Shahrisabz pedagogika instituti pedagogika fakulteti


O‘z-o‘zini tekshirish uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə9/57
tarix25.11.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#134299
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57
ZPTMAJMUA 3-kurs kunduzgi

O‘z-o‘zini tekshirish uchun savol va topshiriqlar:

  1. Innovatsion texnologiya deganda nimalarni tuhundingiz?

  2. Innovatsion mashg‘ulot tarkibi nimalarni o‘z ichiga oladi?

  3. Qanday interaktiv metodlarni o‘rgandingiz?

  4. Tushunganlaringiz asosida boshlang‘ich ta’lim jarayoni uchun o‘z loyihangizni ishlab chiqing.

  5. Yuqoridagi didaktik o‘yinlar, yoki o‘zingiz yaratgan didaktik o‘yinlarni qatnashtirib dars algoritmini ishlab chiqing.



3- MAVZU. O’QUV JARAYONINI LOYIHALASH VA UNING BOSQICHLARI
Reja:
1.Pedagogik jarayonni loyihalashning mohiyati.
2.. Ta'lim jarayonini loyihalash tamoyillari.
3. Ta'lim jarayonini loyihalash bosqichlari.


Tayanch tushunchalar: loyihalash, pedagogik tashxis, pedagogik jarayonni loyihalashtirish,
Loyihalash pedagogik jarayonni tashkil etish va uning muvaffaqiyatli kechishini ta‘minlovchi muhim shartlardan biridir. Pedagogik jarayonni loyihalashda quyidagi vazifalar bajariladi.:

  • Pedagogik faoliyat mazmunini tahlil qilish;

  • Natijalarni oldindan ko‘ra bilish;

  • Rejalashtirilgan faoliyatni amalga oshirish loyihasini yaratish.

Bu bosqichda o‘qituvchining mustaqil faoliyati yetakchi o‘rin tutadi. U tahsil oluvchi bilan hamkorlikda loyihalashtirilgan o‘quv jarayonining mazmuni, vositalarini belgilaydi. Demak, pedagogik jarayonni loyihalash loyiha – mazmun – faoliyat uchligi asosida tashkil etuvchi pedagogik faoliyatning umumiy mohiyatini yaxlit ifodalashga xizmat qiluvchi loyihani yaratishdir.
Loyihalar predmet va uning yo‘nalishiga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. Loyihalarda pedagog tomonidan ketma-ket amalga oshiriluvchi va tashxisning qo‘yilishi bilan yakunlanuvchi tahliliy faoliyat; oldindan ko‘ra bilish va loyihalash kabi ijodiy faoliyatlar namoyon bo‘ladi. Tashxis, oldindan ko‘ra bilish va loyihalash har qanday pedagogik vazifani hal etishning ajralmas uchligi hisoblanadi.
Loyihalash ta‘limning ijtimoiy, pedagogik maqsadlarga tayangan holda, pedagogik jarayonni aks ettiruvchi umumiy strategiya hisoblanadi. Loyihalashda o‘quv rejasi, dasturlari, darslik, metodik tavsiyalar va boshqa o‘quv qo‘llanmalar muhim manbaa bo‘lib xizmat qiladi.
Pedagogik vaziyatni to‘laqonli anglash hamda vazifalarning aniq va to‘g‘ri belgilanishi pedagogik jarayonni samarali hal etishning muhim shartidir.
Pedagogik faoliyatning muvaffaqiyati turli vazifalar mohiyatining bir yo‘la yoki birin-ketin anglanishiga bog‘liq. Pedagogik faoliyat uchun umumiy bo‘lgan vazifalarni belgilab olish muhimdir. So‘ngra pedagogik jarayonning ma‘lum bosqichi mohiyatini aniq ifodalaydigan bosqichli vazifalar (alohida olingan bosqich vazifalari)ni, nihoyat xususiy (vaziyatli) pedagogik vazifalarni aniq belgilab olish maqsadga muvofiq.
Pedagogik jarayonni loyihalashtirishda vazifalarning belgilanishi:
1-qadam – umumiy pedagogik vazifalar (pedagogik jarayon xususiyatlarini yaxlit holda inobatga olish asosida belgilanuvchi).
2-qadam – bosqichli pedagogik vazifalar (muhim bosqich xususiyatlarini inobatga olgan holda belgilanuvchi).
3-qadam – vaziyatli pedagogik vazifalar (muayyan vaziyatlarni inobatga olgan holda belgilanuvchi).
Pedagogik vazifani anglash mavjud ma‘lumotlarni tahlil qilish va tashhis qo‘yish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Tashxis (grekcha diagnostikos – tez anglab olish) dastlab tibbiyotda qo‘llanilgan tushuncha hisoblanib, kasallik mohiyati va bemor holati, uning har tomonlama izchil o‘rganilishini anglatuvchi vrach xulosasi sifatida e‘tirof etib kelingan.
So‘nggi yillarda “tashxis” tushunchasi amaliy pedagogikada ham keng qo‘llanilmoqda.
Pedagogik tashhis – pedagogik jarayonni uning umumiy holati, shuningdek, tarkibiy qismlarini har tomonlama, yaxlit tekshirish orqali baholashdir.
Pedagogik tashxis odatda pedagogik jarayonning psixologik, subektiv xususiyatlarini inobatga olish (psixodiagnostik tekshiruv) asosida qo‘yiladi. Psixodiagnostik tekshiruv tahsil oluvchi shaxsi hamda uning faoliyatini yaxlit yoki ma‘lum jihatlarini alohida qamrab olishga asoslanadi.
Psixodiagnostik tekshiruv davomiyligiga ko‘ra tezkor yoki davomli bo‘lishi mumkin.
Pedagogik tashxis:
1. Tezkor tashxis – tahsil oluvchi yoki taxsil oluvchilar jaomasining ruhiy holatini, shuningdek, ularning og‘zaki va yozma javoblarini tahlil qilishdan iborat.
2. Davomli tashxis – o‘quv jarayonining umumiy holati, tahsil oluvchilar xulqidagi kamchiliklar, tahsil oluvchilar jamoasi yoki alohida tahsil oluvchining individual xususiyatlari va o‘quv faoliyatining mazmunini o‘rganishdir.
Malakali pedagogik tashxisning zaruriyati o‘qituvchidan tahsil oluvchi shaxsini o‘rganish metodlari va maxsus metodikalarini, jamoa, shuningdek, yaxlit pedagogik jarayon xususiyatlarini chuqur o‘rganishni talab etadi.
Tashxis qo‘yish ta‘lim (yoki tarbiya) maqsadi va vazifalarini hal etishning umumiy talabi hisoblanadi. U maqsadlarning aniqligi, bir xilligi, ularni bajarish usullari, o‘lchash va baho berish bilan chambarchas bog‘liq.
Pedagogik tashxis asosini tahsil oluvchi shaxsini har tomonlama bilish, jamoa sifatida sinfning xususiyatlarini o‘rganish, aniq pedagogik vaziyatlarda ma‘lumotlarni tahlil etish kabi holatlar tashkil etadiki, ular ta’lim jarayonini loyihalashning keyingi muhim bosqichiga o‘tish, ya‘ni, pedagogik jarayonni oldindan ko‘ra bilish imkoniyatini yaratadi. Bu holat pedagogik maqsadning shakllanishiga olib keladi va maqsad asosida puxta o‘ylangan pedagogik vazifalarni belgilash imkonini beradi. Shaxsning rivojlanish darajasi ta‘lim maqsadlari bilan uyg‘un bo‘lgandagina pedagogik maqsadga erishmaslikning oldini olishga erishiladi. Ya‘ni, pedagogik maqsad pedagogik tizimning muhim omili sifatida muammolarni muqarrar hal etadi.
Pedagogik tashxis oldindan ko‘ra bilish ob‘ekt haqidagi ma‘lumotlarni oldindan o‘rganish jarayoni sanaladi. Bunda ob‘ekt sifatida sinf, tahsil oluvchi, bilim, munosabat va hokazolar tanlanadi.
Oldindan ko‘ra bilish metodlari turli-tuman bo‘lib, o‘qituvchi ularni mukammal o‘zlashtira olishi kerak. Oldindan ko‘ra bilish metodlari sirasiga modellashtirish, faraz qilish, sintezlash, dalillash, fikriy tajriba va boshqalar kiradi.
Oldindan ko‘ra bilish turlari, yo‘nalishiga ko‘ra:
1. Izlanuvchan oldindan ko‘ra bilish – ob‘ektning kelgusi holati, uning rivojlanishi va unga nisbatan tashqi omillarning ta‘sirini aniqlashga yo‘naltiradi.
2. Me‘yoriy oldindan ko‘ra bilish – muayyan ob‘ektning o‘zgarishini hisobga olgan holda belgilangan maqsadga erishishning samarali yo‘llarini izlab topishni nazarda tutadi.
Pedagogik vazifalarning turi va ularning vaqt bo‘yicha taqsimotiga ko‘ra – strategik, taktik, tezkor bo‘ladi.
Ushbu metodlar bir-birlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Oldindan ko‘ra bilish pedagogning u tomonidan pedagogik vazifalarni fikran bajarishda qo‘llaniladigan samarali usullarini faraz qilishida namoyon bo‘ladi.
Oldindan ko‘ra bilish qobiliyati o‘qituvchiga xos bo‘lgan muhim kasbiy fazilat hisoblanadi. Pedagogik oldindan ko‘ra bilish maqsadga intiluvchanlik bilan bog‘liq holda pedagogik vazifalarni aniqlashtirishning va ularni pedagogik vazifalar tizimiga yo‘naltirishning so‘nggi natijasi hisoblanadi. Bunda pedagogik tashxisda ifoda etiluvchi ma‘lumotlar, ya‘ni, shaxs va jamoaning qo‘shimcha imkoniyatlari va tayyorgarligi hisobga olinishi kerak. Ilmiy jihatdan asoslangan oldindan ko‘ra bilish natija sifatida pedagogik vazifani, pedagog va tahsil oluvchi faoliyatining mazmunini, motivatsiya va qisqa muddatda hal etilishi zarur bo‘lgan jihatlarni sintez qiladi. Pedagogik vazifa pedagog tomonidan, avvalo, o‘zi uchun shakllantiriladi, so‘ngra e‘tibor tahsil oluvchilarning imkoniyatlariga tayangan holda pedagogik vazifaning hal etilishiga qaratiladi.
Malakali pedagogning vaziyatni oldindan ko‘ra bilishi va maqsadga intilishi ta‘lim jarayonini pedagogik loyihalashning asosini tashkil etadi.
Pedagogik jarayonni loyihalash bosqichida pedagog duch keladigan birinchi muammo – bu pedagogik faoliyat mazmunini loyihalash sanaladi.
O‘quv dasturi yoki tahsil oluvchi shaxsi ta‘lim mazmunini loyihalashning asosi bo‘lib, bu vaziyatda o‘qituvchi pedagogik faoliyat, maqsad v sharoitlarga muvofiq holda tahsil oluvchilarga nimani taqdim etish xususida mustaqil qaror qabul qiladi. Qaror qabul qilish jarayonida quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir:
1.Tahsil oluvchilar tavsiya etilayotgan ma‘lumotdan nimani va qanday hajmda o‘zgartirishlari zarurligi;
2.Tahsil oluvchilarning dastlabki tayyorgarlik darajasi, ularning o‘quv ma‘lumotlarini qabul qilish imkoniyatlari;
3.O‘qituvchining shaxsiy, shuningdek, ta‘lim muassasasining moddiy-texnik bazasi.
Bu o‘rinda o‘quv ma‘lumotlarini loyihalash tehnologiyasi muhim o‘rin tutadi. Unda:
1) tahsil oluvchilarga taqdim etiladigan materiallar;
2) tahsil oluvchilarga mustaqil bajarish uchun beriladigan vazifalar;
3) tahsil oluvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan ma‘lumot (bilim) turlari o‘z aksini topadi.
O‘quv vazifasi o‘quv materialining ma‘lum qismlariga muvofiq tuzib chiqiladi. Shu bilan birga o‘quv materialini pedagogik jihatdan maqsadga erishishiga yo‘naltirilgan tizim sifatida e‘tirof etish mumkin. Demak, o‘qituvchi faoliyatida o‘quv vazifalari tizimi o‘quv materialini loyihalash va didaktik materialni shakllantirish sifatida aks etadi.
Odatda ijobiy yakuniy natijalarga erishishga intilgan pedagog o‘quv dasturida belgilangan mazmun bo‘yicha ish ko‘radi. Shu asosida o‘zining shaxsiy faoliyat dasturini yaratadi.
O‘qituvchining shaxsiy faoliyat dasturida tahsil oluvchilar tomonidan chuqur o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan bilimlar, o‘quv kursining asosiy tayanch tushunchalari, o‘quv axborotlarni o‘zlashtirish psixologiyasi hisobga olinishi lozim.
Demak, pedagog loyihalash texnologiyasini qo‘llashda tahsil oluvchilarning ehtiyojlari, ta‘lim jarayonining ma‘lum bosqichida darsga tayyorlash imkoniyati, tahsil oluvchilarning o‘z-o‘zini rivojlantirish qobiliyatlarini o‘stirishni aosiy masalalar sifatida tan olsagina muvaffaqiyat qozonadi.
O‘qituvchi faoliyatida kelajakka mo‘ljallangan va tezkor loyihalash turli darslarda turlicha moslashtiriladi. Pedagog loyihalashga kirishda xoh u dars, xoh u tarbiyaviy tadbir bo‘lsin, har bir pedagogik vazifaning yaxlit pedagogik jarayon tizimidagi o‘rnini bilishi lozim.
Agar pedagog faoliyati taxsil oluvchilarning talablarini qondirish, ya‘ni, yakuniy maqsadlarga qaratilsa, u holda pedagog yaxlit pedagogik jarayonni yoki alohida dars va tarbiyaviy tabdirlarni loyihalashda ham qiyinchilikka duch kelmaydi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin