Qaysi nisbat shaklining qo‘shimchalari ko‘p?
Orttirma nisbat shakli qanday qo‘shimchalar bilan yasaladi?
Quyidagi fe’llarga qavs ichidagi orttirma nisbat shakllarining qaysilari qo‘shiladi?
O‘qi (-t, -tir), o‘t (-dir,-qiz), ich (-it; -kiz, -tir, -iz), yoz (-t, -tir, -dir, -g‘iz, -qir) kabi.
Muammoli savollar asosida o‘quvchilar orttirma nisbat qo‘shimchalarini va ularning shakllarini yozuv taxtasiga yozadilar. Berilgan fe’llarga ulardan mosini qo‘shib ko‘chiradilar: o‘qit, o‘tkiz, ichir, yozdir kabi.
So‘ng o‘qituvchi o‘quvchilarga quyidagi ko‘rgazmani taqdim etadi:
Orttirma nisbat qo‘shimchalarining ishlatilishi
|
Qo‘shimchalar
|
Ularning fe’l asoslariga qo‘shilishi
|
-t
|
O‘qit, ishlat, to‘qit, to‘xtat, qizit
|
-dir
|
Oldir, yozdir, chizdir, yondir
|
-tir
|
Toptir, ayttir, bajartir, chaqirtir, sog‘intir
|
-ir, -ar
|
Tushir, shoshir, ichir, uchir, qaytar, chiqar
|
-giz, -g‘iz
|
Yurgiz, ko‘rgiz, turg‘iz
|
-kiz, -qiz
|
Ketkiz, yutqiz, tekkiz, tutqiz
|
-iz, -az
|
Oqiz, tegiz, tomiz
|
O‘qituvchi o‘quvchilarga orttirma nisbat qo‘shimchalarining ishlatilishiga oid quyidagi muammoli savollar beradi va savollarga ko‘rgazma
asosida javob berish mumkinligini uqtiradi:
Dostları ilə paylaş: |