Sezgi haqida tushuncha Tayanch tushunchalar tahlili



Yüklə 17,18 Kb.
tarix25.02.2023
ölçüsü17,18 Kb.
#123640
27-mavzu tayanch tushuncha


Sezgi haqida tushuncha
Tayanch tushunchalar tahlili



Tushuncha

Tushuncha tahlili

1

Sezgi 

Atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks ettirilishini aytamiz.

2

Analizator

Tashqi va ichki muhitdan keladigan ta’sirotlarni qabul qilib olib, fiziologik jarayon bo‘lgan qo‘zg‘alishni psixik jarayonga, ya’ni sezgilarga aylantiruvchi nerv mexanizmlari tizimi.

3

Prosopagnoziya

Miya po‘stlog‘ining chakka qismi buzilganda, inson yuzini tanish javobgarligi yo‘qoladi va bu kasallik prosopagnoziya deb nomlanadi.

4

Periferik (retseptor)

Tashqi quvvatni nerv jarayoniga o‘tkazadigan maxsus transformator qismi

5

Sezish

Oddiy psixik jarayon bo’lib, moddiy qo’zg’atuvchilarning tegishli repseptorlarga bevosita ta’sir etishi yuli bilan moddiy dunyodagi narsa va xodisalarning aloxida xususiyatlarini va va shuning bilan birga, organizm ichki xolatining aks ettirilishidan iboratdir.

6

Ekstroretseptorlar

Bular organizm sirtida boʻladi, ularga koʻrish, eshitish, hid bilish, taʼm bilish, tuyish sezgilari kiradi;

7

Interoretseptorlar

Tanamiz ichidagi sezgilar, bularga ichak, jigar, oʻpkadagi

8

Propriretseptorlar 

Muskul, pay, boylamlarda boʻladi. Sezgilarning hammasi oʻziga xos xususiyat va qonuniyatlarga ega.

9

Sezgilar

muayyan paytda sezgi organlarimizga: ko‘ruv, eshituv, tuyish, hid bilish va boshqa shu kabi organlarimizga ta ’sir etib turgan narsalardagi ayrim xossalarning aks etishidir. Masalan, qizil, oqni, shirin, achchiqni, og‘ir, yengilni sezamiz.

10

Qo‘zg‘ovchi

Sezgi organiga ta’sir etib, sezgini vujudga keltiradigan har bir narsa (yoki hodisa) qo‘zg‘ovchi deb ataladi

11

Qo‘zg‘alish

Qo‘zg‘ovchi uning ta’siri esa qo‘zg‘alish deb yuritiladi.

12

Eksterioretseptiv sezgilar

Organizmimizdan tashqaridagi narsa va hodisalarning xossalari ana shu a ’zolar yordami bilan aks ettiriladi. Shu a ’zolar orqali kelib chiqadigan sezgilar (ko'rish, eshitish sezgilari va hokazo) eksterioretseptiv sezgilar deb ataladi.

13

Proprioretseptiv sezgilar

Organizmimiz va undagi ayrim a ’zolam ing turli harakatlarini va vaziyatini ana shu a’zolar yordami bilan sezam iz. Bu a’zolar proprioretseptiv sezgilar deb ataladi.

14

Interoretseptiv sezgilar

Ovqat hazm qilish, nafas olish, qon aylanish organlari va shunga o'xshash ichki organlardagi jarayonlar (qo'zg'alishlar) vujudga keltiradigan sezgilar shu retseptorlar yordami bilan belgilanadi. Bu sezgilar interoretseptiv sezgilar deb ataladi.

15

Xromatik ranglar

Yorug’lik nurlari uchburchak shisha prizma orqali o'tib, singanda hosil boMadigan ranglar xromatik ranglar deb ataladi

Yüklə 17,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin