Sh. Sodiqova



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/175
tarix21.10.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#130634
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   175
Sodiqova SH.Maktabgacha pedagogika

Uslubchi va unga
qo‘yiladigangan talablar
Uslubchi oliy pedagogik m a’lumotga 
(maktabgacha pedagogika fakulteti) ega bo‘l- 
gan yoki o‘rta pedagogik (maktabgacha bo‘li-
242


minlash kabi sotsial-psixologik masalalarni hal qilish uslubchi uchun 
birmuncha murakkablik qiladi.
Uslubchi maktabgacha bolalar muassasasidagi ta'lim-tarbiyaviy ishga 
uslubik rahbarlikni amalga oshiradi.
«Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya dasturi»ning baja- 
rilishini ta’minlaydi va nazorat qiladi, ta’lim-tarbiyaviy ishning to‘g ‘ri 
uyushtirilishi uchun javobgar;
ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi, pe­
dagogik kengashda ko‘rib chiqish uchun zarur materiallarni tayyorlaydi; 
maktabgacha bolalar muassasasidagi uslubik xonaning ishini tashkil 
qiladi; bolalarning yoshlariga muvofiq pedagogik qo‘llanmalar va o‘yin- 
choqlarni tanlaydi.
Ota-onalar o‘rtasida pedagogik bilimlarni propaganda qilish, turli yosh 
guruhlari tarbiyachilari, shuningdek maktabgacha bolalar muassasasi va 
maktab ishida ketma-ketlilikni ta’minlash bo'yicha ishni uyushtiradi.
Uslubchi shuningdek pedagogik kengashni tashkil etadi va borish 
jarayonini kuzatib boradi. Pedagogik kengash-jamoa pedagoglari fikrini 
ifodalovchi, bolalar bilan olib boriladigan ta ’lim-tarbiyaviy masalalarni 
kollegial ko‘rib chiqadigan doimiy ishlovchi organ, uslubik mahorat 
maktabi va ilg‘or tajriba minbaridir.
Maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri pedagogik kengash raisi 
hisoblanadi.
Pedagogik kengashga quyidagi masalalar: bolalar bilan olib bori­
ladigan ta'lim-tarbiyaviy ishlar darajasini oshirish, ularni hal qilish yo‘l- 
larini izlash; muassasa ish praktikasiga pedagogika fanining yutuqlari va 
ilg‘or pedagoglar tajribasini joriy qilish; tarbiyachilaming pedagoglik 
mahoratini oshirish, ularning ijodiy aktivligiii rivojlantirish kiritiladi.
Pedagogik kengash xalq ta’limi Vazirligi, Xalq ta ’limi Davlat komi- 
tetining maktabgacha ta’lim bo'yicha buyruq, instruksiya, nizom va 
boshqa normativ hujjatlarini; maktabgacha ta’lim muassasasining yillik 
ish rejasini; bolalar sog'ligini mustahkamlash tadbirlarini; har bir yosh 
guruhlari bo'yicha «Uchinchi ming yillikning bolasi» Davlat Dasturining 
sifatli bajarilishi jarayonini; ish praktikasiga joriy qilish maqsadida tarbi- 
yachilarning ilg'or tajribalarini; maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim 
va tarbiya berishning aktual masalalarini, tarbiyachilaming nazariy va 
uslubik tayyorgarliklarini oshirish masalalarini va maktabgacha ta’lim 
muassasasi faoliyatining boshqa masalalarini muhokama qiladi.
243


Pedagogik kengashlar kun tartibini belgilashda barcha qatnashchilarni 
qiziqtiruvchi tematikaning kengligini, aktualligini ta ’minlash zarur. Faqat 
shundagina pedagogik kengashda ish muhiti hukm suradi, masalalar 
muhokamasi sermahsul va aktiv bo‘ladi.
Pedagogik kengash tarkibiga: uslubchi, tarbiyachilar, musiqa rah- 
bari, maktabgacha ta'lim muassasasiga xizmat ko'rsatuvchi vrach, katta 
hamshira, kasaba uyushma qo‘mitasining raisi, ota-onalar qo‘mitasining 
raisi kiradi. Pedagogik kengash yig‘ilishiga jam oat tashkilotlarining 
vakillari, maktablar o ‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim muassasasi 
tarbiyalanuvchilarining ota-onalari taklif etilishi mumkin.
Pedagogik kengash maktabgacha muassasaning yillik ish rejasiga 
kiritilgan va pedagoglar pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlangan reja 
bo‘yicha ishlaydilar.
Maktabgacha ta ’lim muassasalarida kollegial organ hisoblangan pe­
dagogik Kengashlar tashkil etilib, u pedagogik xodimlar, ota-onalar, 
homiylarni birlashtirib, maktabgacha ta ’lim Davlat talablari asosida 
muvofiqlashtirilgan ta ’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishga xizmat 
qiladi.
Pedagogik Kengash maktabgacha ta’lim muassasasidagi ta ’lim-tarbiya 
jarayonidagi asosiy masalalarni hal etuvchi doimiy faoliyat ko‘rsatadigan 
organ hisoblanadi.
Pedagogik Kengash o‘z faoliyatini 0 ‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi, «Ta’lim to ‘g ‘risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash mil- 
liy dasturi», 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007- 
yil 25-oktabrdagi «Maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy 
hujjatlarni tasdiqlash to ‘g ‘risida»gi 225-sonli qarori, muassasa Ustavi va 
mazkur Nizom asosida olib boradi.
Xalq ta’limi vazirligining 2012-vil 14-iyundagi 186-sonli buyrug‘iga 
muvofiq uslubchianing malaka tavsiflari quyidagicha qilib belgilandi:
Lavozim vazifalari:
• maktabgacha ta ’lim muassasasi jamoasi o‘quv - tarbiyaviy faoliya- 
tiga uslubik rahbarlik qilish;
• barcha yosh guruhlarida bolalarni tarbiyalash va o‘qitish dasturlari- 
ning bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish;
• tarbiyachi va tibbiy hodimlar ishini yo ‘naltirish, nazorat qilish. be- 
vosita bolalar bilan ishlovchi tarbiyachilarga va tibbiy hamshiralarga za­
rur uslubik yordam ko'rsatish;
244


• maktabgacha ta’lim muassasida qabul qilingan buyruqlaming baja- 
rilishini nazorat qilish;
• ota-onalar orasida pedagogik bilimlaming tashviqotini ta’minlash 
va boshqalar
Bilishi lozim:
• ta’lim tizimiga tegishli qonunlar, hukumatning tegishli qarorlari, 
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlami
• maktabgacha yoshdagi bolalami rivojlanishiga qo‘yilgan davlat ta- 
lablari, tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi va boshqalar.
Malaka talablari:
• o ‘z yo'nalishi bo'yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy m a’lumot 
va kichik yoshdagi bolalami tarbiyalash bo'yicha kurslarni tugatganlik;
• xorijiy tillardan birining boshlang'ich bosqichini va axborot-kom- 
munikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
• uch yildan kam bo'lmagan ish staji.

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin