Suzish turi insonning suvdagi faol jismoniy faoliyati sohalaridan biridir. Suzish turlarining har biri suv muhitida maxsus harakatlar yoki harakat usullari bilan tavsiflanadi.
Brass (frans. brasse, bras — qoʻl soʻzidan) — koʻkrakda suzish usuli. Bunda qoʻl va oyoq bir vaqtning oʻzida (qoʻl suvdan chiqmagan holda) gorizontal tekislikda harakat qiladi. Oyoq harakati suzayotgan baqaning harakatlariga oʻxshab ketadi. B. eng qad. suzish usuli boʻlib, u 16-asr 1-yarmidan maʼlum. 1904-yildan erkaklar, 1924-yildan ayollar oʻrtasida olimpiada musobaqalari dasturiga kiritilgan. B. usulida suzish boʻiicha oʻzbekistonlik Svetlana Babanina jahon rekordchisi boʻlgan. Shuningdek xalqaro sport ustalari Larisa Belakon, Leonid Kolesnikov, Temur Podmarev ham Oʻzbekistonning mashhur B.chi suzuvchilaridir.
Bolalar umurtqasi qiyshayganda, ularda bukirsimonlik sezylganda B. usulida suzish bilan shugʻullanish yordam beradi.
Brass mustaqil sportga suzish usuli sifatida III olimpiada o'ynlarida (1904 yil Sent Luis) namoyon bo'ldi. IV olimpiadada 200 mefcga va XIX olimpiada uyinlari programmasiga 100m masofaga shu usulda suzish kiritildi. Brass usulida suzish texnikasi rivojanishining tarixi uch bosqichdan iborat: Birinchi bosqich (1904-1935 yillar) oyoq harakati qo'l harakatidan samaraliroq deb hisobimgan. Oyoq harakatining samarasini oshirish uchun imkom boricha ularni keng yozish va tizza bo'g'imidan bukish tavsiya qilingan. Eshish qo'llarni bukmasdan keng yozilgan holda yonga, gorizontal yuzada harakatlantirib bajarilgan. Umuman oyoq va qo'l harakatlari koordinatsiyasining alohida bajarilishi (qo'llarning eshish harakatidan so'ng oyoqlar birlashtirilgan) qisqa vaqtli pauza (sirpanish) va eshish paytida nafas olish bilan harakterlangan. 30-yillar boshlarida brass usulida suzuvchilar klassik uslubning asosiy elementlarini namoyish qilganlar. Bunda gavdaning gorizontal holati, qo'llarning aktiv ishlashi, oyoqlarning orqa yo'nalishida aylana bo'ylab eshishi va qo'liar eshish harakatining boshlanishida nafas olinish bilan harakterlangan. Musobaqa qoidasi takomillashmaganligi sababli qo'liar bilan songacha eshish, qo'llarni havodan olib o'tish kabi elementlar texnikasi vujudga keldi.
Brass usulida suzish texnikasi takomillashuvining ikkinchi bosqichida (1935-1953 yillar) yangi suzish usuli «batterflyay» kelib chiqdi. Natijada oldingi brass istiqbolsiz bo'lib qoldi.
1953 yili musobaqa qoidalariga aniqlik kiritildi. Xalqaro suzish federatsiyasi qarori bilan brass va batterflyay mustaqil sportcha suzish usuli sifatida ajratildi. 1953 va 1954 yillari sovet suzuvchisi V.Minashkin 100 m masofaga brass usulida suzishda jahon rekordini uch marta yangiladi. (1,11,9 1.11,2) u qo'l va oyoq harakatlari orasidagi pauzani yo'qotib, ikki siklda bir marta nafas olish bilan harakatlarni tez sur'at bilan bajardi. 60-yillar boshida brassning yangi varianti vujudga keldi. Sobiq sovet suzuvchisi G.Prokopenko, amerika sportchisi U.Malliken va Ch.Yastremski, yapon suzuvchisi K.Isakilar brassning yangi, tezkor variantini boshlab berdilar. Bu variantda gavda yuqori holatda tutilib, nafas olish eshishning oxirida bo'lar, oyoq harakatlari qisqa amplitudada va yuqori sur'atda o'tkazilar edi.
Sobiq sovet suzuvchilari G.Prozumenshchikovaning texnikasi ham ishonchli, maqsadga muvofiq, samarali bo'lgan. Shuningdek N.Papkin, A.Chozaytis, M.Koshevaya, M.Yurchenya, L.Rusanova, Yu.Bogdanova, L.Kachyushite, S.Varganovalar suzish maktabining yaxshi an'analarini davom ettirdilar. Qisqa amplitudadagi eshish harakati, qo'l va oyoq, harakatlaridagi pauzaning yo'qligi, eshish oxirida tez nafas olinisht katta kuch va yuqori sur'at-zamonaviy brass texnikasiga xos hislatlar ana shular bilan harakterlanadi.
Dostları ilə paylaş: |