Seminar va amaliy mashg ulotlarni tashkil etish metodikasi


Bahs – munozara metodining afzalliklari



Yüklə 26,69 Kb.
səhifə6/7
tarix03.03.2023
ölçüsü26,69 Kb.
#123784
1   2   3   4   5   6   7
Seminar va amaliy mashg ulotlarni tashkil etish metodikasi

Bahs – munozara metodining afzalliklari


  • Ta`lim oluvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi;


  • Ta`lim oluvchilar o`z fikrini tog`riligini isbotlashga harakat qilishiga imkoniyat yaratadi;


  • Ta`lim oluvchilarda tinglash va tahlil qilish qobiliyatini rivojlanishiga yordam beradi.




Bahs – munozara metodining kamchiliklari:


  • Ta`lim beruvchidan yuqori boshqarish mahoratini talab qiladi;


  • Ta`lim oluvchilarning bilim darajasiga mos va qiziqarli bo`lgan mavzuni tanlash talab etiladi.




Xulosa va takliflar:

Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar davrida jamiyat hayotiga yangiliklarning kirib kelishi inson mehnatining takomillashishi, qulaylikka ega bo'lishi ta'lim sohasida ham bir qator o'zgarishlar bo'lishi taqazo etmoqda. Hozirgi kunga kelib erishilgan yutuqlarni asrab-avaylagan holda ma'lum steriotiplardan voz kechish vaqti keldi.

O'zbekiston respublika Kadrlar tayyorlash milliy dasturida “ta'lim muassasalarining moddiy texnika va axborot bazasini mustahkamlash davom ettiriladi. O'quv tarbiy jarayoni sifatli o'quv adabiyotlari va ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlanadi” deyilgan.

Bo'lajak mutaxassislarni tayyorlashda ta'lim jarayonini yangi texnologiyalar asosida tashkil etishga e'tibor qaratish zarur.

Bunda o'qituvchining innovasion faoliyati asosida ta'lim jarayonini interfaol metodlar orqali tashkil etishi yaxshi samara beradi. Ayniqsa talabalarni maqsadni anglashga, shu maqsadni ta'lim jarayonida nechog'li amalga oshganini tahlil qilishga o'rgatish, talabalarni o'z-o'zini anglashga, o'zining faoliyati va o'zgalar faoliyatiga to'g'ri baho bera olishga o'rgatishda muhim o'rin tutadi.

Bo'lajak mutaxassislarni kasbga tayyorlashda pedagogik motivlarning shakllanishiga e'tibor qaratib, ta'limni zamonaviy tashkil etish pedagogik amaliyot tarzida tashkil etilishi lozim. Faqat shundagina bo'lajak mutaxassisda kasb ko'nikma va malakasi hosil bo'ladi. Bunda o'qituvchining innovasion faoliyati asosida ta'lim jarayonini interfaol metodlari orqali tashkil etilishi yaxshi samara beradi. Ta'lim jarayonini yangi texnologiyalar asosida tashkil etishga e'tibor qaratish zarur.

Mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar uchta buyuk maqsadga, ya'ni yurt tinchligi, vatan ravnaqi va xalq farovonligiga erishishga qaratilgandir.

Islohotlar negizida aholini turmush darajasini oshirish buning uchun ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish tarmoqlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlash yotadi.

Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni bosqichma-bosqich, izchil isloh etish davrida samarali faoliyat yurituvchi korxonalarni shakllantirish va ularni rivojlantirish O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy siyosatining ustuvor yo’nalishi va xo’jalik yuritish tamoyillari jihatidan bozor iqtisodiyoti talablariga to’liq mos keladi. Mazkur xo’jalik yuritish sub’ekti tadbirkorlik faoliyatining muhim shakli sifatida iqtisodiy taraqqiyotga turtki beruvchi omil hisoblanadi.

Bozor iqtisodiyoti tamoyillariga ko’ra iqtisodiy munosabatlarga kirishishning bosh maqsadi inson ehtiyojlari uchun tovar mahsulotlari ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish va shu asosda daromadga ega bo’lishdir. Korxonalarda sifatli tovar mahsulotlari ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish va bu tovarlarni sotish orqali yuqori daromad manbalarigaega bo’lish, ularga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda bartaraf etish, daromadlarning shakllanishi, turlanishi va taqsimlanishi borasida ma’lum darajada amaliy natijalarga erishilgan bo’lsada, biroq bu jarayonlarni shakllanishi va barqaror rivojlanishini ta’minlashga erishish davrida muammolar, kamchiliklar hamda ob’ektiv va sub’ektiv sabablar bilan bog`liq bo’lgan nomutanosibliklar mavjud.

“Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini boshqarish tizimlarini joriy etish, mahsulotlarning xalqaro standartlarga mosligini ta’minlash masalasi barcha korxonalarda ham hal etilgan, deb bo’lmaydi. Bu kamchilik, ayniqsa, biz uchun o’ta muhim ahamiyatga ega bo’lgan engil sanoat, farmatsevtika va qurilish materiallari sanoati kabi iste’mol tovarlari ishlab chiqariladigan tarmoqlarga tegishlidir.

Mamlakatimizda yaratilgan ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish borasida ham ishga solinmagan ulkan imkoniyatlar mavjud. Biz ishlab chiqarishni yangilash va modernizastiya qilish uchun katta mablag` sarflaymiz, ko’p miqdordagi xorijiy investistiyalarni jalb etamiz.

Lekin qator tarmoqlarda ishlab chiqarish quvvatlaridan, asosiy fondlardan to’liq foydalanishda, mehnat samaradorligini oshirishda yo’l qo’yilayotgan kamchiliklar mahsulotlar tannarxining asossiz ravishda o’sib ketishiga olib kelmoqda”.

Yuqoridagi muammolardan kelib chiqib, bugungi bozor munosabatlari sharoitida korxonalarda tovar mahsulotlari ishlab chiqarish va sotishni takomillashtirish mavzusi dolzarb bo’lib, ush bu tadqiqot obekti bo’lib hisoblanadi, hamda ush bu mavzuni o’qitishning yangi zamonaviy usullari asosida qiziqarli va talaba-o’qituvchi faolligi asosida o’quvchi yoshlar ongiga singdirish muhim ahamiyat kasb etadi.





Yüklə 26,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin