Ko`rdim.
O`TIBDO`:
24.X.2016
24.X.2016. Ona tili. 6-sinf.
36-dars. FE’LLARNING VAZIFA SHAKLLARI
Darsning maqsadi:
Fe’llarning vazifa shakllari: sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi va mustaqil fe’l shakli haqida tushuncha berish.
O‘quvchilarga vatanparvarlik tarbiyasi berish.
O‘quvchilarning erkin fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.
Darsning metodi: suhbat, savol-javob, guruhlar bilan ishlash.
Darsning jihozi: 6-sinf ona tili darsligi.
Dars o‘qituvchining mavzuga oid ma’lumot berishi bilan boshlanadi. Bu jarayon suhbat ko‘rinishini olishi uchun darslikdagi ma’lumotlardan kelib chiqqan holda o‘qituvchi O‘quvchilarga quyidagi savollarni beradi:
Fe’l deb nimaga aytiladi?
Fe’l gapda asosan qanday vazifalarda keladi?
Fe’l gapda boshqa bo‘laklar: to‘ldiruvchi, hol, aniqlovchi, ega vazifalarida kela olishi mumkinmi?
Javoblar o‘qituvchi tomonidan to‘ldiriladi. O‘qituvchi fe’lning 4 vazifadosh shakli haqida quyidagicha ma’lumot beradi:
Fe’llar gapda boshqa so‘zlar bilan bog‘lanib, kesim, ega, to‘ldiruvchi, hol, aniqlovchi vazifasida kelishi mumkin. Buning uchun fe’l maxsus shakllarga ega bo‘ladi.
Turli gap bo‘laklari vazifasida kelish uchun fe’lning har qanday shakli fe’lning vazifa shakllari sanaladi.
Fe’llarning to‘rt vazifa shakllari mavjud: 1) sof fe’l shakli 2) harakat nomi shakli (o‘qimoq, o‘qish); 3) sifatdosh shakli ( yozar);
4) ravishdosh shakli (o‘qib, kelgach).
Mustahkamlash jarayonida o‘quvchilar uch guruhga bo‘linadilar. Darslikdagi birinchi va ikkinchi topshiriqlar. 125-mashq guruhlararo musobaqa tarzida bajariladi. O‘quvchilar rag‘bat kartochkalari bilan baholab topshiriqqa ko‘ra berilgan fe’llar quyidagicha tarkibiy qismlarga ajratiladi- kelgach- kel+gach, kelguncha- kel+guncha, o‘qib-o‘qi+b,o‘qish-o‘qi+sh, o‘tirgan- o‘tir+gan, qo‘rqmas-qo‘rq+mas kabi.
2-topshiriqda berilgan fe’llar ishtirokida gaplar tuziladi va ularning gapdagi vazifalari aniqlanadi.
Namuna: Jasur va qo‘rqmas askarlar vatanimiz cnegaralarini qo‘riqlaydilar. Mazkur gapda fe’lning sifatdosh shakli-qo‘rqmas fe’li Aniqlovchi vazifasida qo‘llangan. Shu o‘rinda o‘qituvchi mazkur gap asosida o‘quvchilarga vatanparvarlik tarbiyasi beradi.
125-mashq topshirig‘iga ko‘ra o‘quvchilar berilgan gaplardagi fe’llarning vazifa shakllarini aniqlaydilar.
Namuna: Tursunboy tizzasini ushlab zo‘rg‘a qadam bosardi. (A.Qahhor) Gapda fe’lning sifatdosh shakli bosar fe’li kesim vazifasida qo‘llangan.
127-mashqqa ko‘ra «Sen» ham, «siz» ham bir og‘izdan chiqadi» mavzusida matn tuzish uyga vazifa qilib beriladi.
Dostları ilə paylaş: |