O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI SHAHRISABZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
“TASDIQLAYMAN” Shahrisabz davlat pedagogika institute rektoriv.b ____________J.Shonazarov 2023 yil “____” avgust
Ro‘yxatga olindi: № _________
2023 yil “____” avgust
IJTIMOIY PEDAGOGIKA O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi: 100000 – Ta’lim
Ta’lim sohasi: 110000 – Ta’lim
Ta’lim yo‘nalishi: 60110100 - Pedagogika
Shahrisabz – 2023
Fan/mavzu kodi Ped 3235
O‘quv yili 2023-2024
Semestr 4
Kreditlar 4
Fan/mavzu turi Majburiy
Ta’lim tili O‘zbek/rus
Haftadagi dars soatlari 4
1.
Fanning nomi
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
Mustaqil ta’lim(soat)
Jami yuklama (soat)
Ijtimoiy pedagogika
32
88
120
2.
I. Fanning mazmuni Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga “Ijtimoiy pedagogika” kursining mazmuni talabalarni ijtimoiy - pedagogik faoliyatga tayyorlashdan iborat. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida bugungi kundagi real talablarni aks ettirishda, ijtimoiy pedagogik amaliyotning dolzarb muammolari bilan bog‘liq bilim va malakalarni egallashda bo‘lg‘usi mutaxassisga bu muammolarni samarali xal etishga ko‘maklashadi, ijtimoiy zarur sifatlari mazmunini, metodlarini tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi - ilmiy faktlar, ijtimoiy – pedagogik konsepsiyalar, g‘oyalarni o‘zlashtirishi kelajakda ularga nafaqat hayotda mavjud muammolarni izohlash, tushuntirish, balki ularning keyingi rivojini taxmin qilish. Ijtimoiy - pedagogik faoliyatning o‘ziga xosliklari va uning gumanistik o‘rnalganligini yoritib berishi, turli toifadagi bolalar bilan ijtimoiy - pedagogik faoliyat olib borishning asosiy metod va shakllarini bilishi va ulardan foydalana olishi; talabalarda ijtimoiy – pedagogik jarayonlarini tahlil qilish usullarini qo‘llash, ijtimoiy metodik savodxonlikni hamda pedagogik-psixologik tayyorgarlikni shakllantirishdan iborat.