Page 1163
dalolatnoma, ishonchnoma, ma’-lumotnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma,
tarjimayi hol, tushuntirish xati, e’lon, hisobot tarzidagi hujjatlar; alohida shaxs yoki
tashkilotning faoliyatini qamrab oladigan xizmat yozishmalariga taklifnoma,
telegramma, telefonogramma, modemogramma va turli mazmundagi xatlar kiradi.
Ma’lum bo‘lyaptiki, ma’muriy-boshqaruv faoliyati doirasida amal qiladigan bu
hujjatlarning aksariyat qismi rasmiy mazmunga ega. Demak, kim tomonidan
yozilganlik, ya’ni tegishlilik nuqtayi nazaridangina ariza, vasiyatnoma, tarjimai hol,
tushuntirish xati, tilxat, ishonchnoma singarilarni shaxsiy hujjatlar deyishimiz mumkin.
Aslida ular ham rasmiy mazmunga ega. Hujjat deyildimi, uni rasmiy tushunish va qabul
qilish to‘g‘ri bo‘ladi.
Quyida litsey va kollej bitiruvchilari ish faoliyati doirasida qo‘llanilishi mumkin
bo‘lgan eng zarur hujjatlarning rasmiylashtirilish tartibi to‘g‘risida ma’lumot beramiz
va bunda yuqorida nomi tilga olingan “Ish yuritish” qo‘llanmasidagi ko‘rsatmalarga
tayanamiz.
Hujjatlarning maqsadi, yo‘nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham
turlichadir. Ish yuritishda hujjatlar tuzilishiga ko‘ra ichki vatashqi hujjatlar sifatida
farqlanadi. Agar hujjat muayyan muassasaning o‘zida tuzilib, undan shu muassasaning
o‘zida foydalanilsa, ichki hujjat hisoblanadi. Ayni muassasaga boshqa tashkilot yoki
ayrim shaxslardan keladigan hujjatlar esa tashqi hujjatlar sanaladi.
Tegishlilik jihatiga qarab xizmat yoki rasmiy hujjatlar va shaxsiy hujjatlar
ajratiladi. Biron muassasa yoki mansabdor shaxs tomonidan tayyorlanadigan hujjatlar
xizmat hujjatlari (buyruq, ko‘rsatma, bayonnoma kabi)ga kiradi. Shaxsiy hujjatlar
alohida shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki
jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladi (shaxsiy ariza,
shikoyat, tavsiyanoma kabi). Bundan tashqari hujjatshunoslikda hujjatlar quyidagi
jihatlarga ko‘ra ham tasnif qilinadi.
Mazmuniga ko‘ra: sodda hujjatlar – bir masalani o‘z ichiga oladi; murakkab
hujjatlar – ikki va undan ortiq masalani o‘z ichiga oladi.
Mazmun bayonining shakliga ko‘ra: xususiy (individual) hujjatlar – matn o‘ziga ko‘ra
xos, betakror, erkin bayon; namunali (tipovoy) hujjatlar – bir–biriga o‘xshash va
takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o‘z ichiga oladi; qolipli
(trafaretli) hujjatlar – oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladi.
Rasmiy-idoraviy hujjatlarni tayyorlashda uning zaruriy qismlari joylashishiga, matn
mazmuni tarkibiy qismlarining ketma-ketligiga, tinish belgilarining to‘g‘ri qo‘yilishiga
alohida e’tibor berish lozim.
Shu maqsadda quyidagilarga doimo amal qilishni unutmang: