Page 1162
Mahkamasining 1994-yil 18-avgustdagi 424-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston
Respublikasi viloyat, shahar va tumanlar hokimlari apparatlarida ish yuritish bo‘yicha
yo‘riqnoma”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi
140-son qaroriga ilova qilingan “O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat
qo‘mitalari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari, uyushmalari, kompaniyalarida va
boshqa markaziy muassasalarida, apparatlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil
etish bo‘yicha namunaviy yo‘riqnoma” lar fikrimizning dalilidir. N.Mahmudov,
A.Madvaliyev, N.Mahkamov, N. Aminovlarning “O‘zbek tilida ish yuritish
(munshaot)”, yana shu mualliflarning “Ish yuritish” amaliy qo‘llanmalari esa o‘zbeek
tilida ish yuritishning me’yoriy asoslarini belgilab berishda g‘oyatda muhim qo‘llanma
bo‘lib xizmat qilmoqda. Chunki mualliflarning ish yuritish borasida bergan yo‘l-
yo‘riqlari xodimlarning faoliyatida metodik yordam beradi, hujjatlarni rasmiylashtirish
qoidalarini o‘rgatadi, ish qog‘ozlarining hamma joyda bir xil bo‘lishini ta’minlaydi.
Ammo shunday qo‘llanmaning mavjudligiga qaramasdan undan foydalanish talab
darajasida deb bo‘lmaydi. Chunki 2000-yilda 10000 nusxada chop etilgan bu kitob bilan
hamma o‘quv yurtlari ham yetarli darajada ta’minlangan emas. Vaholanki, bu kabi
qo‘llanmalar bilan har bir kollej va litsey talab darajasida ta’minlanishi va har bir
talabaning qo‘lida bo‘lishi maqsadga muvofiq. Ma’lum ma’noda mazkur qo‘llanmalar
o‘rta maxsus o‘quv yurtlari doirasida ushbu vazifani bajarishi mumkin. Shunday qilib,
ish yuritishning tarkibiy qismi bo‘lgan hujjatlarni ikki qismga bo‘lib o‘rganish to‘g‘ri
bo‘ladi:
1. Rasmiy hujjatlar. 2. Shaxsiy hujjatlar. Rasmiy hujjatlar xizmat hujjatlari deb ham yuritilib, ular doirasida idoralar va
mahkamalar, korxonalar va tashkilotlar hamda muassasalar o‘rtasida olib boriladigan
yozishmalar tushuniladi. “Ish yuritish” qo‘llanmasining mualliflari bu hujjatlarning
tasnifi haqida quyidagilarni yozishadi: “Ma’muriy boshqaruv faoliyatida xizmat
mavqyeiga ko‘ra hujjatlar hozirgi kunda, asosan, quyidagicha tasniflanishi mumkin:
tashkiliy hujjatlar, farmoyish hujjatlari, ma’lumot-axborot hujjatlari, xizmat
yozishmalari” (20-bet).
Alohida shaxs, jamoa tashkilotlari o‘rtasidagi aloqaning huquqiy jihatlarini
qamrab oluvchi tashkiliy hujjatlarga guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, qoida, ustav,
shartnoma singari hujjatlar; tashkilot yoki muassasa rahbarining ish faoliyati doirasida
amal qiladigan farmoyish hujjatlariga buyruq, ko‘rsatma, farmoyish kabi hujjatlar;
ma’lumot-axborot hujjatlariga ariza, bayonnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma,