SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 1586
UMUMIY O’RTA TA’LIMDA ERTAK O’QITISH METODIKASI
Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablarida xalq og’zaki ijodining eng
qadimiy janrlaridan biri bo’lgan ertak o’qitishning ahamiyati va uni o’rgatish
metodikasi haqida fikr yuritilgan
Kalit so’zlar:
ertak, adabiy ta’lim, xalq tili, xalq og’zaki ijodi, tarmoqlash, savol-
javob, yaxshilik, yomonlik
METHODOLOGY OF TALE TEACHING IN GENERAL SECONDARY
EDUCATION
Ozoda Odiljon kizi Abdullaeva
Student of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region
ABCTRACT
This article discusses the importance of teaching fairy tales, one of the oldest
genres of folklore in general secondary schools, and the methods of teaching it
Keywords:
fairy tale, literary education, folk language, folklore, branching,
question and answer, good, bad
KIRISH
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida xalq og’zaki ijodining qadimiy durdonasi
bo’lgan ertaklar asosan, 5-6-sinf adabiyot darslarida o’qitiladi. Ertak o’quvchilar
tomonidan qiziqib o’qilishining sabablaridan biri, ertak tilining soddaligi, ta’sirchanligi,
ma’nodorligi va xalq tiliga yaqinligidir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Ertakning pedagogik qiymati shundan iboratki, o’quvchilar unda tog’rilik,
halollik, g’alaba qilganidan, kambag’al kishilar qiyinchilikdan qutulganidan, ya’ni
yaxshilik, ezgulik ro’yobga chiqganidan va yomonlik, yovuzlik mahkumlikka
uchraganidan quvonadilar. Masalan, 5-sinf adabiyot darsligida berilgan “Uch og’a -ini
botirlar” ertagida asosiy fikr to’g’rilik, halollik va otaning farzandlariga bergan to’g’ri
tarbiyasiga qaratiladi. Ota o’z farzandlarini ilmli , qo’rqmas, dovyurak va har
tomonlama barkamol qilib tarbiyalagani ilgari suriladi. Yoki bo’lmasa, Aka-uka
Grimmlarning “Botir tikuvchi” ertagini oladigan bo’lsak, tikuvchi butun asar davomida