Sezgi deganda nimani tushunasiz? T. I ko’rish, eshitish, xid bilish tam bilish. Boshqaruv psixologiyasi haqida


Shaxs haqida tushuncha. Shaxsning shakllanishiga oid nazariyalar



Yüklə 248,34 Kb.
səhifə35/62
tarix26.11.2023
ölçüsü248,34 Kb.
#136166
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   62
Sezgi deganda nimani tushunasiz -fayllar.org

Shaxs haqida tushuncha. Shaxsning shakllanishiga oid nazariyalar.
T.I. shaxs, irsiyat, muhit, ta`lim tarbiya
Shaxs tushunchasi «yuz», «soxta qiyofa» so‘zlaridan kelib chiqadi. Qadimgi rus tilida «soxta qiyofa» so‘zi «rol», ya’ni, odam boshqalar bilan muloqotda bo‘lganida kiyib oladigan biror-bir ijtimoiy niqob ma’nosini anglatuvchi «rol»ni bildirar edi. Lotincha persone so‘zi ham shu ma’noni anglatadi. Per sonare – niqob ortidan so‘zlashish. Qadimgi yunon, keyinchalik esa qadimgi rim teatrlarida akter sahnaga u yoki bu – yovuz, laganbardor, payg‘ambar, qahramon xarakterlari chizilgan niqobda chiqardi. Niqobning bo‘yoqlari ijtimoiy vazifani bajaruvchi, u yoki bu rolni ijro etayotgan insonning ahloqiy belgilariga ishorat edi.[2]
Qadimgi Yunonistonda «shaxs» tushunchasiga mos keluvchi atama ishlab chiqilmagan edi. O‘zining betakror taqdiriga ega bo‘lgan shaxs haqida Aflotun bilmas edi, bilishni ham xohlamasdi. Uning o‘rnini ruh egallagan edi. Arastuning «Jon haqida» asari hozirgi zamon psixologiyasiga yo‘l ochib berdi.
Qadimgi Rim oldinga qadam tashladi. Rim huquq ilmida yunoncha boshning yuz qismini, tashqi ko‘rinish, bundan tashqari, tragediyada ishtirok etuvchi ijrochini belgilovchi prosopon o‘rniga, lotincha persona so‘zi qo‘llanildi, bu so‘z avvaliga, yunoncha so‘zga o‘xshab, tragediyadagi akterning roli va niqobini anglatar edi. Lekin keyinchalik alohida individning nomi sifatida saqlanib qoldi. Rim fuqarosi huquqiy va diniy zot, avlodlar ismi-sharifi va mulk egasi sifatida ta’riflanadi.
SHaxs – muayyan jamiyatning a’zosi bo’lib, u psixologik jihatdan taraqqiy etgan, o’z xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turadi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelida ham shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi.
Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuniladi. SHu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o’zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi.
Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo’lib kamolga yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda ilg’or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta’limotiga suyaniladi.

Yüklə 248,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin