangan moliyaviy resurslar hisobidan yangi ko’rinishdagi Davlat maqsadli jamg’armalari tashkil etishi maqsadga muvofiq sanaladi.
Davlat byudetidan xoli bo’lgan davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari muayyan bir muammoni bartaraf etish yoxud mavjud muammolar ko’lamini qisqartirishga qaratilgan bo’lib, davlat tomonidan qat’iy e’tiborga molik bo’ladi.
Aynan ushbu jamg’armalar qat’iy maqsadli xususiyatga ega bo’lib, ulaming moliyaviy resurslarini tashkil etish, taqsimlash va foydalanishni davlat tomonidan samarali nazorat qilish imkoniyatini beradi.
Bugungu kunda mamlakatimizda jami 24 ta davlat maqsadli jamg’armalari mavjud bo’lib, ulaming to’liq tarkibi qiyidagi 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval
Davlat maqsadli jamg‘armalarininh tarkibi3

1. «El-yurt umidi» jamg’armasi

2. Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo'yilishi munosabati bilan jismony va yuridik shaxslarga etkazilgan zararlarni qoplash bo'yicha markMashtirilgan jamg'arma

3. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

4. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshimvchi shaxslarni qo'llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg'armasi

5. Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasi

6. Nogironligi bo'lgan shaxslarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi

7. Jamoat ishlari jamg’armasi

8. Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo'llab- quvvatlash jamg'armasi

9. Turizm va sportni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi

10. Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi

11. Vinochilikni rivojlantirish jamg'armasi

12. Axborot-kommunikatsiya texnologyalarini rivojlantirish jamg'armasi

13. Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg'armasi

14. Bog'dorcrnlik va issiqxona xo'jaligini rivojlantirish jamg'armasi

15. Ta'lim kreditini moliyalashtirish jamg'armasi

16. Davlat qarziga xizmat ko'rsatish bo'yicha kafolat jamg'armasi

17. Baliqchilikni rivojlantirish jamg'armasi

18. Byudjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg'armasi

19. Davlat tibbiy sug'urtasi jamg'armasi

20. Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg'armasi

21. Avtomobil yo'llarini rivojlantirish maqsadli jamg'armasi

22. Suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg'armasi

23. Byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg'armasi

24. O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi

So’nggi yillarida mamlakatimizda davlat maqsadli jamg’armalarining soni oshishi bilan birga, mos ravishda ulaming daromadlari va xarajatlari miqdori ham o’sib boorish tendensiyasiga ega. Biroq, davlat maqsadli jamg’armalarining daromadlari xarajatlari qoplashga yetarli miqdorda bo’lmagani bois, davlat byudjetidan davlat maqsadli jamg’armalariga har yili transfertlar ajratishga to’g’ri kelmoqda. Quyida keltirilayotgan 2-jadvalda 2020-2022 yillarda davlat maqsadli jamg’armalarining daromadlari, xarajatlari va ajratilgan transfertlar miqdori keltirilgan.
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, 2020 yilda davlat maqsadli jamg‘armalari (O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasini hisobga olmaganda) daromadlari 25 385,1 mlrd. so‘mni tashkil qilib, xarjatlari esa 35

413,6 mlrd. so،m miqdorda bo’gan. Natijada davlat byudjetidan 2020 yilda 9 248,1 mlrd. so،m transfert ajratilgan. 2022 yilda esa davlat maqsadli jamg'armalarining daromadlari 31 935,9 mlrd. so،m, xarajatlari 58 179,0 mlrd. so،m va tarnsfertlar 25 900,1 mlrd. so،m bo'lishi prognoz qilingan.
2-jadval
Davlat maqsadli jamg'armalari daromadlari, xarajatlari va ularga ajratilagan transfertlar miqdori4, mlrd. so'mda



Ko،rsatkichlar

2020 yil

2021 yil

2022 yil

1.

Davlat maqsadli jamg،armalari daromadlari

25 385,1


Yüklə 87,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin